I. Mehnat quroJIarining naqadar mukammaJJigi, ya’ni ishla chiqarishning texnik-texnologik darajasl. Qo1 mehnatiga asoslan-gan ishlab chiqarishda mehnat unumdorligi past va aksincha ma-
shinalashgan ishlab chiqarishda u g‘oyat yuqori va muttasil ortib bo rad i. Yangi texnika va texnologiyani qo‘llash unumdorlikda bu-rilish yasaydi. Masalan, zamonaviy robotlar texnikasining qo‘lla-nilishi mehnat unumdorligini 8~10 marta oshiradi. Olimlar hisobiga ko‘ra, mehnat unumdorligi o‘sishining 2/3 qismi fan-texnika taraqqiyoti hisobiga, 1/3 qismi esa boshqa omillar hisobiga yuz beradi. Aytaylik mehnat unumdorligi yiliga 6 foiz o‘sgan boMsa, shundrn 4 foizi texnika taraqqiyoti hissasiga tushadi.
2 . Ishlovchilarining bilim saviyasi, mehnat malakasi va maho-rati, ya’ni ishlab chiqarish shaxsiy-insoniy omilining sifati. Bu omil mashinalashgan ishlab chiqarishda beqiyos ahamiyatga ega. iMu-rakkab texnika-texnologiya yuksak saviya va malakani talab qiladi, aks holda uni samarali ishlatib bo‘lmaydi. Gap shundaki, ishlab chiqarishning moddiy va shaxsiy omillari bir-biriga mos boMishi kerak. Masalan, yangi texnikani ishlatish chuqur texnikaviy bilim va ish tajribasini talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |