Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov


Milliy pul —bu muayyan mamlakatda muomalada yuruvchi va


Download 1.85 Mb.
bet219/326
Sana08.01.2022
Hajmi1.85 Mb.
#245671
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   326
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111

Milliy pul —bu muayyan mamlakatda muomalada yuruvchi va

tanho toiov vositasi, deb qabul qiiingam puliir.



M illiy p u lia r tu r lic h a bo'Iadi. U la r d a n biri tovar sh aklidagi
puldir. Shunday tovarlar borki, ularning ichki qadr-qiymati bo'Iadi, ya’ni ular melinat sarflab ishlab chiqariladi, lekin boshqa tovarlarga ayirboshlanish xususiyatiga ega bo'Iadi. Bunday pulga misol qtlib oltinni olish mumkin. Uning ichki qadr-qiymati bor, u qazib va

3 0 4


eritib olinadi, katta xarajat talab qiladi, u sanoatda ishlatiladi, undan zargarlik buyximlari, elektronika uchun butlovchi qismlar tayyor-lanadi. Garchi hozir oltin tanga pullar ishlatilmasa-da, oltin yuksak likvidli tovar sifatida tovar puli boiishi mumkin. Iqtisodiyotda shunday vaziyat ham bo'ladiki, bironta tovar pul vazifasini o'taydi, ya’ni unga boshqa tovarlar olish mumkin boiganidan, uni pul o‘rniga qabul qiladilar. Masalan, Rossiyada 1991—1994 yillar siga-retlar pul vazifasini o‘tagan, ya’ni chekmaydiganlar ham uni pul, deb qabul qiiishgan, chunk! unga boshqa tovar olish mumkin bo'lgan. 0 ‘sha kezlarda Navoiy viloyatining Tomdi tumanidagi chorvadorlar xususiy mashinalarda uzoq yerga borib kelish uchun kira haqiga pul o‘rnida bir bosh qo‘y berishgan.
Hozirgi iqtisodiyotda tovar shaklidagi pul qollanilmaydi deyish mumkin. Ularning o‘miga qog‘oz pullar ishlatiladi. Qog‘oz pullar dekretlangan, ya’ni davlat tomonidan pul, deb e’lon qilingan maxsus belgilari bor qog‘ozlardir. Qog‘oz pullar davlat tomonidan muayyan mamlakatdagi yagona to'lov vositasi sifatida kiritiladi va bu haqda pulning o‘ziga yozib qo‘yiladi. Qog‘oz pullar kupyura

shakliga ega, ular har xil qiymatli bo‘lib chiqariladi. Masalan,

0 ‘zbekiston milliy puli so‘mni olsak u 10, 25, 50, 100, 200, 500,
1000 va 5000 so’mlik kupyuralar shaklida chiqariladi. Milliy pullar tangalar shaklida ham zarb etiladi. Ular yirik va mayda pullarga ajratiladi. Yirik pul qog‘oz shaklida, mayda pul tanga va chaqa shaklida bo‘ladi.
Milliy pul quyidagi xususiyatlarga ega boiadi: u mamlakatdagi yagona to‘lov vositasi hisoblanadi, u himoya belgilariga ega (bu belgi 12 tagacha bo‘ladi), uni qalbakilashtirish qiyin bo'ladi. Milliy pulning o‘z ko‘rinishi bor, uni boshqa puldan farqlantirib tanib olish mumkin. Masalan, biz 0 ‘zbekiston so'mini AQSh dollari, Yaponiya iyenasi yoki Qozog‘iston tangasidan osongina farqlantirib, darhol tanib olamiz. Milliy pul chidamli bo‘lib, uzoq davrda to‘zimasdan xizmat qila oladi. Milliy pul yirik yoki mayda bo‘lsa-da pul birligi, xarid qobiliyati bir xil hisoblanadi. Bitta ming so‘mlik 2 ta besh yuz so‘milk yoki 5 ta ikki yuz so‘mlik pulning qadri bir xil bo‘ladi. Shu sababli yirik pulni maydalab olish yoki mayda pulni yirik qilib olish hech bir qiyinchilik tug'dirmaydi.
Pul o‘z shakli jihatidan qog‘oz, tanga va chaqa pullardan tashkil topsa, muomala qilish jihatidan naqd va naqd boMmagan pullarga ajratiladi.


Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   326




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling