Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti


Defoliantlarning bir dona ko‘sakdagi paxta vazniga ta’siri


Download 1.47 Mb.
bet9/12
Sana11.05.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1453542
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
dissertatsiya eng oxirgi..

Defoliantlarning bir dona ko‘sakdagi paxta vazniga ta’siri
Tadqiqotlarimizda o‘rganilayotgan defoliantlarning bir dona ko‘sakdagi paxta vazniga ta’siri ham o‘rganildi. Sh.Teshayev, I.Xusanov, K.Abduraxmonovlarning tadqiqot natijalariga ko‘ra 1 dona ko‘sakdagi paxta vazniga defoliantning ta’siri ko‘p sezilmagan. Biroq, ayrim variantlarda bu ko‘rsatkich 0,1-0,2 gacha kamaygan. Lekin ko‘sak vaznining bunday o‘zgarishi paxta hosilining salmog‘iga salbiy ta’sir etmagan. Defoliatsiya tadbirini g‘o‘za ko‘saklari 45-50% ochilganda o‘tkazilsa hamda qolgan ko‘saklar yoshini 30-40 kunlik deb hisoblasak, ko‘saklar shakllanishiga defoliatsiya salbiy ta’sir etmaydi Shuningdek, Saransk Universitetining amaliy tajriba markazida 2001-2002 yillarda Osman Chepur , Ufuk Demirel , Refik Palat va Mehmet Atilla Gr lar g‘o‘zada turli defoliantlarni ta’sirini aniqlash uchun tajriba olib borishgan.Tajribada Stonelle-453 paxta navida gullashdan 60,75 va 90 kun o‘tgach (Dropp ultra ®(DU) Roundup (RU) defoliantlarini qo‘llashgan. Natijada defoliatsiyani kechki muddatlarda o‘tkazilganda ko‘saklar soni, ko‘saklar og‘irligi va paxta hosili ortadi degan xulosaga kelishgan. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda tadqiqotlarda qo‘llanilgan defoliantlarning bir dona ko‘sakdagi paxta vazniga ta’siri aniqlandi. Mehnat g‘o‘za navining nazorat variantida yillarga mutanosib ravishda bir ko‘sakdagi paxta vazni 5,41-5,41-5,43 g ni, o‘rtacha esa 5,42 g ni tashkil qildi. Suyuq entodefol defolianti 8,0 l/ga me’yorda qo‘llanilganda bir ko‘sak paxta vazni nazoratga nisbatan 0,1 g ga kam bo‘ldi. Buni defoliantning qattiq va tez ta’sir qilib, g‘o‘za barglarining qovjirashi oqibatida ko‘saklarning to‘la pishmasdan ochilishi bilan ifodalash mumkin. EntoDefol defolianti 0,200 l/ga me’yorda qo‘llanilganda nisbatan yuqori natija olinib, bu variantdagi bir dona ko‘sakdagi paxta vazni o‘rtacha 5,72 g ni tashkil qildiki, bu ko‘rsatkich nazoratdan 0,3 g ga, etalon SuyuqXMD ta’siriga nisbatan esa 0,4 g ga yuqori bo‘ldi FanDEF-a’lo defoliantining esa 7,0 l/ga me’yorida o‘rtacha bir ko‘sak paxtasining vazni nazorat va etalon (SuyuqXMD 8,0 l/ga) variantlariga nisbatan 0,2- 0,3 g ga ortiqroq ekanligi aniqlandi. 2-fonda S-8290 g‘o‘za navining (50-60%) nazorat variantida bir ko‘sak paxta vazni o‘rtacha 5,58 g ni tashkil qildi. Shu muddatda EntoDefol defolianti 0,150 l/ga me’yorda qo‘llanilgan variantida bir ko‘sak paxtasining vazni nisbatan yuqori bo‘lib, o‘rtacha esa 5,85 g ni tashkil qilgan. SuyuqXMD defolianti 8,0 l/ga me’yorda qo‘llanilganda bir ko‘sak paxta vazni nazoratga nisbatan 0,05 g ga kam bo‘lganligi kuzatilgan bo‘lsa, EntoDefol defoliantining 6,0 l/ga me’yori qo‘llanilgan variantda mos ravishda 5,80 g ni tashkil etdi. Ushbu variantlarda bir dona ko‘sak vaznining oshishiga sabab, biz yuqorida aytib o‘tganimizdek, ushbu variantlarda g‘o‘za barglarining 90,0-96,0% gacha to‘kilishi natijasida, ko‘saklar quyoshdan tushayotgan yorug‘lik va issiqlikdan samarali foydalanganligi bois, unda sellyulozaning ko‘proq to‘planishi, shuningdek chigit tarkibida yog‘ va oqsillarning ko‘payishi hisobiga oshdi degan xulosaga keldik. Ma’lumki, S-6775 g‘o‘za navining tasnifiga ko‘ra, bir dona ko‘sak vazni 5,7- 6,5 g. gacha borib, bu albatta agrotexnik tadbirning qanday o‘tkazilishi hamda tuproq-iqlim sharoitiga bog‘liq. S-6775 g‘o‘za navining ko‘saklari 30-40% ochilgan fonda nazorat variantida yillar bo‘yicha bir ko‘sakdagi paxta vazni 5,24-5,45-5,55g ni, o‘rtacha esa 5,41 g ni tashkil qildi. Ushbu fonda ham EntoDefol defolianti 0,200 l/ga me’yorda qo‘llanilganda nisbatan yuqori natija ko‘rsatdi va bir dona ko‘sakdagi paxta vazni o‘rtacha 5,77 g ni tashkil qilib, bu ko‘rsatkich nazoratdan 0,36 g ga, andoza SuyuqXMD ta’siriga nisbatan esa 0,41 g ga yuqori bo‘ldi. FanDEF-a’lo defoliantining ham 7,0 l/ga me’yorida o‘rtacha bir ko‘sak paxtasining vazni nazorat va etalon (SuyuqXMD 8,0 l/ga) variantlariga nisbatan 0,35-0,4 g ga ortiqroq ekanligi aniqlandi. Ta’kidlash kerakki, xuddi shunday qonuniyat defoliatsiyaning ikkinchi ya’ni, 60-65% ko‘saklar ochilgan muddatida ham saqlanib, yuqoridagi ma’lumotlarga yaqin natijalar olindi. Demak, nazorat variantida bir dona ko‘sak paxta vazni o‘rtacha 5,48 g ni tashkil qildi. Shu muddatda EntoDefol defolianti 0,150 l/ga me’yorda qo‘llanilgan variantida bir ko‘sak paxtasining vazni nisbatan yuqori bo‘lib, o‘rtacha esa 5,75 g ni tashkil qilgan bo‘lsa, FanDEF-a’lo defoliantining 6,0 l/ga me’yorida qo‘llanilgan variantda mos ravishda 5,78 g ni tashkil etdi. Nazorat variantlarida paxta hosili g‘o‘za navlariga mos ravishda 34,4-34,1 ts/ga ni tashkil etib, 1-terim salmog‘i 77,7-77,1% ga teng bo‘ldi va tabir joiz bo‘lsa shuni yana bir bor ta’kidlash kerakki, S-8290 navi 1-terim salmog‘i S-6775 g‘o‘za navinikidan 6,0% ga ko‘p bo‘lib, biroz ertapisharligini namoyon etdi. SuyuqXMD 8,0 l/ga me’yorida qo‘llanilgan variantda paxta hosili nazorat variantidan 1,5-1,5% ga ko‘p bo‘lib, 1-terim salmog‘i ham g‘o‘za navlariga mutanosib ravishda 11,6-11,5 % ga ko‘p bo‘lib, 89,3-88,7% ni tashkil etdi.Ushbu variantlarda hosildorlikning ko‘proq oshmasligiga sabab, SuyuqXMD defolianti g‘o‘za ko‘saklariga qattiq ta’sir etib, ularni majburiy ochilishiga (ko‘saklar yaproqlarini kuydirib, ya’ni ojog hosil qilib majburan ochilish holati) olib keldi. Bunda esa, adabiyotlardan bizga ma’lumki, ko‘saklar majburan ochilganda, ularda fiziologik va biokimyoviy jarayonlar to‘liq o‘tmaydi, natijada ko‘sakda oqsillarning (sellyuloza va chigit tarkibidagi yog‘ va oqsillar) kamayishiga sabab bo‘ladi. FanDEF-a’lo defolianti kimyoviy tarkibiga ko‘ra, xlorat-kalsiy hisoblanib, u xlorat-magniy defoliantiga nisbatan o‘simlikka sekin ya’ni, yumshoqroq ta’sir etadi. Shuning uchun, har ikkala g‘o‘za navlari (50-60%) muddatlarida uning maqbul (6,0 l/ga) variantlarida paxta hosili ham biroz oshdi va mos ravishda 36,9; 36,6 ts/ga ni tashkil etib, ushbu variantlarda 1-terim salmog‘i g‘o‘za navlariga mutanosib ravishda 93,6; 93,0 % ni tashkil etganligi ma’lum bo‘ldi. Shuni qayd etish kerakki, xuddi yuqoridagi (1-muddatdagi) qonuniyat saqlangan holda, mehnat g‘o‘za navida FanDEF-a’lo ning 6,0 l/ga me’yori qo‘llanilganda omad g‘o‘za naviga nisbatan natijalar biroz yuqori bo‘lganligi aniqlandi. Ta’kidlash joizki, tadqiqotlarning boshqa yillarida ham shu qonuniyat saqlanib, shunga yaqin ma’lumotlar olindi.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling