Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov


Mehnat stimullarining naqadarkuchli boMishi


Download 1.85 Mb.
bet31/326
Sana08.01.2022
Hajmi1.85 Mb.
#245671
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   326
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111

Mehnat stimullarining naqadarkuchli boMishi. Buni motivat-siya, ya’ni ish natijasiga qiziqish, undan manfaatdor bo’lish hosil qiladi. Motivatsiya unumli ishlashdan yaxshi daromad topish bilan cheklanmaydi, bu o‘z qobiliyatini ishga so I ish, dovruq qozonish, obro‘ orttirishni ham bildiradi. Ishlovchilar mehnat unumdorligini oshirishga qiziqqan joyda stimullar harakatga keladi, kishilar jonbozlik qilib mahsulot va xizmatlarni yaratishga ketadigan resurslar sarfini tejaydilar, natijada ish unumi ortadi. Mehnatni rag'batlantirish o‘rniga mehnatga zo‘rlash boMgan joyda unum-dorlikni oshirishga intilish so‘na boradi, ishlab chiqarish natijasiga befarq qarash paydo bo'ladi. Agar qul holatidago ishchini misol qilib olsak, u mehnatga zo‘rlanganidan unumdorlikni ko‘tarishga oshiqmaydi.

Aksincha, mehnatni erkin tanlagan, undan manfaat topgan, ozod ishlab chiqaruvchi mehnat unumdorligini oshirishga intiladi,


41


chunJci Abu Rayhon Beruniy aytganlaridek: «Insonning qadr-qim-mati o‘z vazifasini a’lo darajada bajarishdan iborat, shuning uchun insonning eng asosiy vazifasi va o'rni mehnat bilan belgilanadi, inson o‘z xohishiga mehnat tufayli erishadi».
Ishlab chiqarishning, umuman iqtisodiyotning naqadar rivoj-langanligining asosiy ko‘rsatkichi mehnat unumdorligi darajasidir.
Iqtisodiyotga baho berishda jamiyat, ya’ni mamlakat iqtiso-diyoti miqyosidagi mehnatning unumdorligi asos bo‘lib xizmat qila-di. Bu jamiyat miqyosida sarflangan mehnat evaziga nima yara-tilganligini biJdiradi. Mehnat unumdorligini (U) aniqlash uchun bir yilda yaratilgan mahsulot va xizmatlarning pulga chaqilgan miqdori (Mq)ni ishlovchilar soniga (N) bo'linadi. Buni formula shakliga kel-tirsak, u quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
U=Mg/N
Mq = 3 mlrd dollar, N = 500 ming kishi boisa,
U=3mlrd /500ming=6000 dollar.
Bu ko'rsatkich mehnat unumdorligi darajasini bildiradi vajami-yatning ishlab chiqara olish qobiliyatini ifodalaydi.
Eng yuksak mehnat unumdorligi XXI asrga kelib rivojlangan mamlakatlarda kuzatildi. Bir ishlovchi ko‘p miqdorda ishlab chi-qargani uchun Jon boshiga yaratilgan tovar va xizmatlar ko‘p bo‘ldi. Masalan, 2010-yil AQShda Jon boshiga ishlab chiqarish 47 ming, Yaponiyada 34,8 ming, Germaniyada 38,2 ming dollar boOdi.
Unumdorlik darajasi bilan uning o'sish sur’atlarini farqlash kerak, chunk! daraja yuqori bo‘la turib, sur’atlar past bolishi mumkin va aksincha. Unumdorlikning o‘sish sur’ati uning yuksalish tezligi boiib, foiz bilan ifodalanadi. Masalan, mehnat unumdorligi 10 yilda 57 foizga oshgan bo‘lsa, uning yillik o‘sish sur’ati 4,6 % bo‘ladi.
Ammo bu unumdorlik darajasini bildirmaydi. Iqtisodda shun-day qoida borki, unumdorlik darajasi yuqori bo‘lsa, uning o‘sish sur’atlari nisbatan past bo‘lishi ham mumkin. Shu sababli unum­ dorlik o‘sish sur’atlari past mamlakatning iqtisodiy qudrati yuqori bolishi mumkin. Aksincha ham bo‘ladi.
3,5. .'vielHuU ni'i'uiuit rl’gMiuig afufttiwsii
Mehnat unumdorligi qanchalik yuqori bo‘lsa, shunchalik vaqtning qadri oshadi, chunk! vaqt birligida shunchalik ko‘p mahsu­ lot va xizmatlar yaratish va shu tufayli ko‘proq pul topish mumkin. «Vaqt - bu pul demakdir» degan iboraning ma’nosi ham mana shun-

42


da. Mehnat unumdorligi va turmush farovonligi to‘g‘ri mutano-sibiikda boladi. LJnumdorlikning farovonlikka ta’siri ikJdyoqlama bo'ladi. BirincMdan, unumdorlikiiing yuksalishi ehtiyojni qondi-radigan mahsulol va xizmatlarni ko'paytiradi. Qayerda ununulorlik yuqori bo‘Isa, shu yerda turmush darajasi ham yuqori boiadi. Kam-bag‘allik va muhtojlikning asl sababi esa mehnat unumdorligining past bo'lishidir, chunki oz yaratgan ko‘p iste’mol qilishi mumkin emas, chunki bunda yaratilgan ne’matlar yetmay qoladi.
Ikkinchidan, mehnat unumdorligining ortLshi ish vaqtini tejab, kishilarning bo‘sh vaqtini ko‘paytirib beradi. Bo‘sh vaqt esa ja-miyatning boyligidir.
Iqtisodiyotdagi har qanday tejam vaqtning tejalishi, demakdir. Agar mahsulot yaratish uchun zarur boigan vaqt muttasil qisqarib borsa, kam vaqt sarflangan holda ehtiyoj to'laroq qondiriJadi, chunki bu kam vaqt sarflab ko‘p ishlab chiqarishni bildiradi, Nafaqat ishlab chiqarishda, balki iqtisodiyotning boshqa jabhalarida, xususan, iste’mol borasida ham vaqt tejalishi talab qilinadi. Ehti­ yojni qondirishga zarur vaqt qisqarishi bilan bo'sh vaqt ortib boradi, bu esa inson rohat-farog‘atini ta’minlovchi vaqt boiadi.
Yaxshi ishlagan yaxshi yashaydi degan qoidani farovonlikning bevosita mehnat unumdorligiga bogiiq boiishi yuzaga keltiradi. Bu qoida ayrim ishlovchi, butun birjamoa va hatto butun bir mamlakat xalqiga ham taalluqli boiadi. Unumdorlikning ijtimoiy ahamiyatini unga mos ravishda farovonlikning ortib borishi isbotlaydi.
Masalan, 2000-yilda dunyodagi iqtisodiyoti yuksak rivojlangan mamlakatlarda bir ishlovchi yaratgan mahsulot va xizmatlar 51,3 ming dollar, iqtisodiyoti zaif mamlakatlarda esa 836 dollar bo‘ldi (Bu unumdorlikni bildiradi). Shunga mos ravishda birinchi guruh mamlakatlarida Jon boshiga aholi iste’moli 14,8 ming dollar, ikkinchi guruh mamlakatlarida 236 dollar boidi. Bu farovonlik ko'rsatkichidir.

Ishlab chiqarish chegarasi qancha ishlab chiqarish zarurligi va buning imkoniyatlari bilan belgilanadi. Muayyan vaqtda xohla-ganicha ishlab chiqarish mumkin emas, chunki buni cheklab turuv-chi omillar boiadi, ularni birdaniga o'zgartirib boimaydi.




Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   326




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling