Muammoning o‘rganilganlik darajasi.
Turli tuproq-iqlim sharoitlarida xar hil navlarda g‘o‘za defoliatsiyasi samaradorligi bo‘yicha, shuningdek, tarkibi turlicha bo‘lgan defoliantlarning maqbul me’yor va muddatlarini ishlab chiqish bo‘yicha bir qator olimlar, jumladan, T.Zokirov, A.Imomaliev, A.Umarov, U.Madraimov, T.Karakuziev, R.Nazarov, Sh.Teshaev, S.To‘xtaev, B.Raxmatov, O.Sindarov, X.Abduraxmonov, F.Teshaev,
S.Allanazarov, U.Abduraxmanov, A.Uljaboev va J.Larson, E.Butter tomonidan
o‘rta tolali g‘o‘za navlarida, aynan ingichka tolali g‘o‘za navlarida esa
A.Vasilevskiy, I.Raxmatov, M.Turaev, M.Meylikulov, O.Naimov, X.Omonov,
A.Boboxonov, A.To‘raev, M.Saidov, N.Arapov, D.Agakishev, N.Janonov,
X.Mirxaydarov, A.Bausova, M.Meredov, Adiccot, M.Vinter, G.Benedict, Cothey
va boshqalar tomonidan ilmiy izlanishlar olib borilgan.
Tadqiqotning ob’ekti sifatida xorazm viloyatining o‘tloqlashib
borayotgan taqirsimon tuproqlari, ingichka tolali Mehnat g‘o‘za navi,
ENTODEFOL defoliantlari olingan.
Tadqiqotning predmeti g‘o‘za navining o‘sishi, rivojlanishi, turli
defoliantlar me’yorlarining ta’siri, g‘o‘za barglarining to‘kilishi,
ko‘saklarining ochilishi, 1-terim salmog‘i, hosildorlik, tolaning
texnologik xususiyatlari va chigitning sifatiga ta’siri hisoblanadi.
Tadqiqotning usullari. Tajribalarni olib borishda Методика
полевых опытов с хлопчатником », «Defoliantlarni sinash bo‘yicha uslubiy
ko‘rsatmalar», «Dala tajribalarini o‘tkazish uslublari» va « Методы
определения свойств хлопка-волокна » qo‘llanmalaridan foydalanib,
ma’lumotlarni ishonchliligi va aniqligini B.A.Dospexovning « Методика
полевого опыта» uslubi bo‘yicha matematik hamda statistik tahlil qilingan.
Tadqiqotning maqsadi: Xorazm viloyati sharoitida Mexnat navli g’o’zani yangi defoliyant bilan defoliyatsiya qilish muddat va me’yorlarini o’rganish orqali shu yerga moslashgan agrotexnikani yaratishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |