Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov


Download 1.85 Mb.
bet118/326
Sana08.01.2022
Hajmi1.85 Mb.
#245671
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   326
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111

Riskka befarq boiish. Bunda firmalar riskning bor-yo‘q-ligini yoki katta-kichikligini inobatga olmay o‘z ishini davom ettiradilar. Bu yerda firmalar «bo‘lsa bo‘lar, bo‘lmasa undan nari» degandek yo‘l tutadilar, bozor bergan foydani boricha qabul qilib, shu bilan qanoatlanadilar. Masalan, «В» firma riskka borib yangi modeldagi tovarni chiqarsa, bundan 2 min dollar foyda ko‘radi, agar risk bo‘lmasa 1,5 min dollar foyda olishi mumkin. Firma har ikkala ehtimolni nazarda tutmaydi, bozor nima bersa shuni oladi, ya’ni u 1,5 min dollar foydani boriga baraka, deb qabul qiladi. Binobarin firma maijinal foydaga befarq qaraydi.




  1. Riskka borish. Bunda firma riskli ishga qo‘l uradi, riskning borligini bila turib foydani ko‘paytirish maqsadida bunga boradi. Bu yerda risksiz, lekin oz foydaga nisbatan riskli bo‘lsa-da, ko‘p bo‘lishi

151


kutiladigan foyda afzal ko'riladi. Riskka boruvchi firraada o‘z fao-liyatining maijinal nafliJigi, ya’ni qo‘shimcha olinadigan daro-madning nafliligiga katta e’tibor beriladi. Bunda so'nggi daromad oldingisidan ortiq boMadi. So'nggi va oldingi daromad o‘rtasidagi farq qanchalik katta bo‘lsa, shunchalik ko‘p foyda olinadi, biroq bu ishning risk! ham o'ziga yarasha bo‘ladi. Riskka borish ~ bu tavakkalikga yo ostidan, yo ustidan deganlaridek qaltis ishga qo1 urishdir. Ustidan chiqqanda foyda ko‘payadi, ostidan bo'lganda u kamayadi va hatto zarar ham bo‘ladi. Xalqimiz orasidagi «0‘ychi-ning o‘yi bitguncha, tavakka Ichining ishi bitibdi» degan gap ostida chuqur iqtisodiy mazmun bor, albatta. Nima boiganda ham riskka borish foydani maksimumlashtirish shartidir. Buning uchun qo‘rqoq kurashga tushmaydi, degan qoidaga rioya etish tadbirkorlardan talab qilinadi. Birinchi misolga qaytsak «А» firma riskka bormay qo‘shimcha lO ming dollardan voz kechgan edi. Endi «С» firmani olsak, u lO ming dollardan voz kechmay, uni olish uchun jon-jaxdi bilan kurashadi, tavakkalchasiga xatarga boradi, sliii sababli u mukofotga sazovor bo'ladi.
Ю$к mukofoti bu riskka borgan chog'da kutiladigan foyda bilan riskka bormagan paytda olinadigan foyda o‘rtasidagi farqdir. Masalan, firma kiryuvish mashinasini risk bilan chiqai^anda lO min dollar foyda ko‘radi. Agar u riskka bormay konditsioner chiqarishda davom etsa 8 min dollar foyda ko'radi. Bunda risk mukofoti 2 min dollarga teng (10-8=2), ya’ni riskka bormagan holda firma shu 2 min dan voz kechgan, Bu esa shu pulni risk qiluvchi firmaga to‘lash bilan barobar.
Foydani maksimumlashtirish uchun riskka borishga to‘g‘ri ke-ladi, shu sababli tadbirkorlar riskni kamaytirishga intiladilar va bunga asosan to'rt yo‘J bilan erishiladi:


    1. Ishlab chiqarishni iiversifikatsiyalash. Bunda kapital bir-biriga bogfiqboimagan turli sohalarga joylashtiriladi. Bunda bir yerdagi yo'qotish boshqa yerdagi yutuq bilan qoplanib turadi. Masalan, uy elektr jihozlari chiqaruvchi firma pulini dazmol, isit-gich, konditsioner, elektropech, kir yuvish mashinasi va ventilyator ishlab chiqarishga joylashtiradi. Bunda bordi-yu dazmol chiqarish beradigan foyda 0,5 min dollarga kamayib ketsa, ventilyator chi­ qarishda foyda 0,5 min dollarga oshib, yo‘qotishning o‘rnini qop-laydi. Kir yuvish mashinasini chiqarish esa foydani 0,5 min dollarga oshiradi.




  1. Tadbirkorllk faollyatini sug‘urtalash. Bunda firma ehtimoli bor yo‘qotishni sug'urtalab qo'yadi. Masalan, fermer qurg’oqchilik yuz berganda 0,2 min dollar yo‘qotadi. Qurg‘oqchilik borligini

152


inobatga olib, u bo‘lg‘usi hosilni sug'urtalaydi. Agar qurg'oqchilik bo‘lsa sug‘urta kompaniyasi yo'qotilgan hosil qiymatining bir qismini toMaydi. Yo‘qotish qisman qoplanganidan fermer riski kamayadi.



  1. Download 1.85 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   326




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling