Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov


Download 1.85 Mb.
bet37/326
Sana08.01.2022
Hajmi1.85 Mb.
#245671
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   326
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111

avioddan aviodga o‘tuvchi boylik. Bu bir necha avlodga xizmat qiluvchi tarixiy binolar, inshootlar, suv omborlari, yoMlar, kanallarni o‘z ichiga oladi. Masalan, Samarqanddagi me’moriy yodgorliklardan tarixiy obida sifatida deyarli 20 avlod foydalanib keladi. Katta Farg‘ona kanalidan 1939-yildan buyon foydalanib kelinmoqda, u yana bir necha avlodga xizmat qiladi;




  1. bir avlodga va uning turli guruhlariga xizmat qiluvchi boylik. Bunga uzoq vaqt xizmat qiluvchi buyumlar, kichik binolar, qurilmalar, uskunalar kiradi.

Milliy boylik doimo harakatda bo‘ladi va buni uning aylanib turishi, deb atashadi. Boylik avval yaratiladi, so‘ngra ishlatiladi va nihoyat ishlab chiqarish hisobidan to‘ldirilib boriladi. Ma’lumki, yaratilgan mahsulotning bir qismi joriy iste’mol natijasida yo‘q bo‘lib ketsa, boshqa qismi jamg'ariladi. Jamg‘arilgan mahsulotlar birinchidan ishlatilgan boylikning o‘mini toMdirsa, ikkinchidan uning miqdoran o‘sib borishini ta’minlaydi. Demak, milliy boy­ likning aylanib turishi uning sarflanishi, tiklanishi va o‘sishidan iborat.
Milliy boylik harakati esa yillar. hatto asrlar osha davom etadi. Ammo milliy boylik tarkibiga kiruvchi narsalarning aylanma harakati harxil vaqtda kechadi. Uzoq vaqt xonadonda ishlatiladigan buyumlar (mebel, jihozlar, mashina va h.k.) tezda to‘ziydi yoki urfdan qolib iste’moldan chiqib ketadi. Yoqilg‘1, xomashyo g‘amlamalari va mashina-uskunalar ham tezda ishlatilib ketiladi va qaytadan hosil qUinadi. Binolar, yirik inshootlar, portlar, aerodromlar, suv omborlari, kanallar, temir va avtomobil yoMlari g‘oyat uzoq xizmat qiladi, ular harakati o‘n va hatto yuz yillar davom etadi. Tabiiy boyliklarning bir qismi (masalan, tuproq hosildorligi, suv, o‘rmon boyligi va h.k.) inson ishtirokida tikJanib turadi, boshqa qismi esa (masalan, neft, gaz, ko‘mir, ruda zaxirasi va h.k.) tikJanmaydi, ular ishlatilib boMgach yo‘q bo‘lib ketadi yoki boshqacha boylik shakliga kiradi. Masalan, ruda tugagach, u temir-tersak shakliga kiradi va qaytadan ishlatiladi. Milliy boylik takroran yaratilish jarayonida ko‘payib boradi, bu mamlakat iqtisodiy salohiyati oshganini bildiradi.

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   326




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling