Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov
Download 1.85 Mb.
|
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111
- Bu sahifa navigatsiya:
- Do‘stim, Mersedesing qani, piyoda yuribsan
- I —Gap undamas, axir hech kim 50 $ ga mashinamni 6 oy qo‘riqlab I bermaydi-ku!
19.9. Kredit institutiari
Kredit munosabatlari ko'pincha bilvosita yuz bergani uchun kredit institutlari paydo boladi. Ularning xizmati pul egalari bilan qarz oluvchilar o‘rtasida vositachilik qilishdir. Kredit institutlari 3 xil boladi: banklar, parobank tashkilotiari va kredit topishga xizmat qiluvchi kompaniyalar. Kredit tizimi infratuzilmasining bosh bo‘-g‘ini banklar hisoblanadi. 3 3 8
«PIXINI YORGAN ODAM» Do‘stim, Mersedesing qani, piyoda yuribsan? Uni bankka garovga qo‘yib, 50 $ foiz to‘lash sharti bilan 6 oyga 500 $ kredit oldim. Endi uzoq safarga ketyaprnan. lye, atigi 500 $ ni nima qilasan?! I —Gap undamas, axir hech kim 50 $ ga mashinamni 6 oy qo‘riqlab I bermaydi-ku! 4c.
Banklar 2 guruhga bo‘linadi: Markaziy banklar, ular turli mamlakatlarda bar xil nomlana-di. Masalan, AQShda u rezerv sistemasi, Buyuk Britaniyada Ang-liya banki, Germaniyada Bundesbank, 0 ‘zbekistonda Markaziy bank, deb yuritiladi. Markaziy banklar —banklarning banki hisob-lanadi. Ular quyidagi vazifalarni bajaradi: pulni emissiya qiladi, ya’ni uni muomalaga chiqaradi; davlat oltin-valuta rezervlarini saqlaydi, ya’ni davlatning xazinaboni hisoblanadi; 3) kredit zaxiralarini banklar o‘rtasida taqsimlaydi; 4) davlat pul-kredit siyosatini amalga oshiradi; 5) kreditga, umuman pul muomalasiga oid tartib-qoidalarni ishlab chiqib, ularga rioya qilishni nazoratga oladi. Markaziy bank yagona bo‘ladi. Aksariyat banklar kommersiya (tijorat) banklari hisoblanadi, ular ko‘pchilikni tashkil etadi. Bu banklar kapitali o’zining puli va mijozlar qo’ygan puldan iborat bo’ladi. Kommersiya banklari pul omonatlari va qimmatbaho buyumlarni saqlaydi, pul operatsiyalari-ni obkazadi, kredit beradi, valutalar oldi-sotdisi bilan shug‘ullanadi, konsalting (maslahat berish) bilan shug‘ullanadi. Yer yuzidagi 339
banklar o‘z mijozlariga 600 xil xizmat ko'rsatadi. Banklar ham bosh-qa firmalar singari foyda topishni ko‘zlaydi. Bank o‘z faoliyatida quyidagi asosiy tamoyillarga amal qiladi; Mijozlar manfaatiga ustuvorlik berish, ular uchun kurashish. Rentabel ““ foyda olib ishlash. Raqobatda ishtirok etish. Riskka borish. Likvidli bodish, ya’ni o‘z mablag‘larini naqd pulga aylantira bilish. Banklar iqtisodiyotning lokomotm hisoblanadi, chunk! ular iqtisodiyotning ildam borishini ta’minlaydi. Bunga iqtisodiyotni muntazam ravishda pul, jumladan xorij valutas! bilan ta’minlash, uni kerakli sohalarga yuborish orqali erishiladi. Bank faoliyatida pul bozor iqtisodiyotining tanl-joni ekanligi namoyon bo'ladi. Parobank kredit instimtlariga kichik kredit tashkilotlari kiradi. Bular oldin aytganimizdek kredit kooperativlari, kredit ittifoqlari va uyushmalaridan iborat bo'ladi. Bular o‘zini-o‘zi kreditlash bilan shu-g'ullanadi, ya’iii o‘z kredit resurslarini o‘z a’zolariga qarz qilib beradi, Bulaming krediti imtiyozli, lekin hammabop emas. Mayda kredit tashkilotlari ko‘pchilik bo‘isa-da, ulaming kredit berishdagi hissasi katta bo‘lmaydi. Xuddi shunday holat kreditni topib uni joylashtirish bOan shug‘ullanuvchi turli kompaniyalaiga ham xos bo‘Iadi. Iqtiso-diyot rivojlanishi bilan kredit demokratiyalashadi. Kredit resurslarini yaratishda aholi pul jamg‘armaJari ko‘proq ishtirok etadi, kredit beruvchi tashkilotlar ko‘payadi. Ayni paytda kichik biznesning rivojlanishi va aholining ko‘plab tovarlami kreditga olishi tufayli qarz oluvchilar ham ko‘payadi, natijada kredit munosabatlariga aholining keng qatlami tortiiadi. Xulosalar Iqtisodiyotning moliya sektori undagi turli pul oqimi bo‘lib real sektorga xizmat qiladi. Pul oqimi iqtisodiyotning barcha ish-tirokchilari qatnashadi. Pul oqimi daromad-xarajat shakliga kiradi va moliyani yuzaga keltiradi. Moliya sektori tizim bodib moliya obyekti, subyekti, moliya munosabatlari, moliya mexanizmi, moliya institutlari va nihoyat moliya siyosatini qamrab oladi. Real iqtiso diyotning darajalariga muvofiq ravishda moiiyaning mikro, makro va megamoliya turlari mavjud. Moliya -- taqsimlash, rag‘batlantirish, axborot berish, ijti-moiy va nazorat funksiyalarini bajaradi. Mikromoliya ishtirokchi-larining resurslari ular xarajatini qoplash yo‘lida ishlatiladi. 3 4 0
Makromoliya — bu umumdavlat, umumjamiyat moliyasi bo‘lib, davlat daromadlari va xarajatlaridan iborat. Davlat daro-madlari soliqiar, davlat mulki bergan daromad va davlat olgan qarz-dan iborat. Davlatning xarajatlari bu ijtimoiy soha, investitsiya, mil-liy xavfsizlik, boshqarish va qarzni uzish sarflaridir. Davlat mo-liyasining asosini budjet tashkil etadi. [qtisodiyot subyektlari faoliyatini pul bilan ta’minlash, ya’ni moliyalashtirish bo‘lib, bu o‘zini-o‘zi moliyalashtirish, budjetdan moliyalashtirish va homiylar moliyalashtirishi shaklida yuz beradi. Moliya bozori moliyaviy aktivlarning oldi-sotdi qilinishini bildiradi, tarkiban fond bozori va pul bozoridan iborat. Bu bozor kapital hosil qilish, kapitalni demokratiyalashtirish, puldan pul chiqarib olish, pulni kerakli sohalarga joylashtirishdek funksiyalarni bajaradi. Pul bozorining bir qismi kredit bozoridirki, bunda qarz beruvchi, qarz oluvchi va ular o‘rtasidagi vositachilar qatnashadi. Kredit mexanizmi uning vositalari va shartlaridan iborat. Kreditning bozor narxi foizdir. Biroq foiz kreditga berilgan pulning bozor qiymati emas, balki uni vaqtincha ishlatishning haqidir. Foiz darajasini kredit bozorida talab va taklif, kreditning nafliligi, qarz pulini muqobil ishlatish imkoni, kredit sharti, riski, uning qanday valutada berilishi va nihoyat inflatsiya darajasi belgilaydi. Kredit turlari ko'p, bular kommersiya krediti, lizing krediti, bank krediti, davlat krediti, nomoliyaviy kompaniyalar kreditidan iborat. Tadbirkorlik va iste’molchilik krediti ham bor. Kredit ins-titutlari banklar, parobank kredit tashkilotlari va har xil kompa-niyalardan iborat. Asosiy kredit instituti banklar hisoblanadi, ular markaziy va kommersiya banklaridan iborat. Banklar pul oborotiga xizmat qilish, kredit resurslarini kerakli sohalarga yuborish orqali iqtisodiy o‘sishga hissa qo'shadilar. Tayanch tushunchalar Moliya sektori; pul oqimi; daromadlar-xarajatlar; moliya tizimi; moliya funksiyalari; mikromoliya; makromoliya; megamoliya; budjet; moliyalashtirish usullari; moliya bozori; aksiya; obligatsiya; aksiya kursi; dividend; kredit, kredit funksiyalari; kredit mexanizmi; foiz, foiz stavkasi; kredit turlari, kredit institutlari. 341
XX bob. MOLIYAVIY KRIZISLAR 20.1. Krizisning niohiyati va turlari Pul iqtisodiyotning barcha jabhalari uchun ozuqa bo‘lib, iqtisodiy barqarorlik boiishi uchun u bir maromda va to‘xtovsiz borishl talab qilinadi. Pul harakatini tashkil etuvchi moliya institutlari uni muntazam bo‘lishiga xizmat qilishadi. Biroq moliya tizimida ham layoqatsizlii holatlari boiib turadi, chunki u qanchalik mukammallashmasin, baribir vaqt o‘tib sharoit o'zgarishi bilan u bunga moslashib ulgur-maydi. Moliyaviy mexanizmlar yaxshi ish bermay qo‘yadi, natijada pul oqimida uzUislilar boiadi, moliyaviy krizis yuzaga keJadi. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling