Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov


Download 1.85 Mb.
bet217/326
Sana08.01.2022
Hajmi1.85 Mb.
#245671
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   326
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111

«PUL - PULLIGINI QILADb

Siz menga ko‘p yaxshilik qildingiz, sizga qanday minnatdorchilik ’’ bildirishni ham bilmayman.


- Pul bor joyda bunaqa bema’ni savolni bermaydjiar.


  1. Muomala vositasi funksiyar!. Pul bu funksiyani bajargan-da oldi-sotdiga xizmat qiladi. Sotuvchi tovarini pulga almashti-radi, bunda biz bilamizki, T-P operatsiyasi yuzaga keladi. Xari-dor esa o‘z pulini tovarga ayirboshlaydi, bunda P-T operatsiya­ si yuzaga keladi. Pul universal to‘lov vositasi sifatida hamma yer-da qabul qilinadi, chunki pulga almashtirilmaydigan tovar umuman bo‘lmaydi. Pulni tovarga ayirboshlanishi bir lahzali ish emas, bu to‘xtovsiz davom etadi. Shu sababli pul qoMdan qo‘lga o‘tib doimo harakatda bo‘ladi. Pul insoniyatning buyuk kashfiyotlaridan biridir. Bu bilan ayirboshlashda ulkan qulaylik paydo boMgan, ayirboshlash sarf-xarajatlari mislsiz darajada qisqargan. Masalan, barter chog‘ida bir mahsulotga boshqa kerakli mahsulotni darhol topib almashti-rish amrimahol ish bo‘ladi. Faraz qilaylik, agar dehqon sigirini motosiklga almashtirmoqchi bo‘lsa, motosikl egasiga sigir kerak bo‘lmaydi, unga uy kerak uy egasiga esa motosikl emas, balki muz-

301


latkich kerak. Shu taxlitda dehqon motosikl egasiga kerakli tovami topib, unga sigirini almashtirguncha ko‘p ovora boiadi, talay vaqt sarflaydi. Pul borjoyda bundayuzoq ovoragarchilik bo'lmaydi. Sigir darhol pulga sotilib, pulga motosikl olinadi. Pulning borligi tufayli ikki tovar egasining ishi bir zumda bitadi. Pul tovar ayirboshlashni jadallashtirganidan iqtisodiy o‘sishga katta hissa qo‘shadi, chunki ayirboshlash vaqtini tejaydi.


  1. Jamg‘arish vositasi. Pul bu funksiyani bajarganda boylik to‘p lashga xizmat qiladi. Bunda pulning hozirgi kungi xarid qobiliyati kelajakka ko‘chiriladi, u to'planib boradi va bo‘lg‘usidagi xarid ishiga xizmat qiladi. Boylik — bu jamlangan barcha aktivlardir.

Moddiy aktiv — bu jamg‘arilish xususiyatiga ega bolgan va uzoq saqlanadigan moddiy shakldagi narsalardir. Bular jumlasiga yer, yerosti boyliklari, o'rmonlar, zavod, fabrikalar, fermer xo‘jaliklari, binolar, inshootlar, transport vositalari, oltin, kumush, platina, javohirlar va boshqalar kiradi. Moliyaviy aktiv ^ bu pul va pulga tenglashtirilgan qimmatli qog‘ozlar, ya’ni aksiya, obligatsiya va sertifikatlardir. Aytilgan barcha aktivlar jamg'arilish xususiyatiga ega. Demak, pul boylikning yagona shakli emas, chunki uning boshqa shakllari ham bor. Biroq pul jamg'arish, boylik to'plashning eng qulay usuli, chunki u eng yuksak likvidli aktiv hisoblanadi.
Pulning likvidligi uning muomala vositasi sifatida hamma nar-saga tez va hech bir to‘siqsiz ayirboshlanishidir.

Puldan boshqa likvidli aktivlar ham bor, lekin ular likvidlik jihatidan pulga tenglasha olmaydi. Masalan, pul hech bir xarajatsiz xohlagan paytda xohlagan narsaga ayirboshlanishi mumkin.


Bino, javohir yoki transport vositasi boshqa narsaga ayir­ boshlanishi uchun u sotilishi kerak, bu ko‘p vaqt va xarajatni talab qiladi.
Pul jamg‘arish vositasi bodishi uchun uning qadri barqaror bo‘-lishi kerak. Pul qadrsizlanganda, unga kelajakda kam tovar beri-shadi. Shu sababli qadrsizlanayotgan pulning jamg‘arilishi boylik­ ning qisman yo‘qotib borilishini bildiradi. Shunday sharoitda pul o‘rniga boshqa aktivlarni jamg'arish qulay bo‘lib qoladi.
18.2. Pulning qadr-qiymati
Pulning qadr-qiymati —bu pul birligining xarid qurbidir.
Pulning qadr-qiymati unga bozorda nima berilishi bilan belgi-lanadi. Qadri baland pullar kuchli pullar hisoblanadi. Qadri past pulni odamlar po‘choq yoki puch pullar, deb ataydilar. Ammo bular

3 0 2


ham iqtisodiyotda o‘z funksiyasini bajaradi, biroq iqtisodiy oborot uchun ular miqdori ko‘p boiishi kerak.
Pul birligining qadri qanday boMishidan qat’iy nazar uning barqaror saqlanishi ahamiyatlidir, chunki u pasayib borgan sharoitda pulga ishonch yo‘qoladi. Pulning qadri turli mamlakatlarda farqlanadi. Shu sababli, muayyan tovarni sotib olish uchun har xil miqdorda pul berish kerak. Masalan, 1 kg non uchun Angliyada 0,6 funt sterling berilsa, Rossiyada 20 rubl, Italiyada 2500 lira, Fran-siyada 4 frank toiash kerak boladi. Pul qadri baland yerda u yaxshi ish beradi, qadri past yerda yomon ishlaydi, deb o‘ylash kerak emas. Qadri eng yuqori pul bu Quvayt dinoridir. Bir dinor Angliya funtidan, AQSh dollaridan, Yapon iyenasidan, Italiya lirasidan ham kuchli. Lekin bundan AQSh yoki Yaponiya iqtisodiyoti Quvayt iqti-sodiyotidan kuchsiz, degan xulosa kelib chiqmaydi. Eng muhimi mavjud pul birligi qadrining saqlanib qolishi yoki uning sekin pasayishidir.

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   326




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling