Erkin iqtisodiy zonalardagi integratsiya. Bu yerdagi munta-zam aloqalar savdo-sotiq doirasidan chiqib sanoat, bank sug'urta va texnologiyaning ishlariga ham taalluqli bo'ladi. Bunday zonalarda qatnashuvchi mamlakatlar ishlab chiqarishda ham bir-biriga
yaqinlashadi. Bu zonalar ochiq iqtisodiy hududlar deb yuritiladi. Ularning ishtirokchilariga imtiyozlarberiladi, shu sababli ularfaollik qiladilar.
Umumiy bozordagi integratsiya. Bu turli mamlakatlar bozori-ning birlashib, umumiy bozor hosil qilishi, bir mamlakat ichki bozorining boshqasi uchun ochiq bo'lishidir. Umumiy bozor mamlakatlari doirasida tovarlar va resurslar harakati erkin boMadi. Har bir mamlakatdagi ishlab chiqarish faqat o‘z bozori uchun emas, umumiy bozor uchun xizmat qiladi. Umumiy bozor turli mamla-katlarni iqtisodiy birlashuvidagi yuqori shaki hisoblanadi. Umumiy bozor namunasi Yevropa Ittifoqidir. Bu uyushma 1957-yil «Umu miy bozor» nomi bilan tashkil etilgan, dastlab bunga 6 davlat, so‘ng-ra 9 davlat va nihoyat 15 davlat birlashgan. Kelajakda bu ittifoqda 25 mamlakat birlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |