Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti
Defolianlarni qo‘llash me’yorlari va muddatlarining o‘rta tolali g‘o‘za navlaridagi iqtisodiy samaradorligi
Download 1.47 Mb.
|
dissertatsiya eng oxirgi..
Defolianlarni qo‘llash me’yorlari va muddatlarining o‘rta tolali g‘o‘za navlaridagi iqtisodiy samaradorligi
Paxtachilikni rivojlantirishda kam xarajatlar evaziga har gektar maydondan olinadigan paxta hosilini oshirib, yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishish muhim hisoblanadi. Binobarin, M.Toshboltayev, Sh.Teshayev, R.Nazarov, O.Sindarov g‘o‘za defoliatsiyasini sifatli o‘tkazish bo’yicha berishgan tavsiyalariga amal qilgan holda g‘o‘zalar defoliatsiya qilinib, 12-15 kundan so‘ng terimga kirishilsa, ko‘saklarni 85- 90% ochilishiga erishildi va buning natijasida hosilning asosiy qismi birinchi navlarga sotiladi. Izlanishlarimizda defoliantlarni qo‘llash me’yorlari va muddatlarining g‘o‘zadagi iqtisodiy samaradorlikni hisoblashda O‘zPITI ning Xorazm filiali sharoitidagi narxlar (2021) va paxta terimlar bo‘yicha olingan miqdorlari inobatga olindi. Tajriba ma’lumotlaridan shu narsa ma’lum bo‘ldiki, defoliatsiyaning birinchi (30-40% ko‘sak ochilganda) muddatida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Mehnat g‘o‘za navi nazorat variantidan (2021) yilda o‘rtacha 34,1 ts/ga paxta hosili olingan bo‘lib, ushbu hosildan tushgan daromad 15,345,000,0 so‘m/ga ni, shartli sof foyda 3,345,000,0 so‘m/ga ni tashkil etganligi va hosilni yetishtirish uchun jami 12,000,000,0 so‘m/ga xarajat ketganligi ma’lum bo‘ldi. Bu muddatda mehnat g‘o‘za navining nazorat variantidan esa o‘rtacha 32,6 ts/ga paxta hosili olinib, paxtani sotishdan tushgan daromad 14,670,000,0 so‘m/ga ni, shartli sof foyda 2,670,000,0 so‘m/ga ni tashkil etib, hosilni yetishtirish uchun ketgan jami xarajat 12,000,000,0 so‘m/ga ga teng bo‘ldi. Shuningdek, defoliatsiyaning ikkinchi (50-60% ko‘saklar ochilganda) muddatida, defoliantlar samaradorligi yuqori bo‘lib, ko‘saklarning ochilish foizi birinchi muddatga nisbatan yuqoriligi sababli hosildorlik ham biroz oshiqcha bo‘lib, buning evaziga esa rentabellik 1,1-5,1% ga oshdi. 101 mehnat g‘o‘za navida entodefol 8,0 l/ga me’yorda qo‘llanilgan variantlarda defoliatsiya muddatlariga mutanosib ravishda 2021-yilda o‘rtacha 35,9-36,3 ts/ga hosil olinib, paxtadan tushgan daromad 16,155,000,0-12,306,800,0 so‘m/ga ni, shartli sof foyda 3,858,200,0-4,028,200,0 so‘m/ga ni, jami xarajat bir gektariga 12,296,800,0-12,306,800,0 so‘mni, defoliatsiya uchun esa 116,800,0 so‘mni tashkil etib, rentabellik darajasi 31,4-32,7% ga teng bo‘ldi. mehnat g‘o‘za navida esa bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 15,480,000,0-16,020,000,0; 3,183,200,0-3,753,200,0; 12,296,800,0-12,266,800,0; 116,800,0 va rentabellik mutanosib ravishda 25,9- 30,6% ga teng bo‘lganligi aniqlandi. Iqtisodiy samaradorligi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlar, Mehnat g‘o‘za navida EntoDefol 0,200-0,150 l/ga hamda FanDEF-a’lo 7,0-6,0 l/ga me’yorda qo‘llanilganda variantlardan olinib, defoliatsiyani qo‘llash muddatlariga mutanosib ravishda o‘rtacha 37,2-38,1; 36,8-36,6 ts/ga paxta hosili olindi va shartli sof foyda 4,290,000,0-4,670,000,0; 4,220,000,0-4,295,000,0 so‘m/ga ni, rentabellik darajasi esa 34,5-34,2 ; 37,4-34,9% ga teng bo‘ldi. O‘z navbatida bu ko‘rsatkichlar Suyuq XMD (8,0 l/ga) qo‘llanilgan variantnikidan mutanosib ravishda 43,180,0-36,180,0; 64,180,0-26,680,0 so‘m/ga ga va 3,1-2,8; 4,7-2,2% ga oshiqcha bo‘ldi. Mehnat g‘o‘za navida ham eng yuqori ko‘rsatkichlar,defoliatsiya muddatiga (30-40;50-60%) mos holda EntoDefol defoliantining 0,200-0,150 l/ga hamda FanDEF-a’lo ning 7,0-6,0 l/ga me’yorlaridan olindi. Ahamiyat beradigan bo‘lsak, dissertatsiyaning yuqoridagi boblarida ham ushbu navlarda defoliantlarning bir xil me’yorlarida samaradorlik yuqoriligi ma’lum bo‘lib, biz ushbu navlarning morfo-biologik xususiyatidan kelib chiqqan holda, ularning barg soni va barg plastinkalarida katta farq yo‘qligi tufayli defoliantlarga ta’sirchanligi ham deyarli bir xil bo‘lganligi bilan izohlagan edik. Bu hol esa o‘z navbatida iqtisodiy samaradorligida ham yana bir bor tasdiqlandi. EntoDefol defolianti 0,200-0,150 l/ga me’yorda qo‘llanilgan variantda (2021 y) o‘rtacha (defoliatsiya muddatlariga mutanosib ravishda) 36,1-37,3; ts/ga paxta hosili olinib, jami xarajat 12,490,000,0-12,425,000,0 so‘m/ga ni, shartli sof foydani tashkil qildi. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling