Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti


Download 1.47 Mb.
bet3/12
Sana11.05.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1453542
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
dissertatsiya eng oxirgi..

I BOB. Adabiyotlar sharxi.
G‘o‘za defoliatsiyasi deyilganda biz asosan defoliantlar ta’sirida g‘o‘za barglari to‘kilishi va ko‘saklarining ochilishini tushunamiz . Amaliy jihatdan shunday bo‘lsada, biroq defoliantlarning g‘o‘za barglari va ko‘saklariga ta’sir etishligi ilmiy nazariy tomondan o‘ta murakkab fiziologik-biokimyoviy asoslarga hamda defoliantlarni qo‘llashning ma’lum bir maqbul me’yor va muddatlariga bog‘liq jarayon hisoblanadi. Shu sababli g‘o‘za defoliatsiyasining ahamiyati, sohada olib borilgan ilmiy tadqiqotlarning tahlili hamda tuproq-iqlim sharoitiga ko‘ra o‘rta tolali g‘o‘za navlarining ko‘saklari turli muddatlarda ochilganda ularga qo‘llaniladigan defoliantlar me’yorlarini samaradorligiga oid ma’lumotlar keltiriladi.
G‘o‘za defoliatsiyasining tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ilk defoliant 1930- yilda AQSH dagi erkin sianamid mineral o‘g‘it ishlab chiqaruvchi zavod atrofidagi g‘o‘za barglariga sianamid kalsiyning shamol orqali tushib, barglarni to‘kilishi natijasida aniqlangan.(1).Shundan so‘ng tsianamid kalsiy preparati g‘o‘za barglarini sun’iy bargsizlantirish ya’ni defoliatsiya qilish uchun ishlatila boshlangan. Defoliatsiya - hosilni mashinalarda terishni osonlashtirish uchun o‘simlik barglarini sun’iy to‘ktirishdir. Defoliatsiya o‘tkazish uchun kimyoviy moddadefoliantlardan foydalaniladi, ular o‘simlik barglarida qarish yoki tabiiy to‘kilishga o‘xshash jarayonlarni hosil qiladi, natijada g‘o‘za ko‘saklarining ochilishini 15-20% ga tezlashtiradi Shuningdek, kimyoviy har qanday modda o‘simlik organizmida noodatiy jarayonlarni vujudga keltiradi. Natijada ta’sir etgan bu moddaning xususiyati o‘simlikning tashqi holatida namoyon bo‘ladi M.Muhammadjonov va A.Zokirovlarning fikricha defoliatsiya tadbiri o‘z muddatida o‘tkazilganda g‘o‘za barglari yaxshi to‘kiladi natijada mashinaning terim unumdorligi 10-15 foizga, ishchi terimchilar ish unumi 15-20 foizga ortadi.(2) A.Imomaliyev, P.Baryotas va T.To‘raxo‘jayevlarning aniqlashicha, g‘o‘zada defoliatsiya qo‘llanilganda, tabiiy pishish jarayoni tezlashib, oqsillarning parchalanishidan hosil bo‘lgan moddalarning, chigitlarga oqib kelishi kuchayadi. Bundan tashqari defoliantlar g‘o‘zaning suv tartibiga hamda fotosintez jarayoniga ham ta’sir etadi, natijada, barglardagi uglevod miqdori kamayib, kraxmal dinamikasi pasayib boradi. Monosaxaridlar miqdori esa biroz ortadi.(3) A.S.Tog‘asharov, J.S.Shukurov, M.K.Asqarovalarning kichik dala maydonlarida olib borgan sinov natijalaridan xulosa qilishlaricha, kalsiy xlorat va limon kislotasining ammoniyli, monoetolominli tuzlari hamkorligida taklif etilgan preparatlarni, samarador defoliantlarni sifatida kelajakda qo‘llash mumkin bo‘ladi (4). Sh.Teshayev o‘zining olib borgan tadqiqot natijalaridan quyidagi xulosaga kelgan. Defoliatsiya qilinishi natijasida barglarda ozuqa moddalari qayta taqsimlanadi. Natijada ko‘saklar yetarli ozuqani o‘zlashtirib, chigit to‘liq shakllanadi hamda chigit tarkibidagi yadro miqdorining oshishini ta’minlaydi Sepilgan defoliant barg og‘izlari orqali asta-sekin bargga kira boshlaydi. Dastlabki kunlarda, barglar noqulay (zararli) ta’sirga qarshi himoya hossalarini faollashtiradi ya’ni, barg og‘izchalari torayadi, suv saqlab qolish xususiyati kuchayadi, transpiratsiya kamayadi, keyinchalik bu holatni aksi kuzatiladi . M.Muhammadjonov va A.Zokirovlarning yozishicha defoliatsiya o‘tkazishda havo harorati muhim ahamiyat kasb etadi. Issiqlik haroratining 18-210S atrofida bo‘lishi mo‘tadil hisoblanadi. Sutkalik harorat 14-150S bo‘lsa barglarning to‘kilishi kamayadi, agar harorat 210S dan ortib ketsa defoliant me’yorini 10 foizga kamaytirish kerak bo‘ladi. Defoliantlarning yaxshi ta’sir etishida atrof muhit harorati ahamiyatga ega. Harorat qancha baland bo‘lsa, defoliantning barg ichiga kirish qobiliyati shuncha yuqori bo‘ladi. Ishlatilayotgan defoliantlar harorat 17-18 darajadan past bo‘lsa, yaxshi ta’sir ko‘rsatmaydi 13 SH.Teshayev, R.Nazarov, O.Sindorovlar Avguron-ekstra defoliantini o‘rtacha sutkalik havo harorati 180 S dan pasayganda, Sadaf, Xlorat magniy, Super-suyuq XMD defoliantlarini esa havo harorati +150 S dan pasayganda qo‘llashni tavsiya etishmaydi. G‘o‘zaga yumshoq va sekin ta’sir etuvchi Avguron-ekstra defoliantini havo harorati 22-25 °S daraja bo‘lganda 0,150-0,200 l/ga ishchi aralashmasi hisobidan 300 litr suvga aralashtirib qo‘llaganda yaxshi natijaga erishiladi . Hozirgi kunda keng g‘o‘za maydonlarida g‘o‘zaga sistemali ta’sir etib, g‘o‘za barglarini yashil holatda to‘kadigan Udropp, Baystar, Dropp-Ultra, Dropp plyus kabi defoliantlar qo‘llanilmoqda. Ular asosan g‘o‘zaning biologik holatidan kelib chiqib g‘o‘za ko‘saklari 45-50% ochilgan muddatlarda 0,150-0,200 l/ga miqdorda qo‘llanilganda yaxshi samara berishligi aniqlangan.
Dizerjenskiy DASI tomonidan g‘o‘zani defolyatsiya qilish uchun stabillangan bor yoki sulfat kislotali 40% erkin sianomid eritmasidan foydalanish tavsiya etilgan bo‘lib, uning tajriba partiyalari paxtachilikda bir qancha yillar ishlatilib kelindi.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi O‘g‘itlar instituti tomonidan sianamid kalsiy asosida ishlab chiqarilgan SAKS preparati rangsiz suyuqlik bo‘lib, tarkibida 6-6,2% erkin sionamid va 12,0-12,3% nitrat kalsiy tutadi.
SAKS – ning yuqori defoliatsiyalovchi faolligi va o‘simliklarga yumshoq ta’sir etishi aniqlangan, bu borada tabiiy barg to‘kilish alomatini eslatadi.
Ta’sir etuvchi moddani past miqdorda bo‘lganligi va yetarli doimiy bo‘lmaganligi sababli sAKS ishlab chiqarish tashkil etilmagan edi.Sianamidli preparatlardan so‘ng g‘o‘zani defoliatsiya qilishda xlorli kislotalar tuzlari – xloratlar tavsiya etilgan. Ular keng tarqalgan noorganik defoliantlar bo‘lib, «qattiq» ta’sir etuvchi preparatlarga kiradi, natijada defoliatsiya uchun hamda g‘o‘zani desikatsiyalash uchun xam ishlatiladi.Qishloq xo‘jaligida natriy xloratlar, magniy va xlorat – xlorid kalsiy va boshqa preparatlar keng qo‘llanilmoqda.Xloratlar ichidan xlorat bariy va aluminiy kam o‘rganilgan, shu sababli defoliatsiya va desikatsiya uchun qo‘llanilmaydi. Xlorat natriy rangsiz kristall moda bo‘lib, suyuqlanish harorati 248-250oS, suvda yaxshi erish xususiyatiga ega. Xlorat natriy kuchli portlash xususiyatiga ega, ayniksa issik kunlari, xavo namligi past bo‘lganda.
AQSh paxtachiligida xlorat natriy defoliant va desikant sifatida foydalaniladi.
Aralashma ko‘rinishidagi defoliantlar 40% xlorat natriy , 11% tetroborat natriy, 45% pentaboratnatriy va 4% suv /61/, 40% xlorat natriy va 60% pentaborat natriy /63/ keng ko‘lamda qo‘llanilmokda, ular barglar tomondan tez yutiladi va barglarni tez to‘kadi.
O‘zbekiston Respublikasi paxtachiligida Mg(ClO3)2 - xlorat magniy keng miqyosida qo`llanilmoqda.Kimyoviy toza 6- molekula suvli xlorat magniy, rangsiz uzun romb yoki barg shaklidagi kristall modda. Nisbiy zichligi 1800 kg/m3.
Xlorat magniy suvda yaxshi eriydi, juda gidroskopik va havo nisbiy namligi 25% dan kam bo‘lsa, namlikni tortadi.
Preparat portlash xavfiga ega emas, issiq qonlilar uchun zararli LD50- 3400 – 6700 mg/kg. Preparat tizimli tasir etmaydi, ya’ni faqat yetarli darajada purkalgan barglarnigina to‘kadi. Xlorat magniy sarf me’yori 12-14 kg/ga bo‘lganda yaqqol ko‘ringan qattiqlikda samarali tasir etadi, ya’ni barg to‘qimalarini tezgina suvsizlantirishga olib keladi. Defoliatsiyalovchi tasiri ishlov berilgandan 2-3 kundan keyinok ma’lum bo‘ladi. Chanoqlar yetilishini tezlashtiradi. Xlorid – xlorat kalsiy defolianti tarkibida 23-25 % xlorat kalsiy tutgan och sariq suyuqlikdir.
Bu defoliantning ta’sir etuvchi modasi bulib Ca(CℓO3)2 xisoblanadi. Xlorat – xlorid kalsiy suvda yaxshi eriydi, yetarli chidamli, gidroskopik, zaxarliligi kam,
Xlorat – xlorid kalsiy g‘o‘za bargiga tasir etishi bo‘yicha xlorat magniyni eslatadi, shudringli va shudringsiz sharoitlarda samarali ta’sir etadi, lekin sekin tasir etishi bilan farqlanadi.Kalsiy – xlorat – xloridni 24-30 kg/ga miqdorda qo‘llash barg to‘kilishi 70%ga olib keladi, ochilgan chanoqlar soni esa 12 kundan keyin 30%ga ortadi. Xosildorlikka ta’siri va tolaning texnologik xususiyatlari kalsiy – xlorat – xloridni fiziologik faolligi va kullash sharoiti xlorat magniydan farq qilmaydi.
Lekin preparatda asosiy tasir etuvchi moda miqdori past, gektariga sarf me’yori katta. Shu sababli kalsiy – xlorat – xlorid defolianti tarkibidagi asosiy ta’sir etuvchi modda miqdorini oshirish, qolaversa ushbu defoliantni mahalliy xom-ashyodan ishlab chiqarish va O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida foydalanish katta ahamiyat kasb etadi.O‘zbekiston Respublikasi FA O‘g‘itlar instituti tomonidan g‘o‘zani defolyatsiya va desikatsiya qilish uchun xlorat magniy, xlorat – xlorid kalsiy va mineral ugitlar – ammofos, karbomid , kalsiyli, amiyakli slitra, ya’ni (UMD katori) preparatlar tavsiya etilgan.Ularni samaradorligi toza xlorat magniyga nisbatan ortiqligi aniqlangan. Ulardan foydalanishda o‘simlikka yumshoq tasir etishi, chanoqlarni kuydirmagan xolda barglar yoppasiga to`kish kuzatilgan.
G‘o‘zani defolyatsiya kilish uchun fosfor organik brikmalar ichidan fosforli, fosfatli, tiofosfat kislota xosilalari katta ahamiyatga ega.Butil spirtini besh molekula oltingugurt tutgan fosforga ta’sir etkazishi yuli bilan va kayta nitrallash olinadigan dibutilditiofosfatning yukori defolyatsiyalash faollikka ega ekanligi aniqlangan.Preparat kombinatsiyali ta’sirga ega: avval barglarni quritadi, so‘ng to‘kilishiga olib keladi.Kaliy dibutiltriofosfatning sarf me’yori 15-20 kg/ga bulganda ishlov berishdan keyin 5 kunda g‘o‘za bargi 90% ga to‘kilishi sodir bo‘ladi.Yakin kunlargacha paxtachilikda defolyatsiya uchun tinik yogsimon kurinishdagi kaynash xarorati 0,08S ust-bosimda 115-134oS bulgan «Foleks» deb nomlanuvchi tributiltritiofosfat (C4H9S)3P ishlatilib kelingan .Foleks noxush xidga ega bo`lib, o`ta zararli va yuqori defolyatsilash xususiyatiga ega.G‘o‘za rivojlanish xolatiga va iqlim sharoitiga qarab undan foydalanish 1,5-2,5 kg/ga bo`lgan miqdorda tavsiya etilgan.



Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling