Iqtisodiy informatsiya berish funksiyasi. Bozor tizimida pul munosabatlari ustuvor boiganidan moliyaviy ko‘rsatkichlar bir lamchi hisoblanadi, ularga qarab har bir subyektning ahvolidan xabar topib, u bilan qanday muomalada bo‘lishlik aniqlanadi. Subyektning likvidligi kabi moliyaviy ko‘rsatkichlar boshqa firmalar, banklar, sug‘urta kompaniyalari uchun muhim m oijal boiadi, chunki shunga qarab ular firma bilan qanday munosabatda boiishini hal qiladi. Xonadon yalpi daromadining miqdori, uning jamg‘arma-si va qarzining bor yoki yo‘q!igini ham u bilan aloqa qiluvchhar hisobga oladilar. Davlatning moliyaviy ahvoli haqidagi axborot ham zarur.
Davlat budjetining hajmi, unda kamomadning bor-yo‘qligi, davlatning ichki va tashqi qarzi, uning oltin-valuta zaxiralari haqi-dagi ma’lumotlarga tayanib boshqalar davlat obligatsiyalarini olish, unga chetdan turib qarz berish masalasini hal etadilar. Moliyaviy axborotga qo‘yiladigan asosiy talab uning haqqoniyligidir.
Bu axborot ikki xil yo‘l bilan olinadi. Birinchisi, iqtisodiyot subyektining o‘zi e’lon qilgan axborot. Ikkinchisi, tashqi auditorlar (taftishchilar) va reyting agentlari o‘z tahlili asosida beradigan xolisona axborot.
Do'stlaringiz bilan baham: |