Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov
Ingel qominiga koVa iste’mol ortgan sari uning tarkibida oziq-ovqat tovarlari hissasi kamayib, nooziq-ovqat tovarlari hissasi
Download 1.85 Mb.
|
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111
Ingel qominiga koVa iste’mol ortgan sari uning tarkibida oziq-ovqat tovarlari hissasi kamayib, nooziq-ovqat tovarlari hissasi
ortib boradi. Bu qonun anal qilganda oziq-ovqat iste’moliga sarf oshadi, lekin bunga nisbatan nooziq-ovqat tovarlari va xizmatiari sarfi tezroq o^sadi, natijada ularni umumiy iste’mol sarfidagi hissasi o‘zgaradi. Ishlab chiqarish rivojlanib tovarlar diversifikatsiyasi jadal kechkan sharoitda xonadonlar iste’molini modernizatsiyalashuvi yuz beradi va bu iste’molni zamonaviyiashib borishi va uning tarkibini zudlik bilan yangilanib borishini bildiradi. Uy xo‘jatiklari iste’molining ahamiyati ularning o‘zi bilan cheklanmaydi, balki umumiqtisodiy hamdir. Ular iste’moli ichki bozorni shakllantiradi va kengaytiradi. Isle’mol tovar xarakterida bo'lgani uchun u bozor orqali qondiriladi, binobarin uy xo‘jaliklari ichki bozordagi taJabni hosil qiladi. Xo’jaJiklar ko‘p sonli va tarqoq subyekt bo'lganidan ularning bozor talabi individual, lekin ular birgalikda jami talabni bildiradilar. Ularning xaridi ko’paysa bozor kengayadi, tovarlar sotilishi ko‘payib, ishlab chiqarish o'sadi. Aksi yuz bersa, ishlab chiqarish qisqaradi. Ular talabining o’zgarib turishi bozor signali rolini bajaradi. Bozordan kelgan signalni xo‘jalikJaro‘z talabi orqali ishlab chiqarishga yetkazib, uni sharoitga moslasa shu 162
talabga javoban ishlab chiqarish o‘sib, tovarlar taklifi oshadi. Binobarin bozordagi talab va Taklifning uchrashishi xo‘jalikJar xaridi orqali kechadi. Ular resurslar bozoriga esa asosan takJif bilan chiqadi. Tovarlar bozorida ular talabgor vazifasini o‘taydilar. Bu bozor esa ommaviy bozor va saylanma bozordan iborat. Puli oz va o'rtacha xo‘jaliklar ommaviy bozorda talab bildiradilar, chunk! bu yerda hammabop tovarlar soliladi. Puldor xo‘jalikiar xaridi ko‘proq elitar, saylangan tovarlar bozorida yuz beradi. Barcha xo‘jaliklarga har xil tovar va xizmatlar sotib olib, ishlab chiqarish qaytadan yuz berishini ta’minlaydi. Hozirgi dunyo mamlakatlarida xo‘jaliklarning xususiy iste’moli tovarlarning 48-60 %ni sotilishiga tengdir. To-varlarni sotilishida firmalaming resurs iste’moli, davlat tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlari xaridi hamda eksport ishtirok etadi. Biroq bu jarayonda xo‘jaliklar xaridi yetakchidir. Uy xo‘jaliklari iste’moli bozor uchun muhim bo’lganidan bu kuzatilib boriladi. Shu maqsadda iste’molchilar ishonchining indeksi qoilaniladi. Bunda xonadonlar nimani kutayotgani, uning ishonchi qandayligi tahlil etilib, iste’molchilarning Lshonish indeksi ishlab chiqiladi. Bu indeks 0-100 oralighda bo‘ladi. Agar bu qanchalik yuqori bo‘lsa, iste’ molchilar ishonchi baland, ular optimist hisoblanadi. Agar indeks qanchalik past bo‘Isa, ishonch pasayib iste’molchilar shunchalik passiv hisoblanadi. Yil sayin indekslarni o’zgarishiga qarab xona donlar xaridi qanday bo‘lishi aniqlanib, ishlab chiqaruvchilar shuni hisobga oladilar. 10.4. Uy xo‘jaliklarining ishlab chiqarish faoliyati Uy xo‘jaliklari asosiy iste’molchi bo‘lsa-da ishlab chiqarish jarayonida ham ishtirok etadi. Bu bevosita yuz berganda xo'jaliklarni o‘zida tovar va xizmatlar yaratiladi, bilvosita yuz berganda esa mazkur yaratuvchllik jarayoni xo’jalik vakLllarini firmalarda yollanib ishlashi orqali bo'ladi, ammo bu firmalardagi ishlab chiqarish sirasiga kiradi. Xo‘jaliklarning o‘zidagi ishlab chiqarish, u individual mulk bo‘lgan moddiy yoki pul resurslariga tayanadi, bular jumlasiga mashina, qo‘l mehnat qurollari, kichik qurilmalar kabilar kiradi. Bu Lshlab chiqarish xo'jalik ahUning shaxsiy mehnatiga tayanadi, shu sababli yollanma mehnat qo‘llanilmaydi, uning ko‘lami g‘oyat kichik, uni mini ishlab chiqarish, deb atash mumkin. Bu o‘z xarakteriga ko‘ra natural — tovar ishlab chiqarishdir, chunk! yaratilgan mahsulot va xizmatlar birinchidan, xo'jalikning o'zida qolib, shu yerda iste’mol qilinadi, ikkinchidan ular bozorga 163
chiqarilib tovar sifatida sotiladi. Xonadon ishlab chiqarishi uch shaklga ega: Tomorqa-dehqon xo‘jaiigi. Yakka tartibda mehnat qilib tovar va xizmatlar yaratish. Uy-ro‘zg‘ordagi ishlab chiqarish. Tomorqa-dehqon xo‘jaligi tabiatan mayda tovar xo‘jaligi, u bozor iqtisodiyoti keng ko‘lam rivojlanib uigurmagan yerda masalan, MDH mamlakatlarida saqlanib qolgan. Bu yerda oziq-ov-qat mahsulotlari yaratiladi, uning katta qismi dehqon bozorlarida sotiladi, kichik qismi xonadonning o‘zida iste’mol qilinadi (0 ‘z-bekistonda 2012-yil - 14,8 %). Bu xo‘jalik sermehnat, bu yerda uy bekalari, katta yoshli bolalar va ishsiz kattalar mehnat qiladi, uning maqsadi tirikchilik o‘tkazishdir. Mazkur xo‘jaliklar erkin, katta mustaqillikka ega, ularning liberallik darajasi g‘oyat yuqori, ular erkin bozor uchun ishlaydi. Biroq ular ko'pchilik, tarqoq va alohidalashgan, ular stixiyali, ya’ni tartibsiz rivojianadi va tez-tez bozor riskiga yo‘liqib turadi. Uy xo'jaliklari doirasidagi yakka mehnat faoliyati ham mayda tovar ishlab chiqarish bo'lib, bozor uchun mahsulot va xizmatlarni yaratadi. Uning iqtisodiyotdagi o‘rni va mavqeyini bozor muno-sabatlarining darajasi belgilaydi. Bu da raj a past yerda yakka mehnat shaklidagi ishlab chiqarish ko‘p bolsa, bu yuqori yerda, aksincha yakJka mehnat kam bo‘ladi. YakJka ishlash xizmat (servis) sohasida keng tarqalgan, chunki bu yerda qo‘l mehnati talab qilinadi. Bu faoliyati ham yakka, ham oilaviy mulkka tayanadi, bu yerda kapital sohibi va ishlab chiqaruvchi aynan bir kishi hisoblanadi, ishlab chiqarish va boshqarish faoliyati bir-biridan alohidalashmay, yakka mehnat jarayonida kechadi. Mazkur faoliyatning maqsadi ham tirikchilik ohkazish va kezi kelganda kichik foydaga ega bo‘lishdir. Uy xo‘jalLklarining mutlaq ko‘pchiligi uy-ro‘zg‘or yumushlarini o‘zi bajaradi, bundan boy xonadonlar mustasno, chunki bu yerda uy ishlarini yollanib ishlovchi xizmatkorlar bajaradi. Uy-ro‘zg‘or ishlari tabiatan natural ishlab chiqarish, ya’ni faqat o‘zi uchun mahsulot va xizmatlar yaratishdir. Uning naqadar keng tarqalishi har bir uy xo‘jaligi uchun vaqt birligining (masalan, bir soat vaqtning) qadr-qiymatiga bog'liq bo'ladi. Buni esa vaqt birligida ishlab to-piladigan pul miqdori belgilaydi. Uy yumushlari bilan band boMish shu pul miqdoriga teskari mutanosiblikda bo‘ladi. Bu pul ko‘p boMsa, birinchidan yumushlarni uy-ro‘zg‘or texnikasini qo'llab ularni qisqa vaqtda bajarish imkoni bo‘ladi, ikkinchidan, bu yumushlarni tashqaridan chaqirilgan xizmatchilar yordamida baja rish mumkin. Iqtisodi yuksak mamlakatlarda ro‘zg‘or ishlari bilan 164
bandlik g‘oyat kichik bo‘lsa, u past yerda bu bandlik kattadir. Ro‘zg‘or ishlaridagi bandlik daromad miqdoriga teskari mutano-siblikda bo‘ladi. Uy-ro‘zg‘ordagi ishlab chiqarishning iqtisodiyotda tutgan o‘rni bir xil emas. Iqtisodi yuksak mamlakatlarda uning salmogi sezilarli emas, ammo iqtisodi hali zaif mamlakatlarda uning hissasi ancha kattadir. 10.5. Uy xo‘jaliklarida jamg‘ari.sh jarayoni Uy xo'jaliklari jamg'arishga ham moyil boMadilar, ammo buning uchun iilarning pul daromadlari joriy iste’mol sarflaridan oitib qolishi zariir. Shu sababli bu moyillik serdaromad xona-donlarga xos bo'ladi. Uy xo‘jaliklarining jamg‘arishi ular daromadining bir qismini kelajakni ta’minlash uchun yig‘ilib borisbidir. Jamg'arish (Y) daromadning (D) iste’mol xarajatlaridan (i) ortib qolgan qismiga teng bo’ladi. Bunda, Y = D - i kelib chiqadi. Xo’jaliklarning jamg’arishiga moyilligini uning mativlari, ya’ni o‘z manfaati yoMida bunga intilishlari yuzaga keltiradi. Bu mativlar jumlasiga qimmatbaho tovarlar xarid etish, pulni biznesga tikib uni ko'paytirish, qarilikni ta’minlab, uni betashvish qilish, kelajak av-lodga meros qoldirish, ko‘p pul talab qiladigan marosimlarni 0‘tkazish, inson kapitaliga pul yuborish kabilar kiradi. Jamg’arish yuz berishi uchun bu mativlardan tashqari jamg’arish uchun ishonchli manbasi, Jamg’armani kelajakda samarali ishlatish imkoni bo’lishi talab qilinadi. Chunki, bu bo’lmasa ortiqcha pul o’rinsiz va ortiqcha iste’molga, masalan, zebu-ziynat va maishatga yuborilishi mumkin. Jamg’ariladigan pulni bankka Joylashtirib yoki o’z biz-nesiga qo’yib puldan pul chiqarib olish imkoniyati katta bo’lsa jamg’arishga intilish kuchayadi. Jamg’arish imkoniyatlari va unga moyillik naqadar kuchli bo‘-lishini jamg’arish me’yori (buni kvota, deb ham yuritishadi) ifo-dalaydi. Jamg’arish me’yori (Yn) bu uy xo’jaliklari jamg’armasini (Y) ularni qo’lidagi daromadiga (D) nisbati bo’lib, shu daromadning Y qanday qismi jamg’arilib borishini bildiradi, Bunda, )j, = ~ hosil bo’ladi. Jamg’arish qancha kuchli borsa shunchalik uning me’yori yuqori bo’ladi. Uy xo’jaliklari jamg’arishda turlicha ishtirok etishadi. Puldorlar jamg’arishni ko’p qilsa, puli ozlar buni kam qiladi yoki umuman qilmaydi. Qanday me’yorda bo’lishidan qat’iy nazar jamg’arish jarayoni ikki xil kechadi: 165
Tartibli. Bunda jamg‘arish turli moliya tashkilotlari (banklar, kredit uyushmalari, sug'urta va trast (ishonch) kompaniyalari va pensiya fondlariga yetkaziladi, bundan daromad topiladi; Tartibsiz jamg'arish. Bu xonadonlarning o‘zida pul qoldig‘1 shaklini olgan jamg‘arish, bu o‘zaro qarz berish, yashirin, ya’ni ruxsat etilmagan biznesga pul tashlash, bar ehtimolga qarshi pul zaxirasini to‘plash uchun ishlatiladi. Birinchi turdagi jamg'arish ustuvorlikka ega, u kengayishi uchun Jamg'arishni rasmiy, ya’ni ochiqchasiga ishlatib qo'shimcha daromad topish imkoni bo'lishi kerak. Xo'jalikJar Jamg'armasi 2 xil funksiyani bajaradi. Birinchi funksiya investitsiya uchun resurs hosil qilish, ya’ni biron-bir ishga qo'yilib foyda keltirish. Ikkinchi funksiya — iste’molchilik salo-hiyatini oshirish, ya’ni xarid qurbini kuchaytirish. Daromad o'sib jamg'arish me’yori oshgan sharoitda xonadon jamg'armasining mamlakat yalpi jamg'arishidagi hissasi ko'payadi. Jamg'arish ikki yo'l bilan investitsiyaga aylanadi. Birinchisi — bevosita investitsiyalanish. Bunda jamg'arish xonadonlarning o'z ishlab chiqarishga to'g'ridan to'g'ri qo'yiladi. Ikkinchisi — jam-g'armalarni, moliya tashkilotlari va eng avval banklar orqali awal kredit resurslarga so'ngra investitsiyaga aylanishi. Jamg'armalar zarur bo'lganda xonadonlarning xarid fondiga kelib qo'shiladi va iste’mol salohiyatini oshiradi. Iste’mol salohiyati (is) jamg'arish naqadar iste’mol xarajatlarini qoplay olishi bilan aniqlanadi. Bunda jamg'arish summasi (Yg) bir oylik yoki bir kunlik iste’mol xarajatlari (ix) bilan taqqoslanadi. Natijada, Yj = ix hosil bo'ladi. Masalan, uy xo'jaliklarining bir oylik iste’mol sarfi 2,4 mlrd dollar bo'lgani holda ularning jamg'armasi 9 mlrd bo'ldi. Bunda, Ys=9,0/2,4=3,75. Demak, jamg'arishning iste’mol salohiyati 3,75 ga teng, ya’ni jamg'arish ishlamay yeb yotganida ham 3,75 oy tirikchilik uchun yetar ekan. Xo'jaliklar o'z jamg'armasini qanday ishlatishlarini bozordagi muqobil tanlovi belgilab beradi. Tanlovda jamg'arishning 3 tomoni nazarda tutiladi: Daromadliligi. Riskliligi. Likvidliligi. Daromadlilik jamg'arma o'zining miqdoriga nisbatan necha foiz daromad berishini anglatadi. Uni baholashda banklar foizi darajasi asos bo'ladi, unga boshqa sohalar beradigan daromad taq qoslanadi. Risklilik aniqlanganda jamg'armani saqlanib qolishi nechog'lik xavf-xatardan xoli bo'lishi nazarda tutiladi. Likvidlilik ! 6 6
jamg‘arisJmi hammabop toiov vositasi bo'lgan naqd pulga aylan-tirish imkoniyatini bildiradi. Shu uch xil taqqoslash orqali jamg‘a-rishni qayerga yotqizish raa’qulligi taniab olinadi. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling