Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov
Iste’mol — bu yaratilgan mahsulot va xizmatlarniiig pirovard natijada ehtiyojni qondirish yo’lida ishlatilishidir
Download 1.85 Mb.
|
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111
Iste’mol — bu yaratilgan mahsulot va xizmatlarniiig pirovard natijada ehtiyojni qondirish yo’lida ishlatilishidir.
Iste’mol birinchidan kishilarning kundalik ehtiyojlarini qon-dirishni, ikkinchidan ishlab chiqarishni rivojlantirishni ko‘zlaydi. Iste’mol ikki xil bo‘ladi: xususiy iste’mol; davlat iste’moU. Xususiy iste’mol yuz berganda iste’mol buyumlari va xizmatlar kisltilarning juz’iy ehtiyojini qondiradi. Davlat iste’moli —bu davlat idora va tashkilotlaridagi iste’mol bo‘lib, bu pirovard natijada ijtimoiy ne’matlarni yaratib, xalqqa yetkazib berishga xizmat qiladi. Ishlab chiqarishdagi iste’mol esa turli moddiy vositalar — moddiy resurslarning korxonalar va xo'jaliklarda ishlatilishini bil-diradi. Bular tarkibiga mehnat qurollari, bino-inshootlar, xom-ashyo, yarim fabrikat mahsulotlar, butlovchi qismlar va nihoyat, yoqilgh va energiyalar kiradi. Ishlab chiqarishdagi iste’mol oxir-oqibatda shaxsiy iste’molni ta’minlashga, ya’ni iste’mol buyumlari va xizmatlami yangidan yaratishga xizmat qiladi. Iste’mol o'zining shakli jihatidan ham farqlanadi. Shu o‘rinda birinchidan, natural iste’mol borki, bu mahsulotlami ayirboshlamay turib ishlab chiqaruvchining o‘zi tomonidan iste’mol qilinishidir. Natural iste’mol yuz berganda uni qondirishda pul qatnashmaydi, ya’ni pulga iste’mol uchun zarur mahsulot sotib olinmaydi. Bu iste’molning ko‘hna shakli, ammo unmg ba’zi bir ko‘rinishlari uzoq saqlanib qohshi mumkin. Bunga misol qilib 0 ‘zbekistondagi mayda dehqon xo‘jaligi va tomorqadan olingan mahsulotning bir dismini shu yerning o‘zida iste’mol qilinishini ko’rsatish mumkin. Agar dehqon tomorqasida kuniga 8 litr sut yetishtirilsa, buning 2 litri dehqon xonadonining o‘zida natural shaklida iste’mol qilinadi, qolgan 6 litri boshqalarga sotUadi. Iste’molning ikkinchi shakli — bu tovar iste’molidir. Bunda iste’mol tovarlarni pulga sotib olish orqali qondiriladi. Iste’molning bu turi zamonaviy hisoblanadi. Bu iste’mol tarkibini xilma-xil qiladi, nimani iste’mol qilishni tanlab olish imkonini beradi. Agar natural iste’mol uni tor doira bilan cheklasa, tovar iste’moli bu cheklovlami olib tashlaydi, ya’ni xohlagan tovarlarni xohlagan 23
miqdorda va tarkibda sotib olib iste’mol qilish mumkin. Tovar iste’moli hozirgi iste’molning ustuvor turidir, chunki natural iste’-mol kamdan kam hollarda uchraydi. Iste’mol o‘zining usuli jiha-tidan yakka tartibdagi va birgalikdagi iste’molga bo‘linadi. Yakka iste’mol bu ayrim shaxsning, xonadonning yoki firmaning iste’-molidir. Ammo shunday ne’matlar borki, bulardan yakka tarzda emas, faqat birgalikda bahramand bo‘lish mumkin. Masalan, mudofaa, huquq-tartibotni ta’minlash, bepul davolanish va ta’lim olish, ekologiyani yaxshilash, obodonchilik xizmatlari borki, bularni bir kishi iste’mol qilgani holda, boshqa kishi iste’mol qilmasligi mumkin emas. Shu sababli birgalikda iste’mol qilish mavjud boladi. Kishilar hayoti bir kunga ham to’xtab qolishi mumkin emas, shu bois ehtiyojni qondiradigan iqtisodiy faoliyat uziuksiz boMadi. Iqtisodiyot ishlab chiqarishdan boshlanib iste’mol bilan yakun-lanuvchi faoliyat sifatida doimo takrorlanib turmasa, kishilar yashay olmaydi. l.i. Iqtisodiy resiirslar Iqtisodiyot hech narsa yo‘q yerda bo‘lishi mumkin emas. Dehqonchilik bo'lishi uchun yer, suv, o‘g‘itlar, traktorlar, kom-baynlar va yerga ishlov beruvchi dehqonlar boMishi kerak. Sanoat uchun esa mashina-uskunalar, qazilma boyliklar, xomashyo, yoqilg‘i, elektroenergiya va nihoyat ishchilar va inje-ner-texnik xodimlar zarur. Binobarin, iqtisodiy faoliyat uchun re-surslar kerak, resurslar esa ishlab chiqarish omillarini hosil qiladi. Mahsulot va xizmatlami yaratib, ularni ishlab chiqarishdan iste’molga yetkazib berish uchun zarur bo‘lgan barcha moddiy, nomoddiy vositalar, ashyolar va ish kuchi iqtisodiy resurslarni tash-kil etadi. Iqtisodiy resurslar, tarkiban uch qismdan iborat: moddiyresurslar; mehnatresurslari; informatsion- axborot resurslari. Moddiy resurslar — bu aniq moddiy shakldagi barcha vosita-lardir. Ular o‘z navbatida 2 qismga ajratiladi. Birinchisi, tabiiy re surslar. Bularni insonga tabiat in’om etadi. Bular yer-suvning o‘zi, yerosti va yer usti boyliklaridan iborat. Ikkinchisi, inson mehnati bilan yaratilgan moddiy resurslar, bularga bino-inshootlar, mashina va mexanizmlar, qo‘l mehnati qurollari kiradi. Moddiy resurslar orasida eng qadrlisi yer hisoblanadi, chunki yerda qishloq xo’jaligi yuritiladi, korxonalar, turli bino-inshootlar qad ko‘taradi, yoMlar 24
joylashadi, yer qa’rida tabiiy boyliklar mavjiid. Yer eng qadrli resurs bo'lganligidan, u g'oyat qimmat turadi. Mehnat resurslarini mehnat yoshidagi aholi, ya’iii mehnatga layoqatli kishilar tashkil etadi. Ularning band, ish qidirgan qismi aholining iqtisodiy faol qismi hisoblanadi, chunki o‘z mehnati bilan mahsulot va xizmatlarni yaratishga qodir bo‘ladi. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling