21.7. Integratsiya va globalizatsiya
Xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi turli mamlakatlar iqtisodiyotini bir-biriga bogliq qilib qo‘yadi. Iqtisodiy faoliyat baynalmilal tus oladi, muayyan mahsulotni ishlab chiqarishda bir necha mamlakatlar firmalari ishtirok etadi.
Bir mamlakatda yetishmay qolgan resurslarning o‘rnini boshqa yerdan kelgan resurslar bilan toldiriladi, yirik ilmiy texnikaviy loyi-halar birgalikda amalga oshiriladi.
Turli mamlakatlar milliy iqtisodiyoti bir-birini taqozo etadigan bolib qoladi. Mamlakatlararo muntazam iqtisodiy aloqalar inte-gratsion jarayonlarni yuzaga keltiradi.
Turli mamlakatlar milliy iqtisodiyotining o‘zaro qo‘shilib, yagona mamlakatlararo xo'jalik tizimini hosil qilishi iqtisodiy inte-gratsiya, deb yuritiladi.
Integra tsiya iqtisodiy yaqinlashuvdan boshlanib iqtisodiy birla-shuv biJan yakunlanadi. Buning natijasida turli iqtisodiy ittifoqlar paydo boladi. Integratsiya turli mamlakatlar iqtisodiy chegarala-rining bir-biri uchun ochilib, yagona iqtisodiy makon hosil bolishini bildiradi. Integratsiya bir qator belgilarga ega;
Do'stlaringiz bilan baham: |