Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov


Download 1.85 Mb.
bet23/326
Sana08.01.2022
Hajmi1.85 Mb.
#245671
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   326
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111

Kapital ishlab chiqarish omili sifatida moddiy, ya’ni mehnat vositaiari shaklini oladi. Bular o‘z navbatida 2 xil bo‘ladi:


    1. Mehnat qurollari, unga qoi mehnati qurollari, mashina, mexanizm, uskuna, o'lchov asboblari, hisoblash va aloqa texnikasi kabilar kiradi.




  1. Mehnat sharoitini hosil qiluvchi vositalar, bunga har xil binolar, inshootlar, yordamchi qurilmalar, yo‘llar va boshqalar kiradi. Ishlab chiqarishda mehnat predmetlari ham bo‘ladi. Nimaga mehnat ta’sir etsa, nimani qayta ishlah undan mahsulot olinsa, shu mehnat predmeti hisoblanadi. Bunga xomashyo, materiallar va butlovchi qismlar kiradi. Masalan, to‘qimachi!ik uchun paxta xomashyosi, avtomobil zavodi uchun butlovchi qismlar kerak.

Mehnat qurollari inson bilan mehnat predmetlari o‘rtasida turadi. Ish kuchi shu qurollami harakatga keltirib, ular vositasida mehnat predmetlariga ishlov berib mahsulot yaratadi.


34


Ishlab chiqarish omillari tarkibida axborot (informatsiya) alohida o‘rin tutadi. Bu omil moddiy yoki jismoniy kuch shakliga ega emas, u turli ma’lumotlar tarzida bo‘ladi. Ma’lum axborotga tayanilgan ho Ida ishlab chiqarish yuz beradi, kelgan axborotga qarab nimani, qancha ishlab chiqarish masalasi hal etiladi. Axborot ijti-moiy-iqtisodiy, demografik tabiiy-texnikaviy va siyosiy xarakterga ega bo‘ladi va shunga qarab ishlab chiqarish tashkil etiladi. Masalan, narx oshadi degan axborot kelsa ishlab chiqarish kengaytiriladi, narx pasayishi kutilsa buning aksi bo‘ladi. Agar unumi yuqori texnika mavjud, degan axborot bo‘Isa uni qo‘llash chorasi ko‘riladi. Internet ma’lumotlaridan foydalanib mahsulotni o‘z vaqtida sotish, kerakli resurslarni xarid etish va hatto sherik topish mumkin. Shu sababli yer yuzida 2012-yil 2 mlrd kishi internetdan foydalangan.
Ishlab chiqarish omillari yaxlitlikda natija beradi, ulardan biri bo‘lib, boshqasi bo‘lmasa ishlab chiqarish yuz bermaydi. Ammo ularning funksiyasi bir xil emas, shu sababli ishlab chiqarishda ular turlicha qatnashadi, ularning roli o‘zgarib turadi. XXI asr ishlab chiqarishi yangicha bo‘lib, bu axborot texnologiyasi rolining kuchayishiga tayanadi, chunki yuksak darajada axborotlashgan ishlab chiqarish istiqbolli hisoblanadi.

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   326




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling