Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2023-yil " 13 "yanvardagi
“Iqlim oʻzgarishi boʻyicha BMTning Ramkali konvensiyasi”
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
иклим кулланма
“Iqlim oʻzgarishi boʻyicha BMTning Ramkali konvensiyasi” 1992-yilda
Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan sammitda qabul qilingan boʻlib, butun dunyoda iqlim oʻzgarishini bataraf etishga qaratilgan. Iqlim oʻzgarishi xavflarini boshqarishni ta’minlovchi asosiy yoki bosh xalkaro xujjat BMTning Iqlim 72 oʻzgarishi toʻgʻrisidagi soxaviy konvensiyasi (IUSK) xisoblanib, u yer sammitida (Rio-de-Janeyro, 1992-yil) qabul qilingan va 1994-yilning 21-martidan kuchga kirgan. Oʻzbekiston bu Konvensiyani 1993-yili imzolagan. Iqlim oʻzgarishi muammosi boʻyicha global xarakterdagi asosiy xalkaro xuquqiy xujjat xisoblanish barobarida, bu oʻzgarishning salbiy oqibatlarini yengillashtirish boʻyicha xalkaro xamkorlik xamda yer atmosferasiga antropogen yukni pasaytirish vositasi sanaladi. Global iqlim oʻzgarishiga qarshi xarakat qilish boʻyicha dunyo xamjamiyati faoliyatining umumiy faoliyat yoʻnalishlari belgilab qoʻyilgan. Iqlim oʻzgarishlari xavflarini boshqarishni xuquqiy ta’minlashda asosiy rolni quyidagi xujjatlar bajarib kelgan va bajarmoqda: BMT doirasidagi Kioto Protokoli; Biologik xilma-xillikni saqlab kolish toʻgʻrisidagi Konvensiya; BMT ning "Jiddiy qoʻrgʻoqchilik va choʻllashishni boshidan kechirayotgan mamlakatlar, ayniksa, Afrikada choʻllashishga qarshi kurash boʻyicha" Konvensiyasi va boshqalar. BMTning Iqlim oʻzgarishi toʻgʻrisidagi soxaviy konvensiyasi 1992-yili Rio- de-Janeyro shaxrida boʻlib oʻtgan BMTning atrof-muxit va rivojlanish boʻyicha Konferensiyasi majlisida qabul qilingan. Bu Konvensiya 1994-yilning 21-martida kuchga kirgan. Bugungi kunda iqlim oʻzgarishini yoklovchi davlatlar soni 195 tani tashkil kiladi. Uning pirovard maqsadi - atmosferadagi parnik gazlari konsentratsiyasini ikdimiy tizimga xavfli antropogen ta’sirning oldini oluvchi darajada barqaror ushlab turishdir. Ushbu xujjat umumiy, lekin differensiallashgan javobgarlikka asoslangan, iqlim oʻzgarishlari boʻyicha mamlakatlarning xarakatlariga oid umumiy prinsiplarni aniqlab beradi va parnik gazlarini chiqarishni qisqartirish boʻyicha miqdoriy majburiyatlarni uzida aks ettirmaydi. Konvensiyada ishtirok etuvchi tomonlar iqlim oʻzgarishining salbiy oqibatlari bilan kurashda asosiy rolni sanoatlashgan davlatlar va uzining iqtisodiy rivojlanish jarayonida parnik gazlarining chiqishiga asosiy xissa qoʻshuvchi (tarixiy masʻuliyat tamoyili) iqtisodiy oʻtish davridagi davlatlar uynashi kerakligini tan oladilar. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling