Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov


Download 1.85 Mb.
bet21/326
Sana08.01.2022
Hajmi1.85 Mb.
#245671
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   326
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111

Ehtiyojlar (Q)
2.3~rasm. Resurslar va ehtiyojlar
Rasmdan ma’iumM, dastlab ehtiyoj resurstaJab bo'lgan, ya’ni 20 birlik ehtiyoj bitta resurs talab qilgan (40:2=20), so^ngra buning uchun zarur resurs o‘zgarmagan (80:4=20). Bundan so‘ng ehtiyoj-ning resursga talabi qisqargan: 24 birlik ehtiyoj uchun bitta resurs kerak bodgan (120:5=24), nihoyat bir resurs hisobidan 30 birlikka teng ehtiyoj qondirilgan (180:6=30). Resurs birligi sarfi pirovard nalijada qisqargan, shunga ko'ra bir resurs hisobidan qondirilgan ehtiyoj 50 % oshgan (30/20x100=150 %).
Наг doim cheklangan resurslarni tejamii ishlatish cheksiz ehti-yojlarni qondirish vositasi bodib kelgan. Ammo resurslardan sa­ marali foydalanish darajasi ularning kamyoblik darajasiga teskari mutanosib boHdi. Resurslar qisqarib, kamyoblashgan sari ulardan yanada samaraliroq foydalanish zarurati kelib chiqadi. Bu resurs birligidan ko’proq va xilma-xil mahsulot olishni talab qiladi, Bun-ga yangi texnologiyalarni Joriy etish orqali erishiladi.

27


Masalan, keyingi 50 yilda tejamli texnologiyalarni to‘xtovsiz joriy etish natijasida o‘rtacha bitta ommabop yengil avtomashinaga sarflangan metall hajmi deyarli 2 marta qisqardi, ayni paytda avtomobil modellarining turi 5 marta ko‘paydi, avtomobil 100 km yo'lga saiflaydigan benzin miqdori ham jiddiy qisqardi.
2.4. Iqtisodiy tanlov
Наг qanday iqtisodiyotning bosh muammosi nimani, qancha va nihoyat kim uchun Lshlab chiqarish muammosidir. Bu muam-moning hal etilishi iqtisodiy tanlov orqali yuz beradi. Tanlovni iqti-sodiyoldagi asosiy ziddiyat, ya’ni ehtiyojlarning cheksizligi va ularni qondirishga qaratiladigan resurslarning cheklanganligi yuzaga keltiradi.
Ehtiyojlar yuksalgan sharoitda resurslarning kamyob bo'lishi ehtiyojlarning barchasini bir vaqtda qondirish imkonini bermaydi. Shu sababli ehtiyojlarning bir qismi to'la qondirilsa, boshqasi resurslar yetishmaganidan chala qondiriladi, yana boshqasining qondirilishi orqaga surilib kechiktiriladi. Resurslar kamyob sha­ roitda ehtiyojlar bosqichma-bosqich qondiriladi, ya’iii avval ular-ning eng zarurlari, so‘ngra boshqalari qondiriladi.
Iqtisodiy tanlov qoidasi mayjidU, unga binoan kishilar o‘z ehtiyojini qondirish uchun cheklangan resurslarni o‘ilari uchun Iqtisodiy jihatdan eng foydali bo‘lgan faoliyat ic iin siriaydilar.

Tanlovga hamma boradi. lshlab chiqaruvchi nimani va qancha ishlab chiqarishni tanlaydi, sotuvchi qaysi bozorda nimani va qanchadan sotishni, iste’molchi qayerdan nimani va qancha xarid etishini, uy sohibi qancha puJni hozir sarfiab, qanchasini jam-g‘arishni tanlab oladi. Tanlov liar doim muqobil bodadi, chunki tanlash imkoniyatlari ko‘p. Iqtisodiyotning har bir ishtirokchisi nima qilishnj tanlaganda birinchidan, o‘z manfaatidan, ikkinchidan, irakonlyatidan kelib chiqadi. Manfaatda ehtiyoj gavdalansa, imko-niyatda resursning cheklanganligi ifoda etiladi. Kishilar mana shulardan kelib chiqqan holda muqobil tanlovga qo‘l uradilar, ya’ni qiladigan ishning eng maqbuliga resurs sarflaydilar. Muqobil tanlov bir ish qilish uchun boshqasidan voz kechishni biidiradi. Tanlov chog‘ida voz kechilgan xatti-harakat keltirishi mumkin bo‘lgan naf tanlov haqi, deyiladi va bu turli ne’matlardan yoki pul daromadidan iborat bo'ladi.


Muqobil tanlov tufayli yuzaga keladigan yo‘qotishlar voz kechilgan imkoniyat yoki zimmaga tushgan xarajat bo'ladi. Tanlov tu­ fayli olingan natija u yuzaga keltirgan yo'qotishdan ko‘p bo‘lsa, tanlov

28


samarali bo‘lib chiqadi. Tanlovga hamma borsada, uning turlari farqlanadi. Masalan, talaba bilan ishsiz kishining, uy bekasi bilan tadbirkorning tanlovi o‘z maqsadi va usuli jihatdan farqlanadi. Talabaning maqsadi diplomli bo‘Ush, ishsizning maqsadi yaxshi ishga joylashib olish, uy bekasining maqsadi zarur tovarlami arzoniga xarid etish, nihoyat tadbirkorning maqsadi ko‘p foyda topish. Shunga ko‘ra maqsadga erishish usullari ham farqlanadi, albatta.
Talaba o‘qishga ketadigan vaqtni to‘g‘ri taqsimlash yo‘lidan boradi, ishsiz serdaromad ishni qidiradi, uy bekasi tovarlar arzon bozorni xush ko‘radi, tadbirkor serfoyda tovarni chiqaradi. Tanlov qanday bo‘lishini tushunish uchun jadval ma’lumotlarini tahlil etamiz. Bunda korxonada motosikJ va velosiped ishlab chiqarish 0‘rtasidagi tanlovni ko‘rib chiqamiz (2.1-jadval).
2.1-jadval

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   326




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling