Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov
Download 1.85 Mb.
|
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111
Mehnat resurslari —inson resurslari kishilarning mehnat qilib, ishlab cbiqara ollsh qobiiiyatidan, ishbilarmon boiish, xo‘jalik faoliyatini boshqara bilish qobiiiyatidan iborat boMadi.
Yer kurrasi va qa’ridagi tabiiy boyliklar ^ ekiladigan yerlar, o‘r-monlar, qazilma boyliklar, suv zaxirasi, umuman o‘simlik va hay-vonot dunyosi miqdoran cheklangan. Masalan, Markaziy Osiyodagi SLig'orma dehqonchilik Amudaryo va Sirdaryoning suv zaxirasi bilan cheklangan. Ishga yaroqli aholi soni ham cheklangan. Ayniqsa, aholining o'sish sur’atlari pasaygan sharoitda aholi qariydi, uning tarkibida ishga layoqatli kishilar salmogM qisqaradi. Masalan, Yaponiyada yaqin ora da qariyalar aholining 25—30 %iga yet ish i kutilmoqda. Mehnat qurollarini (asbob-uskuna, mashina va h.k.) miqdoran ko‘paytirish imkoni ham ma’Ium chegarada bo'ladi. Agar jamiyat ularni g'oyat ko‘p ishlab chiqarsa, aholi uchun tirikchilik vositalari — iste’mol buyumlari yetishmay qoladi, natijada mehnat resursidan yaxshi foydalanib bo'lmaydi. Har qanday iqtisodiyotga xos bo'lgan umumiy va azaliy ziddiyat mavjud, bu resurslarning cheklanganiigi va ehtiyojlarning cheksiziigi o‘rtasidagi ziddiyat boiib, kamyob resurslardan oqilona foydalanish orqali hal etiladi. Resurslar kamyobligi mutlaq emas, balki nisbiydir, ya’ni ularning cheklanganiigi degani ehtiyojlarga nisbatandir. Aholi o'sishi bilan mehnat resurslari ko‘payadi, ishlab chiqarish rivoj-lanishi bilan mehnat yaratadigan moddiy resurslar ham ко ‘pay ad i. Yangi yerlar, suv manbalari ochilishi bilan ekin maydoni kengayadi, yangi konlar topilishi bilan qazilma resurslar ham miqdoran ortadi, yangidan ekilgan o'rmonlar maydoni kengayadi. Lekin bu large nisbatan ehtiyojiar jadalroq o‘sib bo rad i. Tabiiy resurslarning bir qismi qaytadan tiklanib, yangidan hosil bo‘ladi. Bu o‘rmon, suv, tuproq hosildorligi, havoning harorati, umuman flora va faunadir. Ammo tiklanmaydigan tabiiy resurslar ham bor. Bular jumlasiga yerost! boyliklari —ruda, ko‘mir, neft, gaz kabilar kiradi. Ularning o'rnini to‘ldirib bo'lmaydi, lekin ularga oTinbosar resurslar topilib turadi. Masalan, gidroenergiya o‘rniga issiqlikenergiyasi, uning o‘rniga atom energiyasi keladi. Resurslar qanchalik tiklanmasin va to‘ldirib 25
boriimasin, baribir ular ehtiyojlarga nisbatan kamyobiik qiladi. Re-surslar miqdori va tarkibi ehtiyojdan orqada qoladi. Buni quyidagi rasradan ko‘rish mumkin (2.1-rasm). Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling