Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti


Mehnat g‘o‘za navining defoliatsiyadan oldin g‘o‘zaning biologik holati, (2022yil ma’lumoti) 1-Fon (30-40% ko‘sak ochilganda) 02.09.2022 y


Download 1.47 Mb.
bet7/12
Sana11.05.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1453542
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
dissertatsiya eng oxirgi..

Mehnat g‘o‘za navining defoliatsiyadan oldin g‘o‘zaning biologik holati, (2022yil ma’lumoti) 1-Fon (30-40% ko‘sak ochilganda) 02.09.2022 y

No

variantlar

O`simlik bo`yi sm

Barglar soni dona

Ko`sak soni dona

Shu jumladan

Ochilgan %

Yarim ochilgan%

1

nazorat

96,1

35,6

12,1

34,1

2,1

2

Suyuq xmd 8,01/ga

94,7

37,6

13,7

34,4

2,3

3

Entodefol 0,150l/ga

98,6

34,9

12,4

34,9

3,5

4

EntoDefol 0,180 l/ga

97,1

34,7

12,6

35,7

2,9

5

EntoDefol 0,200 l/ga

98,5

36,4

13,3

36,6

3,4

6

Uzdefol 5 l/ga

94,6

33,5

12,6

35,1

3.7

7

Uzdefol 6l/ga

93,8

34,7

12,9

36,1

3,9

8

Uzdefol 7 l/ga

95,6

37,3

12,3

33,5

2,6




O`rtacha

96,1

35,5

12,7

35,05

3,05



2-Fon (50-60% ko‘sak ochilganda) 08.09.2022 y

No

variantlar

O`simlik bo`yi sm

Barglar soni dona

Ko`sak soni dona

Shu jumladan

Ochilgan %

Yarim ochilgan%

1

Nazorat

97,1

34,6

13,1

52,1

2,2

2

Suyuq xmd 8,01/ga

95,7

35,3

11,7

53,7

1,4

3

Entodefol 0,150l/ga

98,1

34,3

12,7

52,9

1,6

4

EntoDefol 0,180 l/ga

96,3

33,5

11,6

53,4

1,9

5

EntoDefol 0,200 l/ga

94,3

34,4

12,3

52,6

1,4

6

Uzdefol 5 l/ga

94,6

33,5

12,6

54,1

2,1

7

Uzdefol 6l/ga

93,8

34,7

12,9

53,8

1,8

8

Uzdefol 7 l/ga

95,6

37,3

12,3

54,7

2,6




O`rtacha

95,6

34,7

12,4

53,4

1,8

Mehnat g‘o‘za naviga defoliatsiya qilishni g‘o‘za ko‘saklari 30-40% ochilganda rejalashtirgan fonda esa, ko‘saklar ochilishi 35,05% ni va 50-60% bo‘lgan fonda ko‘saklar ochilishi 53,4% ochilib, defoliatsiya qilishimiz rejalashtirilgan muddatlariga to‘g‘ri keldi.


Purkashni nihoyatda e'tiyotkorlik bilan o'tkazib, ishchi eritmani bargning pastki tomoniga tushurmaslikka xarakat qilish kerak. Purkashni (oddiy dala purkagich) o'simlik tepasidan pastga qarab vintsimon xarakat qilib, bosh poya konusiga parallel olib borish zarur. Tajriba g'o'za qator orasi 90sm sxemada ekilgan dalada 8 qatorli 4 takrorlanishda qo'yildi. Ishlov samarasi va hosil o'rtasidagi 4 qatorda hisobga olinadi. Hisobli qator uzunligi 50 metr, umumiy uzunligi qo'l terimida 60 metr.Kuzatuvlarda xar bir variantdan 25 ta tipik o'simlik tanlab olindi va yorliqlandi.Defoliatsiyadan bir kun oldin yorliqlangan o'simliklarning bosh poyasi uzunligi o'lchandi,barglari sanaldi.ko'saklar,tugunchalari(10-12 kunlik yoshgacha),shona va gullari xisoblandi. Bunda Xorazm viloyati o'tloqi tuproqlarida o'rta tolali Mexnat navli g'o'zada bo'yi o'rtacha 90.7 sm,barglar soni 35 dona,ko'saklar soni 12.9 dona, shundan ochilgan ko'saklar soni 31.3%, yarim ochilgan ko'saklar soni 2.1% bo'lganida defoliatsiya qilish rejalashtirildi.
O'rta tolali Mexnat navli g'o'zani defoliatsiya qilish 01.09.2022 yil Demak EntoDefol eng yuqori natijalari g'o'za ko'saklarining ochilish muddatlariga munosib ravishda 0.200- 0.150 l/ga qo'llanilgan variantlarda 14 kundan so'ng 92.8-89.9% g'o'za barglari to'kildi.
O‘tkazilgan tajribalarda g‘o‘zani defoliatsiya qilishdan oldin uslubnomalar asosida g‘o‘zaning biologik holati aniqlandi. Zero, o‘simlikning morfologik holatiga havo harorati tuproq unumdorligi, tuproq namligi hamda o‘simliklarning oziqlanish darajasi va boshqa tashqi omillar ham ta’sir ko‘rsatadi. Defoliatsiyadan oldin g‘o‘zaning biologik holatini aniqlash bu qo‘llanilgan defoliantlarning samaradorligini o‘rganishda asosiy omillardan biri hisoblanadi. Zero, F.Teshayev ta’kidlaganidek, g‘o‘zani defoliatsiya qilishdan oldin uning morfobiologik holatini o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Chunki, defoliantlarning qo‘llash samaradorligi ham ko‘proq shu ko‘rsatkichlarga bog‘liqdir. N.Xolmurodov o‘zining qo‘llanmasida qayd etishicha, defoliatsiya qilishda g‘o‘zalarni seleksion naviga ham e’tibor berish zarur, chunki ayrim g‘o‘zalarning barglanishi va shoxlanishi bir xil bo‘lmaydi. Qolaversa, olimlar aytganidek, M.Mednis g‘o‘zani sug‘orish muddatlarida gullaguncha o‘tadigan muddatda tuproq namligining ma’lum me’yordan ortishi natijasida g‘o‘zaning shonalash va gullash davri uzayib boradi va bu holatda namlikning yetishmasligi o‘simlikning o‘sishi va rivojlanishiga salbiy ta’sir etishligi aniqlangan. G‘o‘zani defoliatsiya qilishdan oldin g‘o‘za navlarining morfobiologik holati hisobga olinib, o‘rta tolali S-8290 va S-6775 g‘o‘za navlarining morfobiologik holatini aniqlandi va bu bo‘yicha olingan ma’lumotlar 2020 yilgi natijalar asosida tahlil qilindi. Bunga ko‘ra, Xorazm viloyatining o‘tloqi alluvial tuproqlari sharoitida o‘rta tolali S-8290 va S-6775 g‘o‘za navlari parvarishlanib, ularga g‘o‘za ko‘saklari 30- 40, 50-60% ochilgan muddatlarda defoliatsiya o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Demak, S-8290 g‘o‘za navining ko‘saklari 30-40% ochilganda defoliatsiya o‘tkazilishi rejalashtirilgan fonda o‘simlikning bo‘yi o‘rtacha 92,9 sm ni, tupdagi barglar soni 59 35,5 donani, ko‘saklari soni 13,2 donani, shundan ochilganlari 35,7 % ni hamda yarim ochilganlari 2,1 % ni tashkil etganligi aniqlandi. S-8290 g‘o‘za navining 50- 60% ko‘saklari ochilgan fonida esa o‘simlikning bo‘yi o‘rtacha 92,7 sm ni, tupdagi barglar soni 33,3 donani, ko‘saklari soni 12,7 donani, shundan ochilganlari 55,5% ni hamda yarim ochilganlari 1,6% ni tashkil etganligi aniqlandi. S-6775 g‘o‘za navida esa ko‘saklar 30-40% ochilgan muddatda defoliatsiyadan oldin o‘simlikning bo‘yi o‘rtacha 96,3 sm ni, tupdagi barglar soni 36,0 donani, ko‘saklari soni 12,5 donani, shundan ochilganlari 33,9% ni hamda yarim ochilganlari 2,5% ni tashkil etganligi aniqlandi. Ushbu navning ikkinchi fonida (50-60%) esa o‘simlikning bo‘yi o‘rtacha 96,8 sm ni, tupdagi barglar soni 36,8 donani, ko‘saklari soni 12,3 donani, shundan ochilganlari 53,6 % ni hamda yarim ochilganlari 1,9 % ni tashkil etganligi kuzatuvlarda qayd etildi (3.2.1-3.2.2- jadvallar). Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, tajribadagi mehnat g‘o‘za navining ko‘saklari 30-40% ochilgandagi fonda ochilgan ko‘saklar 35,7 % ni, 50-60% da esa ko‘saklar ochilishi 55,5% ni tashkil etib defoliatsiya qilish muddatiga to‘la mos keldi. S-6775 g‘o‘za naviga defoliatsiya qilishni g‘o‘za ko‘saklari 30-40% ochilganda rejalashtirgan fonda esa, ko‘saklar ochilishi 33,9% ni va 50-60% bo‘lgan fonda ko‘saklar ochilishi 53,6% ochilib, defoliatsiya qilishimiz rejalashtirilgan muddatlariga to‘g‘ri keldi. EntoDefol defoliantida eng yuqori natijalar 0,200 l/ga me’yorda qo‘llanilgan variantda olinib, 14 kundan so‘ng 92,4% g‘o‘za barglari to‘kilib, defoliantning yumshoq ta’siri tufayli 0,6% yashil barg, 7,0% barg yarim qurigan holda g‘o‘za tupida saqlanib qolganligi kuzatildi. Bu variantda to‘kilgan barglar soni nazoratga nisbatan 79,5% va etanol (SuyuqXMD 8,0 l/ga) variantiga nisbatan esa 5,8% ko‘pdir. Bundan tashqari, FanDef-a’lo defoliantining 7,0 l/ga me’yorda qo‘llanilgan variantda defoliatsiyaning 14 kunida qurigan barglar 3,4% ni, yarim qurigan barglar 4,9% ni, to‘kilgan barglar 91,7% ni tashkil etib, g‘o‘za barglarining to‘kilishi nazoratga nisbatan 78,8% ga, etalonga nisbatan esa (Suyuq XMD 8,0 l/ga) barg to‘kilishi 5,1% ga yuqori bo‘lganligi qayd etildi. Tajribaning 2 fonida (50-60%) defoliatsiyadan so‘ng 14 kun o‘tgach, nazorat variantda yashil barglar 85,6% ni, barglarning tabiiy to‘kilishi 14,4% ni tashkil 65 qilgan holda, etalon (SuyuqXMD 8,0 l/ga) variantda qurigan barglar 10,5% ni, yarim quriganlari 1,3% ni va to‘kilganlari 88,2% ni tashkil qildi. EntoDefol defoliantining eng yuqori natijalari g‘o‘za navlari ko‘saklarini ochilish muddatlariga mutanosib ravishda 0,200-0,150 l/ga me’yorda qo‘llanilgan variantlarida 14 kundan so‘ng 91,9-92,4% g‘o‘za barglari to‘kilib, defoliant yumshoq ta’sir etishida natijasida 0,3% barglar qurigan, yarim qurigani 6,7 - 6,6% ni, to‘kilgani 91,9 - 92,4% ni tashkil qildi. Nazoratga nisbatan to‘kilgan barglar mos ravishda 83,8- 71 80,9% ni etalon (SuyuqXMD 8,0 l/ga) variantiga nisbatan 6,3 - 4,7% ortiq bo‘lganligi kuzatildi.
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, olib borilgan izlanishlarda S-8290 g‘o‘za navining ko‘saklari 30-40% ochilgan muddatda EntoDefol defoliantining 0,200 l/ga me’yori qo‘llanilgan variantida ko‘proq barglarning to‘kilganligi aniqlandi. Shuningdek, FanDef-a’lo defolianti 7,0 l/ga me’yorida qo‘llanilgan variantda ham barglar to‘kilish darajasi oshganligi ma’lum bo‘ldi. S-6775 g‘o‘za navining ko‘saklari 30-40% ochilganda ham defoliantlarni mos ravishda 0,200-7,0 l/ga me’yori yuqori darajada barglarni to‘kkanligi qayd etildi. Mehnat g‘o‘za navlarining ko‘saklari 50-60% ochilganda EntoDefol defoliantining ikkala g‘o‘za naviga mos ravishda 0,150 l/ga me’yorda qo‘llanilganda barglar to‘kilishiga ko‘proq ta’sir ko‘rsatdi. Shuningdek, FanDEFa’lo defolianti ham ikkala nav variantlariga mos ravishda 6,0 l/ga me’yorlarida qo‘llanilganda barglar to‘kilishi yuqori ekanligi ma’lum bo‘ldi. Bundan ko‘rinib turibdiki, g‘o‘za navlarining ko‘saklari 50-60% ochilgan vaqtda haroratning to‘liq optimallashishi natijasida o‘simlik barglarida tabiiy qarishlik jarayoni ortganligi sababli qo‘llanilgan defoliantlarning kam me’yorlari ham barglar to‘kilishiga kifoya qilgan.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling