Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov
Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi bu eksportga chiqqan
Download 1.85 Mb.
|
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111
Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi bu eksportga chiqqan
tovarlar va xizmatlarning tashqi bozor talabiga sifati va narxi ji-hatidan javob bera olishi, u yerdagi o‘z segment! o'rnini saqlab qola olishidir. Raqobatbardoshlik bu tovar bozoridagi raqobatga chiday olishni o‘zi emas, balki bellashuvda ustunlikka ega bolishidir. Buning uchun mamlakat ichidagi tovar eksportiga qodir firmalar innova-tsion ishlab chiqarish bazasida tovarlar diversifikatsiyasi uzluk-sizligini ta’minlagan holda mehnat unumdorligini to‘xtovsiz oshirib borishlari, tovarlarga ketgan xarajatlarai pasaytirishlari va eng mu-himi tashqi bozorga sifatli va narxi jihatidan ma’qul bo‘Igan to-varlarni taklif qilishlari lozim. Chet eldagi raqobatbardoshlik ichki bozordagi raqobat kolami va shiddatiga bog‘liqdir. Mamlakat ichida nechogliq erkin va soglom raqobat kuchli boisa, shunchalik eks-port qiluvchi firmalar xorij raqobatiga chidamli bo'ladUar. Ammo, tashqi bozordagi raqobatda ishtirok etish hamraaga emas, balki g'oliblarni g‘olibi bo‘lgan elitar firmalarga nasib etadi. Raqobat- 2 9 3
bardoshlLk qobiliyati eng awal ichki bozorda shakllanganidan, shu yeming o‘zida iqtisodiy erkinlik koiami katta bolishi talab qilinadi, ya’ni mamlakat ichida liberalizm tamoyillari qanchalik kuchli bo'lsa, shunchalik chet eldagi raqobatga tayyorgarlik ham kuchli bo‘ladi. Ammo, tashqi munosabatlarda ham liberalizmga yo‘l be-rilishi lozim. Milliy bozordagi raqobat kurashida davlat ishtirok etmaydi, biroq milliy firmalarning xalqaro raqobatdagi ishtirokiga qulay sharoit yaratib, milliy manfaatlarni himoya qiladi. Davlat eksportchilarga litsenziyalar beradi, ulami soliq yengilliklari bilan siylaydi, eksportning bojxona toiovlarini qisqartiradi, eksportni rasmiylashtirishni oson qiladi, eksportchilarga dotatsiya va subsi-diyalar ajratadi. Davlat raqobatbardoshlikni oshirishga qaratilgan strategik dasturlarni ishlab chiqadi, ularni amalga oshirishni ta’min-laydi. Buning uchun raqobatbardoshlik monitoringi 0‘tkaziladi. Bunda raqobatbardoshlik darajasi aniqlanadi. Agar u yuqori boisa, uni saqlab qolish, agar u past bo‘lsa oshirib borish chora —tadbirlari belgilanadi. Xullas, raqobatbardoshlikni faqat bozorning o‘zi emas, balki davlat siyosati ham shakllantiradi. Xavfsizlikni ta’minlash ishlab chiqarishni texnologik darajasini innovatsiya asosida oshirib borish, mehnat unumdorligini iqtisodiy o‘sishning asosiy omiliga aylantirishni talab qiladi. Zamonaviy ishlab chiqarish serkapital ekan, xavfsizlikni ta’minlash uchun katta investitsiyalar jalb etilishi kerak bohadi, bunga birinchidan milliy investitsiyalarni ko‘paytirish, ikkinchidan xorijiy investitsiyalarni jalb etish orqali erishiladi, bu ayniqsa iqtisodi zaif raamlakatlarning xavfsizligi uchun muhimdir. Investitsiyalar hisobidan moderni-zatsiya yuz beradi, eng yangi texnologiyalar ishlab chiqarishga kiritilib, bu resurslarni tejovchi iqtisodiy o‘sishga qaratiladi. Ammo modernizatsiya ishlab chiqarishning diversifikatsiyasini ham ta’-minlaydi, bunda eski ishlab chiqarish o‘rniga yangisi keladi, tovarlar tarkibi ham Jiddiy yangilanadi, g‘oyat xilma-xil, nafliligi baland, 0 ‘rinbosarJik xususiyati kuchli, ekologik toza tovarlar yaratiladi. Diversifikatsiya milliy iqtisodiyotni jadai o'zgaruvchi bozor talabiga moslashtirib uning barqaror 0‘sishini ta’minlaydi. Moliya sektorining real sektorga mos ravishda rivojlanishi, moliyaviy aktivlarni (aksiya, obligatsiya, sertifikat va h.k.) muo-malaga me’yorida chiqarilishi, ular oborotini nazoratga oJinishi moliya bozoridagi chayqovchilikni cheklash, kreditni me’yorida berilishi moliyaviy tahdidlami cheklab, ulardan moliya sektorini himoya qiladi. Yoqilgh-energetika xavfsizligini ta’minlash uchun mamlakat-dagi ichki energiya resurslarining barcha manbalari ishga solinadi, 294
yetishmagan bir energiya turi boshqasi bilan qoplanadi. Energo-resurslarni uzatishdagi tabiiy-texnikaviy yo‘qotishlar qisqartiriladi, ishlab chiqarishning energiya sig'imi qisqartiriladi, ya’ni YalM birligini yaratish uchun ketadigan energiya sarfi kamaytiriladi. Bu lling uchun energiya tejovchi texnologiyalar joriy etiladi. Uy tur-mushida energiyani tejovchi asboblar qoHaniladi. IchJd energo-resurslar (gaz, neft, ko'mir, elektroenergiya) yetishmaganda, ulami import qilinishi kafolatlanadi. Masalan, shimoliy va janubiy gaz oqimlari, deb atalgan gaz quvurlari orqali gazni Rossiyadan Yev-ropaga yetkazib berilishi u yerdagi energetika xavfsizligini ta’min-laydi. Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash uchun eng awal ichki ishlab chiqarish imkoniyatlaridan foydalaniladi. Bunga ekin maydonlarini kengaytirish, ekinlar hosildorligi va uy hayvonlari mahsuldorligini oshirish bilan erishiladi. Shu o'rinda genetik modifikatsiyalashgan (genlarni chatishtirish orqali olingan) mahsulotlarni ko'paytirish oziq-ovqat tanqis mamlakatlar uchun katta ahamiyatga ega, chunki bu usul hosildorlik va mahsuldorlikni oshiradi. Oziq-ovqat ishlab chiqarish salohiyati har xil davalatlar, masalan, Braziliya, Argentina, Gollandiya oziq-ovqatni eksport qila oladi. Ayni vaqtda Italiya, Yaponiya va Janubiy Koreya, uni katta miqdorda import qilib, ehti-yojini 60-70 % qondiradi, qolgani esa o‘zi ishlab chiqarishiga to‘g‘ri keladi. 0 ‘zini-o‘zi boqa olmaydigan mamlakatlar ham borki (Osiyo va Afrika) ular chet elning oziq-ovqat yordami bilan kun ko‘radi, chunki oziq-ovqat ishlab chiqarish aholining o'sishiga nisbatan sust bo rad i. Dunyoda Jon boshiga hisoblangan ekin maydoni qisqarishga moyil bo‘ladi. Bu kelajakda oziq-ovqat ta’minotini mushkullash-tiradi va bu dunyo hamjamiyatini tashvishlantiradi. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling