Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov


Download 1.85 Mb.
bet211/326
Sana08.01.2022
Hajmi1.85 Mb.
#245671
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   326
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111

Tashqi iqtisodiy aloqalar xavfsizligi

Xavfsizlikni tashqi jihati ham bor, chunk! milliy iqtisodiyotlar bir-biriga bogdiq bodib qoladi. Ulardan har birining xavfsizligi boshqasining xavfsizligiga borib taqaladi. Bu ayniqsa, eksporti katta mamlakatlarda yaqqol kuzatiladi.


Tashqi iqtisodiy aloqalar xavfsizligi — bu mazkur aloqalami muntazamligi va milliy manfaatiarga mos bodishini bildiradi.

2 9 0


Tashqi iqtisodiy aloqalar xavfsizligi eksport va import uzluksiz ravishda hamda manfaatli bo'lishini, chetdan kapitalni kirib kelishi iqtisodiy o'sishni ta’minlashi, kapitalni chiqib ketishi zararli bo‘l-masligi, tashqi savdoda eksportning katta bo'iishi mamlakat valuta zaxiralarining saqlanishi yoki o‘sib borishini ta’minlaydi.
Ijtimoiy xavfsizlik. Bu milliy xavfsizlikni muhim jihati hisob-lanadi, chunki bunga iqtisodiy barqarorlik bogliq bo'ladi. Ijtimoiy muvozanat buzilib, aholining turli qatlamlari o'rtasida to‘qnashuvlar boiib, to‘s-to‘polon yuz berganda iqtisodiyot katta zarar ko‘radi. Shu bois, ijtimoiy barqarorlik katta ahamiyatga ega.
ytimoiy xavfsizlik aholining turli qtimoiy guruhlari o'rtasida o‘zaro murosa va tinch-totuvlik munosabatining qaror topishi va ijtimoiy muvozanatning mayjudligini bildiradi.
Xavfsizlik aholi turli toifalari o‘rtasidagi partnyorlik (sherik-chilik) munosabatlari qonun yo‘li bilan o‘matilganda qaror topadi. Ijtimoiy barqarorlik 30izaga kelishi uchun barcha toifadagi aholi manfaatlari uyg‘unlashuvi, ular zidlik holatiga kelganda o‘z vaqtida bartaraf etilishi kerak bo'ladi. Buning uchun kambag‘al aholining ko'payib ketib me’yoridan ortishiga yo‘l bermaslik talab qilinadi. Bozor kuchlari aholining tabaqalashuviga olib keladi, shu sababli davlat buni oldini oladi.
Kambag‘allarni yanada kambag‘allashuvi sharoitida boylarni yanada boyib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini davlat qo‘Uashi kerak bodadi. Davlat boylarga katta soliq solib, bundan tushgan pulni kambag'allarga yordam sifatida tarqatadi, nochorlarni bepul ovqatlantirish, kiyintirish, bepul davolash va turaijoy bilan ta’min-lashga sarflaydi. Kambag‘allarga turli xayr-ehson fondlari ham yordam qo‘lini cho‘zadi. Xullas, ijtimoiy xavf-xatarni oldini olish va bartaraf etish uchun davlatdan faol ijtimoiy siyosat yurgizish talab qilinadi.

17.3. Xavfsizlikning me’yoriy chegaralari


Iqtisodiy xavfsizlik hamma yerda bir qolipga tushadigan hodisa emas. Turli mamlakatlarda iqtisodiy xavf-xataming manbaalari, namoyon bo‘lish shakli, ayrim xavf-xataming ustuvorligi, ularai kamaytirish imkoniyatlari farqlanadi. Shu sababli xavfsizlikni miq-doriy me’yorlari hamma uchun bir xil bodolmaydi. Ammo ko‘p-chilik mamlakatlar uchun umumiy bo‘lgan me’yorlar ham borki, ular ayrim mamlakatlar uchun mo‘ljal vazifasini bajaradi.


  1. Yalpi ichki mahsulotning o'sishi aholi o‘sishidan tezroq borishi kerak, chunki bu jon boshiga yaratilgan mahsulot va xiz-

291


matlarni ortib borishini ta’minlab xalq farovonligini va kelajakdagi jqtisodiy o‘sishni kafolatlaydi.

    1. Davlat budjetining defitsiti YalM qiymatining 3 — 4 % dan oshmasligi lozim, chunki shunday bo'lganda xarajatlarni tejash hisobidan kelajakdagi defitsitni kamaytirish va davlat qarzini oshib borishiga yo‘l berilmaydi.




    1. YalM yaratishga ketgan energiya sarfi uning qiymatining 5 - 6 %dan oshmasligi kerak, aks holda energiya qaramligi kelib chi-qadi. Energoresurslar yetishmagan holda ular importi uchun yetarli pul zaxiralari hosil qiJinishi zarur.




    1. Davlatning tashqi qarzi YalM qiymatining 60 %dan ort-masligi talab qilinadi, chunki qarz bundan ortib ketsa, mamlakat ban к rot holiga tushadi, uni kredit reytingi (qarzni to‘lay olish qo-biliyati) pasayib, unga ishonch yo‘qoladi.




    1. Oziq-ovqat mahsulotlari importi ularni mamlakatdagi iste’-moliga nisbatan 30--50 %dan oshmasligi zarur, aks holda chetga qa-ramlik paydo bo‘ladi. В unga yoi bermaslik maqsadida oziq-ovqat mahsulotlari importini moliyalashtirish uchun valuta rezervlari bo‘lishi lozim,




  1. Mamlakatning oltin-valuta rezervlari, ya’ni xalqaro rezervlar eng kam, deganda YalM qiymatining 10 %ga teng bo‘lishi talab qilinadi. Shunday bo‘lganda chetdan olingan qarzni toiash va minimal darajada eng zarur tovar va xizmatlar importi haqini to‘lash mumkin bo‘ladi.

  2. Mamlakatdagi ishsizlik darajasi, ya’ni ishsizlarni mehnatga layoqatli aholi tarkibidagi hissasi 6 —8 % oshmasligi kerak. Shunday bo‘lganda ishsizlarni nafaqa bilan ta’minlash og‘irlik qilmaydi, ishsizlar uchun yangi ish o‘rinlarini yaratish uchun g‘oyat katta xarajat talab etilmaydi. Eng muhimi ishsizlar soni me’yoridan ortib ketsa ijtimoiy ziddiyat kuchayib jamiyatdagi ijtimoiy muvozanat buziladi.




  1. Aholi tabaqalari o‘rtasidagi tengsizlik kuchaymasligi uchun kambag‘allar aholining 10—12 %dan oshmasligi, jamiyat daroma-dining boylar qo‘lida to'planishi uning 36—40 %dan oshmasligi zarur bo‘ladi. Bunday me’yor ijtimoiy xavfsizlik uchun ham talab qilinadi.

Keltirilgan me’yorlar ularga hamma yerda to‘la-to‘kis amal qili­ nadi degan gap emas. Ularga bir yerda erishilsa, boshqa yerda eri-shilmaydi. Ammo, ular xavfsizlik mezoni sifatida qaraladi hamma uni ta’minlashga intilishi zarur.


Xavfsizlik muammosini yuzaga keltiruvchi xatarlarning man-bayi va ta’sir kuchi turlichadir. Ular xavfsizlLkning ayrim turlariga

2 9 2


har xil darajada ta’sir etadi. Masalan, oziq-ovqat xavfsizligiga tabiiy sharoit ta’sir etsa moliyaviy yoki ijtimoiy xavfsizlik bunga aloqador bolmaydi.
Turli xavfsizIikJarning yakuniy natijasi umumiy xavfsizlik bo‘l-ganidan buni aniqiashdan oldin har bir turdagi xavfsizlikning miq-doriy o'lchami aniqlanadi.
Tiirli xavfsizliklarning ko'rsatkichlariga tayanib, umumiy xavf­ sizlik indeksi aniqlanadi va bu xavfsizlik darajasi monitoringini 0‘tkazish va uni kamaytirish yoki bartaraf etish choralarini amalga oshirishga xizmat qiladi.

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   326




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling