Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov
Eksport importdan ko‘p bodganda tashqi savdo balansi aktiv, import eksportdan
Download 1.85 Mb.
|
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchisi
Eksport importdan ko‘p bodganda tashqi savdo balansi aktiv, import eksportdan ko‘p bodganda u passiv bodadi.
Aktiv balans tashqariga tovarlar ko‘p sotilishini, passiv balans esa ular tashqaridan ko‘proq xarid etilishini anglatadi. Eksport va import 0‘rtasidagi farq sof eksport bodadi. E k sp o rt — Import S o f ek sp o rt Savdo balansining holatiga qarab sof eksport musbat (+) yoki manfiy (—) bodadi. Eksport import bilan barobar bodganda sof eks port 0 ga teng bodadi, bunday holda netto-balans hosil bodadi. 3 6 5
Iqtisodiyotning eksport salohiyati 2 narsaga bog‘liq bo'ladi: ishlab chiqarishning rivojlanganlik darajasi; ishlab chiqarishning xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtiroki va ixtisoslashuv darajasi. Agar ishlab chiqarish qanchalik kuchli bo‘lsa va uning afzallik darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, eksport salohiyati, ya’ni eksport-ning ishlab chiqarishdagi salmogri shunchalik yuqori bo‘ladi. Rivojlangan ishlab chiqarishda taqqosiy afzalligi yuqori tovarlar va xizmatlar ko'plab yaratiladi, ular eksport qiiinadi, ular o‘rniga mamlakatda ishlab chiqarilishi afzallik bermaydigan tovarlar import qiiinadi. Ammo ixtisoslashuv beradigan afzallik har xil boladi. llg‘or mamlakatiarning ixtisoslashuvi tayyor sanoat mahsulotlari va bi-rinchi navbatda, texnologiya eksportiga ustunlik bersa, qoloq mamlakatlarda xomashyo va energoresurslarni ishlab chiqarish af zallik berganidan ular ko‘proq eksport qiiinadi. Demak, taqqosiy afzallikning har xil yo‘nalishda bodishi ilg‘or mamlakatlarga xalqaro savdo-sotiqda ustunlik bersa, qoloq mamlakatlarga qaramlik kelti-radi. Qoloq mamlakatlarda ular ekspoitining narxi pasayishiga, importining narxi esa oshishga moyil bo‘ladi. Shu bois, ular rivoj langan mamlakatlardan tovarlarni import qilish uchun eksport to-varlarini tobora ko‘proq sotishga to'g'ri keladi. Bu esa xalqaro savdoda tengsizlik borligini bildiradi. Eksport va import narxining nisbatiga bir qator omillar ta’sir etadi: Muayyan tovarlarga tashqi bozordagi talab va shu tovarlar-ning taklif etilishi. Mamlakat ichkarisidagi va tashqarisidagi narxlarning qan- dayligi.
Tovarlarni tashqi bozorlarga yetkazishdagi yo‘Jkira xarajatlaii. Milliy valuta kursidagi o‘zgarishlar. Davlatning tashqi savdoga oid siyosatining qandayligi. Aytilgan omillar ta’sirida eksport va importning hajmi va shunga binoan tashqaridan keladigan valuta tushumi o‘zgarib turadi, Mamlakat eksporti va importi uning tashqi savdo oborotini bildiradi. Mamlakatlar xalqaro savdo-sotiqda naqadar faol bohishini eksport kvotasi bildiradiki, bu eksportning YalM dagi hissasidan iboratdir. Bu koTsatkichga eksportning moddiy miqdorigina emas, balki uning narxi ham ta’sir etadi. Masalan, tashqariga neft sotuvchi mamla katlar eksport kvotasi neftning sotilishi o'zgarmagan va hatto qisqar-gan taqdirda ham uning narxini ortishi hisobidan koTarilib turadi. 2005-yilning sentabr oyida I barrel (159 litr) neft narxi jahon bozo- 366
rida 60 dollar, 2013-yil iyul oyida esa 108 dollar bo‘ldi, Bu neft sotuvchi mamlakatlar eksporti kvotasini oshirib yubordi, albatta. Ochiq iqtisodiyot rivojianishi bilan xalqaro savdo-sotiqdagi to-varlar tarkibi o‘zgarib turadi. Agar XIX asrning ikkinchi yarmidagi xalqaro savdo-sotiqda xomashyo, oziq-ovqat va yengil sanoat mahsulotlari ayirboshlangan bo‘lsa, XXI asr boshiga kelib bu yerda bulardan tashqari ilmiy-texnikaviy yangiliklar (titsenziya va nou-xaular), texnologik murakkab va serilm mahsulotlar, shuningdek, axborot texnologiyalari va axborotning o‘zi sotila boshladi. Xalqaro savdo-sotiq uning hamma ishtirokchilari uchun nafli bodganda uning ahamiyati oshib boradi. Sohibqiron Amir Temur ham mamla-katlararo savdo-sotiqni rivojlantirishga o‘z vaqtida katta e’tibor ber-ganlar. U kishi: «Jahon tijorat ahli bilan oboddir», deb karvon yodlarini himoya qilishda faollik qUib, savdogarlarga moliyaviy yor-dam ko‘rsatganlar. 21.4. Kapltalning xalqaro harakati Iqtisodiyotning ochiqligi kapitalni mamlakatlararo ko'chib turishini ham bildiradi. Bir yerda kapital ko‘p bo‘lib, u tashqariga chiqarilsa, boshqa yerda u yetishmaganidan tashqaridan kiritiladi. Kapitalning tashqariga chiqarilishi undan mamlakat ichkarisidagiga nisbatan tashqarida ko‘proq foyda olish uchun yuz beradi. Kapitalni kiritishdan maqsad uning ishtirokida milliy iqtisodiyotni o‘stirishdir. Kapitalni chiqarish va kiritish turli yo‘llar va vositalar bilan amalga oshiriladi. Tashqariga davlat kapitali chiqarilganda bir hukumat boshqasiga qarz beradi. Xususiy kapitalni firmalar, turli moliyaviy korp 3ratsiyalar va banklar chiqaradi. Xususiy kapitalni chetga chiqariL uni mamlakatlar bo‘yicha taqsimlashda transmilliy korporatsiyalar yetakchilik qiladi. Ular ishtirokida xususiy kapi-talning 3/4 qismi chiqariladi. Chetga kapital chiqarishning 2 ta asosiy usuli mavjud:
Kapitalni chet etga bevosita, ya’ni to‘g‘ridan to'gTi investit-siyalash. Bu usul xorijda korxonalar qurish, mamlakatdagi firma-larning bo'linmalari va shoxobchalarini ochish, chet eldagi korxona-larni sotib olish, u yerda o‘z banklari bolinmalarini ochish yoki yan-gidan bank tashkil etish orqali amalga oshiriladi. Masaian, Ger-maniyadagi «Wolkswagen» avtomobil koiporatsiyasi Lotin Ameri-kasi mamlakatlarida o‘z zavodlarini ochgan. Yaponiyadagi «Toyota» avtomobil kompaniyasining AQShda, AQShdagi «Ford» kompa-niyasining esa G ‘arbiy Yevropada, «General Motors»ning 0 ‘zbekis-tonda zavodlari mavjud. 367
Kapital chiqarish turli mamlakatlar firmalarining qo‘shilib ke-tishi, milliy va xorij kapitali ishtirokidagi qo‘shma, ya’ni sherikchilik korxonalarini ochish shaklida ham bo‘ladi. 2.Portfel investitsiyalarini joylashtirish. Bu usul chet el kom-paniyalarining aksiya va obligatsiyalarini qisman sotib olish tarzida yuz beradi. Bunda chet el moliya aktivlari bir qo‘ldan boshqa qoMga 0‘tadi. Biilarni olganlar chet eldagi firmalarning sheriklariga aylanadi. Shunday yo‘1 bilan banklar, moliya kompaniyalarining qimmatli qog‘ozlari ham qo‘lga olinadi. Aytilgan 2 usul vositasida tadbirkorlik kapitali chetga chiqadi. Chetga qarz (ssuda) kapitalini chiqarish ham 2 usul bilan amalga oshiriladi. Birinchisi, chet elga to‘g‘ridan to‘g‘ri qarz berish. Bunday qarzni hukumatlar va yirik banklar beradi. Qarz beruvchilarni do-norlar, ya’ni qon beruvchilar, deb yuritishadi. Qarzni qabul qil-ganlarni qarzdorlar deb atashadi. Ikkinchisi, chet eldagi firmalar va hukumatlar chiqargan obligatsiyalarni sotib olish orqali ularga qarz berish. Chet elga tadbirkorlik kapitali chiqarilganda uning ishlatil-ishini egalari nazorat qiladi. Chetga qarz kapitali chiqarilganda uning qanday ishlatilishini qarzdorning o‘zi hal qiladi. Kapitalning chiqarilishi iqtisodiy o‘sishga xizmat qiladi, chunki bu bilan investitsiya uchun pul topish muammosi echiladi, kapital ketidan ilg‘or texnologiya va boshqaniv tajribasi kirib keladi, kapital qabul qilgan mamlakatda ishlab chiqarishning restrukturizatsiyasi (tarkibining yangilanishi) yuz beradi, u jahon bozori bilan bog'la-nadi, bandlik oshadi, mahalliy aholining daromadi ko'payadi. Biroq topilgan foyda repatriatsiya (chet elga olib ketish) qilinadi. Chetdan kirib kelgan kapital uni qabul qiluvchi mamlakatning milliy man-faatlariga zid ish qilmasligi talab qilinadi. Buning uchun xorij kapitalini davlat nazorati ostida va ma’Ium shartlarga rioya etgan holda ishlashiga erishiladi. Vaqt o'tib, sharoit o'zgarishi bilan kapitalning mamlakatlararo harakati o'zgaradi. XX asrning 70-yillariga qadar kapital iqtisodi rivojlangan mamlakatlardan chiqib, qoloq va hatto mustamlaka mamlakatlarga ravona bo'lgan. Keying! paytda kapitalning rivoj langan mamlakatlar o'rtasida taqsimlanishi yuz beradi, chunki kapitalni yuksak texnologiyali, serilm mahsulot va xizmatlarni yara-tishga qo'yish katta foyda bera boshladi. Bunday sharoit rivojlangan mamlakatlarda bo'lganidan ular bir-bixiga kapital chiqara boshladi. Hatto resurslar (masalan, neft) sotishdan boyib ketgan mamlakatlar o‘z pulini (bularni neftedollar, deb atashadi) rivojlangan mam lakatlarga kapital qilib qo'ya boshlaydilar. 368
Kapital oqimidagi 0‘zgarishlar XXI asrda ham davom etadi. Bu iqtisodi zaif mamlakatlardan ichki investitsiya imkoniyatlarini qi-dirib topishni, xorij kapitalini kiritish uchun kuchli raqobat qilish-larini talab qiladi. Mamlakatlararo savdo-sotiq va kapitalning harakati to‘Iov ba-iansida aks etadiki, bu mamlakat tashqaridan oladigan va tashqariga toiaydigau pulning nisbatidir. Tashqaridan pulning kelishi yoki uning chiqib ketishi quyidagilarga bogiiq: Eksport va import miqdoriga. Eksport hajmi ortib, eksport tovarlarining narxi oshsa, mamlakatga chetdan keladigan pul ko‘-payadi. Buning aksi bolsa, ya’ni import ko‘paysa, pulning ketishi ko'payadi. Chet elga qarz berish yoki u yerdan qarz olish. Qarz beril-ganda, pul chiqib ketadi, qarz olinganda esa pul kirib keladi. Chet elga kapital chiqarish yoki u yerdan kapital kiritish. Kapitalning chiqarilishi pulning ketishi boisa, kapitalni kiritish uning kelishi bo‘ladi, Chetdan moliyaviy yordam olinsa, pul kirib keladi, agar chet elga yordam berilsa, pul chiqib ketadi. Mamlakatdan ishchilar chiqib ketsa, ular xorijda topgan pulning bir qismi yurtiga qaytib keladi. Agar mamlakatga ishchilar kirib kelsa, ularga berilgan pul tashqariga chiqib ketadi. Aytilgan omillar ta’sirida to'lov balansi aktiv yoki passiv bo‘ladi. Tashqaridan keladigan pul tashqariga beriladigan puldan ko‘p bo‘Isa to'lov balansi aktiv, bordi-yu tashqariga to'lanadigan pul u yerdan olinadigan puldan ko‘p bo'lsa to'lov balansi passiv hisoblanadi. Aktiv balans musbat bo'lsa, passiv balans manfiy bo'ladi. Aytaylik «А» mamlakatda tashqariga to'langan pul 120 mlrd dollar, tash qaridan olingan pul 115 mJrd dollar. Demak, to'lov balansi aktiv, ya’ni uning natijasi +5 mlrd dollar, ya’ni musbat. «В» mamlakatga kelgan pul 60 mlrd dollar, chiqib ketgan pul esa 65 mlrd dollar. Bunda to'lov balansi passiv, uning natijasi manfiy, ya’ni —5 mlrd dollar. To'lov balansining aktiv bo'lishi milliy ikdisodiyot uchun mu-him, chunki bu chet elga qaramliknl vujudga keltirmaydi. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling