Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti
Download 1.47 Mb.
|
dissertatsiya eng oxirgi..
- Bu sahifa navigatsiya:
- ILMIY TADQIQOTLARDAN XULOSALAR
Tadqiqot natijalari.
Purkashni nixoyatda e'tiyotkorlik bilan o'tkazib, ishchi eritmani bargning pastki tomoniga tushurmaslikka xarakat qilish kerak. Purkashni (oddiy dala purkagich) o'simlik tepasidan pastga qarab vinttsimon xarakat qilib, bosh poya konusiga parallel olib borish zarur. Tajriba g'o'za qator orasi 90sm sxemada ekilgan dalada 8 qatorli 4 takrorlanishda qo'ildi. Ishlov samarasi va xosil o'rtasidagi 4 qatorda xisobga olinadi. Xisobli qator uzunligi 50 metr, umumiy uzunligi qo'l terimida 60 metr. EntoDefol defoliantining eng yuqori natijalari g‘o‘za navlari ko‘saklarini ochilish muddatlariga mutanosib ravishda 0,200-0,150 l/ga me’yorda qo‘llanilgan variantlarida 14 kundan so‘ng 91,9-92,4% g‘o‘za barglari to‘kilib, defoliant yumshoq ta’sir etishida natijasida 0,3% barglar qurigan, yarim qurigani 6,7 - 6,6% ni, to‘kilgani 91,9 - 92,4% ni tashkil qildi. Nazoratga nisbatan to‘kilgan barglar mos ravishda 83,8- 71 80,9% ni etalon (SuyuqXMD 8,0 l/ga) variantiga nisbatan 6,3 - 4,7% ortiq bo‘lganligi kuzatildi. FanDEF-a’lo defoliantining ham g‘o‘za navlari muddatlariga mos ravishda 7,0-6,0 l/ga me’yorda qo‘llanilgan variantda defoliatsiyadan 14 kundan so‘ng g‘o‘za tupida 3,2 - 4,0% qurigan barg, 5,6-3,0% yarim qurigan va 91,2 -93,0% to‘kilgan barglar qayd etilib,nazorat variantiga nisbatan 83,1 -81,5% ga, etalon (SuyuqXMD 8,0 l/ga) variantiga nisbatan esa 5,6-4,3% yuqori bo‘lganligi aniqlandi. ILMIY TADQIQOTLARDAN XULOSALAR Xorazm viloyatining o‘tloqi alluvial tuproqlari sharoitida MEHNAT g‘o‘za navlarida 30-40; 50-60% ko‘saklar ochilgan muddatda g‘o‘zaga yumshoq ta’sir etuvchi yangi EntoDefol hamda FanDEF-a’lo defoliantlarining samaradorligi bo‘yicha quyidagicha xulosa qilish mumkin: Xorazm viloyatining o‘tloqi alluvial tuproqlari sharoitida bir xil agrotexnik tadbirlar o‘tkazilgan sharoitda mehnat g‘o‘za navining nihollari boshqa navlarga nisbatan biroz ertaroq unib chiqishi va o‘z sharoitida yaxshi o‘sib rivojlanib, Xorazm 127 naviga nisbatan serhosil bo‘lganligi aniqlandi. Bunda, Mehnat g‘o‘za navining bosh poya balandligi defoliatsiyadan oldin o‘rtacha 92,9-92,7 sm ni, barglar soni 35,533,3 donani, ko‘saklar soni esa o‘rtacha 13,2-12,7 donani tashkil etgan bo‘lsa, xorazm 127 g‘o‘za navi bosh poya balandligi mehnat navidan 3,4-4,1 sm baland barglar soni ham ko‘p 36,0-36,8 donani, biroq, ko‘saklari esa 12,5-12,3 donani tashkil etib, S-8290 naviga nisbatan 0,7-0,4 donaga kam bo‘lganligi kuzatildi. Mehnat g‘o‘za navida defoliatsiyadan oldin barg sathi yuzasi (bir o‘simlik hisobida) o‘rtacha 3010,3-2900,6 sm2 ni hamda 27545,4-27595,1 m2 ni tashkil etdi. S-6775 g‘o‘za navida bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 3101,3-3105,0 sm2 va 28376,329537,6 m2 ni tashkil etib, garchi barglar soni S-8290 g‘o‘za navi barglaridan biroz ko‘p bo‘lsada, plastinkasining yupqaligi hisobiga barg sathi qariyb barobar bo‘lganligi aniqlandi. G‘o‘za navlarida o‘rganilayotgan defoliantlarning samaradorligi kuzatilganida, ularning ta’sirchanligi defoliantlarni qo‘llash me’yori va muddatlariga bog‘liqligi aniqlandi. Mehnat g‘o‘za navlarida 50 60% ko‘saklar ochilgan muddatda yuqori natijalar EntoDefol defoliantini 0,200 l/ga me’yorda qo‘llanilganda olinib, barglar to‘kilishi navlarga mos ravishda 92,4-91,9% ni, ko‘saklar ochilishi 85,8-84,8% ni tashkil etdi. FanDEF-a’lo qo‘llanilganda eng yuqori natijalar har ikkala g‘o‘za navida ham defoliantining 7,0 l/ga me’yorda qo‘llanilgan variantdan olindi va mutanosib ravishda 90,3-91,2% barg to‘kilishini, 82,3-81,3% ko‘sak ochilishini tashkil etganligi kuzatildi. Defoliatsiyaning ikkinchi (50-60% ko‘sak ochilganda) muddatida ham shu qonuniyat saqlanib qoldi, biroq defoliantlar me’yori kam lekin samaradorligi yanada yuqori bo‘lganligi kuzatildi. Chunonchi, S-8290 va S-6775 g‘o‘za navlarida EntoDefolning 0,150 l/ga me’yorda qo‘llanilganda barglar to‘kilishi mos ravishda o‘rtacha 93,6-92,4% ni, ko‘saklar ochilishi 95,1-94,2% ni, FanDEF-a’lo esa 6,0 l/ga qo‘llanilgan variantda natijalar navlarga mutanosib ravishda barglar to‘kilishi 90,693,0% ni, ko‘sak ochilishi 90,0-89,9 % ni tashkil etganligi ma’lum bo‘ldi. Mehnat g‘o‘za navi bir ko‘sak paxtasining vazni S-6775 g‘o‘za naviga nisbatan 0,1-0,2 g. ga kamroq biroq, ko‘saklar soni ko‘pligi bois har uchala yilda ham hosildorligi S-6775 navi hosildorligidan yuqori bo‘lganligi aniqlandi. Binobarin, eng yuqori paxta hosili mehnat g‘o‘za navida EntoDefol defolianti 0,2000,150 l/ga me’yorda qo‘llanilgan variantlarda defoliatsiya muddatlariga mutanosib ravishda 37,2-38,1 ts/ga ni tashkil etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich xorazm 127 navining ham shu variantlarida mos ravishda 36,1-37,3 ts/ga ni tashkil etdi. G‘o‘za navlariga EntoDefol defoliantini mutanosib ravishda 0,200-0,150 l/ga, FanDEF-a’lo ni 7,0-6,0 l/ga me’yorlarda ko‘saklar 50-60% ochilgan muddatda qo‘llanilgan variantlarda paxta tolasining texnologik xususiyatlari yaxshilandi hamda ushbu me’yor va muddatda chigit tarkibidagi yadro chiqimining, oqsilli azot sintezining yaxshilanishi tadqiq qilindi. Qo‘llanilgan defoliantlarning me’yorlaridan yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishish uchun ularni g‘o‘za navlarining biologik xususiyatlari qo‘llash muddatlariga bog‘liq holda tabaqalashgan holda ishlatish kerakligi aniqlandi. Eng yuqori iqtisodiy samaradorlik S-8290 navida 30-40% ko‘saklar ochilgan muddatda EntoDefol 0,200 l/ga, FanDEF-a’lo ni defoliantini 7,0 l/ga me’yorda qo‘llanilganda olinib, shartli sof foyda mos ravishda 4 mln. 290 – 4 mln. 220 ming so‘m/ga ni, rentabellik darajasi esa 34,5-34,2% ni, g‘o‘za ko‘saklari 50-60% ochilgan muddatda esa EntoDefol 0,150 l/ga hamda FanDEF-a’lo ni 6,0 l/ga me’yorda qo‘llanilganda sof foyda 4 mln. 670 – 4 mln. 295 ming so‘m/ga ni, rentabellik darajasi 37,4-34,9% ni tashkil qildi. S-6775 g‘o‘za navida 30-40% ko‘sak ochilgan muddatda EntoDefol 0,200 l/ga va FanDEF-a’lo ni 7,0 l/ga, 50-60% ochilganda esa EntoDefol 0,150 l/ga hamda FanDEF-a’lo 6,0 l/ga me’yorlarda qo‘llanilganda eng yuqori iqtisodiy daromad olinib, mos ravishda sof foyda 3 mln. 755 - 3 mln. 615 ming va 4 mln. 360 – 4 mln. 160 ming so‘m/ga ni, rentabellik esa mutanosib ravishda 30,1-29,2% va 35,1-33,8% ga teng bo‘ldi. Xorazm viloyatining o‘tloqi alluvial tuproqlari sharoitida parvarishlangan mehnat g‘o‘za navlaridan ertagi, yuqori va sifatli paxta hosili olish va ularni qo‘l hamda mashina terimiga moslashtirishda defoliatsiya samaradorligini oshirish, yetishtirilgan hosilning tannarxini oshirmay sifatli yig‘ishtirib olish uchun yangi EntoDefol va FanDEF-a’lo defoliantlarni quyida tartibda qo‘llash: S-8290 va S-6775 g‘o‘za navlari ko‘saklari 30-40% ochilgan muddatda EntoDefol defoliantini 0,200 l/ga me’yorda, FanDEF-a’lo defoliantini esa 7,0 l/ga me’yorda; g‘o‘za navlari ko‘saklari 50-60% ochilgan muddatda esa EntoDefol defoliantini 0,150 l/ga me’yorda, FanDEF-a’lo defoliantini 6,0 l/ga me’yorda qo‘llash tavsiya etiladi. Bu me’yorlarda qo‘llash g‘o‘za tuplarida defoliatsiya vaqtida hali ochilmay turgan ko‘saklarning fiziologik-biologik yetilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Olingan natijalardan qishloq xo‘jaligi oliy o‘quv yurtlari Agronomiya yo`nalishi talabalari uchun darsliklar tayyorlashda hamda shu yo‘nalishda ilmiy ishlarni davom ettirishda foydalanish mumkin.
Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling