Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov


Uy xo‘jaliklarini inson kapitalini


Download 1.85 Mb.
bet127/326
Sana08.01.2022
Hajmi1.85 Mb.
#245671
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   326
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111

10.6. Uy xo‘jaliklarini inson kapitalini
yaratishdagi ishtiroki
Uy xo'jaliWari iqtisodiyotni ish kuchi bilan ta’minlaydi, bu bozor sharoitida inson kapitali, deb yuritiladi. Uni yaratish xarajat talab qilgani uchun u kapitalga tenglashtiriladi.
Inson kapitali, bu kishilarning hayotiy ne’matlar hisoblangan tovar va xizmatlarni yaratisbga qodir bo'lgan aql-idroki va kuch quwatidir.

Bu inson jismida joylashgan, undan ajralmagan holda amal qiluvchi jismoniy va intellektual (aqliy) qobiliyatning yaxlitligidir. Inson kapitali ishlab chiqarishga kirib boradi va uning inson omiliga aylanadi. U dastlab individual, ya’ni ayrim kishilarning qobiliyati sifatida maydonga chiqadi, ishlab chiqarishda jamoa hosil qilganda, korporativ kapitalga, butun mamlakat doirasida milliy kapitalni hosil qiladi. Ish bilan band bodganlar qobiliyati amaldagi kapital bo‘lsa, band bo'lmaganlarniki zaxira kapitali hisoblanadi. Bu kapitalni yaratishda uy xo‘jaliklaridan tashqari davlat, korxona va tashkilotlar ham ishtirok etadi, ammo xo‘jaliklar uni yaratuvchi birlamchi va asosiy bo‘g‘indir. Ular individual kapitalni yaratadilar. Bu ishda ularning iste’mol xarajatlari vajamg'armalari ishtirok etadi.


Inson kapitali avval yaratiladi, so‘ngra takror va takror yaratilib turadi. Uni yaratishni dastlabki jamg‘arilishi, deb yuritiladi, bu asosan xonadonlarda kechadi. Dastlabki jamg'arish bu bolalami tughlib voyaga yetishi, tarbiyalanishi, bilim olishi, kasbga ega bo‘-lishi va ishga joylashuvidir. Buning xarajatlarini xonadonlar da-romad topuvchilari hisobidan ko'taradi. Iqtisodiyot rivojlangan sari inson kapitalining sifatiga talab oshadi, chunk! malakasi va bilim saviyasi tobora yuqori ishlovchilar talab qilinadi. Shu bois, uni tayyorlash muhlati va xarajatlari ortishiga moyil boladi. Agar, XX asr boshida ishlovchilarning 8 yil ta’lim olishi kifoya qilsa, uning oxiriga kelib 12 yillik ta’lim talab qilindi. XXI asrda 15-18 yillik ta’lim zarur bo‘lib qoladi.
Inson kapitaliga talabni uzluksiz ortib borishi, uning uchun xonadonlar sarfmi oshiradi. Bolalami voyaga yetkazish xarajatlarini o'sishi xonadonlar daromadi cheklangan sharoitda oilada bolalami ko‘paytirmasdan, ular sonini optimallashtirish, ya’ni daromadiga moslashtirishga undaydi. Xo'jaliklar inson kapitalini shakllantirish

167


bilan cheklanmay uni takror va takror hosil qilishda ham ishtirok etadi. Bunda ularning iste’mol sarflaridan tashqari jamg^armasi ham ishtirok etadi. Bular yetishmaganda kredit olinadi. Inson kapitali-ning takroran yaratilishida uy xo‘jaliklari davlat va firmalar bilan hamkorlik qilishadi. Bolalarni voyaga yetkazishdagi ta’iim-tarbiya, sog'lomlashtirish xarajatlarini davlat o‘z zimmasiga oladi. Ishlov-chilar bilim saviyasi, malakasi va ish tajribasini oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni firmalar ko‘taradi.
Xo‘jaliklarni inson kapitaliga qilgan xarajatlari uning inves-titsiyalari hisoblanadi. Bu investitsiyalar eng samarali hisoblanadi.
Masalan, ta’Iimga yuborilgan jami investitsiyalar moddiy kapitalga yetkazilgan investitsiyalardan 4-5 marta ko‘p foyda kel-tiradi.
Xo‘jaliklar investitsiyasi yakka tartibdagi investitsiya bo‘lib, bundan ularning o‘zi manfaatdor bo‘ladi. Bu investitsiyalar ishlab pul topish qobiliyatini oshiradi. Ular samaradorligini olingan daromadni o‘sishiga qarab baholash mumkin.
Insonda mavjud yaratuvchilik qobiliyati saqlanar ekan, u doimo daromad keltira oladi. Kelajak avlodda bu qobiliyatni o‘ylab shakllantirish va so‘ngra rivojlantirish, unga meros qoldirgandan ko'ra afzalroq hisoblanadi. Chunki, bu merosdan ko‘ra ko‘proq boylik yaratadi.
kuiosalar


    1. Uy xo‘jaliklari mini guruh, iste’molchilarni birlashtiruvchi iqtisodiy birlik bo1ib, iqtisodiy munosabatlarning asosiy va eng ko'pchilikdan iborat subyektlari hisoblanadi. Ular etnodemografik, iqtisodiy, ijtimoiy va hududiy jihatdan turli toifalarga ajratiladi.

Uy xo‘jaliklarining o‘z manfaatlari borki, bu ularning mulk sohibi, daromad topuvchi, iste’molchi, inson kapitalini yaratuvchi va jamg‘arma hosil qiluvchi sifatidagi manfaatidir.




  1. Uy xo‘jaliklari o‘z manfaati yo‘lida firmalar, davlat, nodavlat va notijorat tashkilotlari bilan tashqi munosabatga kirishadilar. Xonadonlar ichki munosabati uni tashkil etuvchi kishilar o‘rtasida bo'ladi.




  1. Uy xo‘jaliklarining asosiy funksiyasi iste’molchilik bo‘lib, bu bilan ularning hayotiy ehtiyojiari qondiriladi. Ular iste’moli tovar iste’moli xarakteriga ega. U ratsional va irratsional bo‘ladi, unga Engel qonuni xos bo'ladi. Uy xo‘jaliklari iste’moli ularning o‘z ehtiyojini qondirishidan tashqari ichki bozorni shakllantiruvchi va

168


kengaytiriivchi, binobarin ishlab chiqarishni o‘sishiga sharoit yara-tuvchi omil hisoblanadi.


  1. Uy xo'jaliklarining ishlab chiqarish fiinksiyasi cheklangan bo'lib, bu yerda yaratilgan tovar va xizmatlar birinchidan bozorga taklif etilsa, ikkinchidan xonadonlarni o‘zida iste’mol qilinadi. Uy-ro‘zg‘or yiimushlari faqat o‘z iste’moliga xizmat qiladi. Bii yerdagi bandlik ishlab daromad topishga bogliq, u ko'p bo‘lsa uy yumiishlarifii xizmatchilarni pulga yoUab bajariladi, agar u kam bo‘lsa xonadon ahli ularni o‘zi bajaradi.




  1. Uy xo'jaliklarini jamg‘arish funksiyasi bu ular daromadining bir qismini yigib borilishi bo‘lib, bu birinchidan kelajakdagi xaridni, ikkinchidan pulni ishga solib daromad olishni moljallaydi. Jam-g‘arish me’yori uning daromaddagi hissasidir, jamg‘arishning iste’­ mol salohiyati bu yig'ilgan pul qancha vaqtdagi iste’mol sarfi uchun yetarli bolishini bildiradi.

  2. Uy xo’jaligi iste’rnoli va jamg‘arishi inson kapitalini yaratish va uni rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu kapital insoiining yaratuv-chanlikka qaratilgan aql-zakovati va kiich-qudrati bo‘!ib. ishlab chiqarishga xizmat qiladi.

r.ivaiseh riisluindrAlar


Uy xo'jaligi, uy xojaligi tuHari, tashqi va ichki nmnosaballar, bozor va nobozor munosabatlari, budjet, iste ’moichilik funksiyasi, bazaviy, mtsional va irratsionai isle ’mol, Engel qonuni, tomorqa xo'ja­ ligi, yakka mehnat faoliyati, uy-ro‘zg‘or yumushlari, vaqr qadri-qiymati, Jamg‘ansh, Jamgbrisk m e’yori, Jamg'arish f u n k s i y a l a r i , Jamg'arishning iste'mol salohiyafi, mvestilsiya, inson kapitali, inson kapitaiiga investitsiyalar.

169


XI bob. BOZOR NARXLARINING SHAKLLANISHl

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   326




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling