Pul — bozor aloqalarining hammabop va universal iqtisodiy vositasidir.
Biz bilamizki, bozor ishtirokchilarining hammasi puldan foyda-lanadilar. Xonadonlar resurslarni sotganda, firmalar tovar sotganda, davlat soliq undirganda pul oladi. Shu pulga xonadonlar bozordan iste’mol tovarlari sotib oladi, firmalar resurslar oladi, davlat esa ham resLirslar, ham iste’mol tovarlarini xarid qiladi. Pul soliqlar, badal va qarz kabi majburiyatlarni toiash uchun ham kerak. Xullas, pulsiz hech bir ish bitmaydi, hech kimning hojati chiqmaydi. Pul mo-liyaviy aktivlardan biri, boshqasi esa aksiya, obligatsiya va ser-tifikatlardir. Biroq pul shunday aktivki, unga to‘lov vositasi sifatida hamma vaqt xohlagan tovar va xizmatlarni sotib olish mumkin, boshqa aktivlar vositasida esa bu ishni bajarib bo‘lmaydi. Buning uchun aktivlarni oldin pulga sotish kerak. Masalan, «0‘zneftgaz» kompaniyasining aksiyasiga, u qanchalik qadrli boMmasin, bozorda hech kim tovar sotmaydi, pulga esa albatta sotadi. Hozirchalik hech kim pulga o‘xshatib ishlangan obligatsiyalarga ham tovar sotganicha yo‘q.
Pulning bozor iqtisodiyoti uchun beqiyos ahamiyati uning funksiyalarida namoyon boMadi, Pul 3 ta asosiy funksiyani bajaradi:
Hisob-kitob va iqtisodiy o‘lchov funksiyasi. Iqtisodiy faoli-yatning 2 xil o'lchami boMadi. Biri moddiy oMcham bo'lsa, ikkin-chisi pul-qiymat oMchami. Mahsulot va xizmatlar turi millionlab boMganidan ularni moddiy jihatdan bir oMchamga keltirib, ularni taqqoslab bo‘lmaydi. Bu vazifani faqat pul bajarishi mumkin. Pul ning hammabopligi shundaki, undan foydalanmaydigan iqtisodiy
subyekt umuman bo‘lmaydi. Pul universal vosita bo‘lganidan, u bar qanday iqtisodiy faoliyatning xarajati va natijasini aniqlaydi. Xul-las, pul qiymat o'lchovi vazifasini o'taydi. Qiymatni olchash de-gani, ketgan sarf-xarajatlarni, yaratilgan tovar va xizmatlar miq-dori va sifatining bozor narxida ifodalanishini bildiradi. Narx esa, biz bilamizki, tovar va xizmatlar xarid etilgan chog‘da to'lanadigan puldir. Demak, pul qiymatni narx yordamida o‘lchaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |