Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov


Download 1.85 Mb.
bet218/326
Sana08.01.2022
Hajmi1.85 Mb.
#245671
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   326
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111

Pul birligining qadri pulning umumiy miqdoriga teskari mutano-siblikda boiadi.

Hozirgi davrda deyarli hamma yerda pul birligi qadrining pa-sayishi kuzatiladi, ammo kishilar pulni ko‘p topganidan, bu ulaming turmush darajasini pasaytirmaydi, balki buni oshiradi. Masalan, o‘tgan asr 60-yillarida bir dollarga AQShda 0,5 kg mol go‘shti olish mumkin bo‘lgan, 2000-yillar boshiga kelib shu pulga 125 g go‘sht bergan. Biroq oldin o‘rtacha ish haqi 600 dollar bo‘lsa so‘ngra 3600 dollarga tenglashgan. Demak, pul qadri 4 marta kamaygani holda ish haqi 6 marta oshgan va kishilarning farovonligi ham oshgan. Pul qadrining yuqori yoki past boiishi muomala uchun zarur pul miqdorini o‘zg:' tiradi, xolos. Biroq arzonchilik boiganda pul qadri yuqori boiadi, qimmatchilik yuz bersa, pul qadri kamayadi. Muayyan mamlakatdagi pul qadrini uning miqdori o‘zgarmagan taqdirda turli omillar belgilaydi. Eng awal buni pulning moddiy ta’minlanishi, ya’ni pul ortida turgan tovarlarning miqdori va sifati belgilaydi. Tovar va xizmatlar qanchalik ko‘p boisa, shunchalik ularni pulga ko‘proq xarid etiladi. Demak, pul qadri ishlab chi-qarishga bogiiq boiadi. Qayerda ishlab chiqarish kuchli boisa, shu yerda pul qadri barqaror boiadi. Bundan tashqari pul qadri mamlakatning oltin va valuta zaxiralari bilan ham ta’minlanadi, bular markaziy banklarda saqlanadi. Oltin zaxirasi 2 yoi bilan hosil qilinadi. Imkon boiganda oltin ishlab chiqarilib, u yombi shakJida jamg‘ariladi. Buning iloji boimagan yerda oltin sotib olinib, xazina hosil qilinadi. Ilgarilari oltin pul boigan, ya’ni oltin tangalar yasalib, unga chetdan tovar keltirilgan. Hozir muomalada oltin pullar


303


o‘rniga qog'oz pullar yuradi, Biroq oltin yuksak likvidli tovar hisobianadi. Uni chet elda xohiagan vaqtda sotib, uning puliga tovar xarid etib mamlakatga keltirish va shu hisobidan milliy pulni moddiy jihatdan ta’minlash murnkin. Pul qadrini ta’minlashda chet el valutasi zaxiralarini hosil qilish ko‘proq qollaniladi. Ko‘pchilik mamlakatlardagi valuta zaxiralari eng kamida 3 oylik impoitni ta’minlaydigan miqdorda hosil qilinadi. 2005-yil boshlarida zaxi­ ralari eng ko‘p mamlakatlar Yaponiya (824,3 mlrd doll), Xitoy (610 mlrd doll), Tayvan (241,8 mlrd doll), Janubiy Koreya (199 mlrd doll), Rossiya (128,3 mlrd doll), Gonkong (123,6 mlrd doll), Hindiston (123,4 mlrd doll) boidi.
Valuta zaxiralari hisobidan chet eldan tovarlar import qilinib ichki bozorga tashlanadi, bu bilan pul qadri ta’minlanadi. Bu usul o‘zini-o‘zi oziq-ovqat bilan ta’minlay olmagan mamla-keng qo‘llaniladi. Masalan, Yaponiya va Italiyada oziq-
ovqat iste’molining 2/3 qismi import hisobidan qondiriladi va chet-dan xomashyo ko‘p miqdorda sotib olinadi, shu sababli bu ycrda pul qadrini ta’minlash uchun chet el valutasi ko‘p talab qilinadi. Za-xiradagi oltin yoki vaJutaning nisbati turlicha bo‘ladi. Oltin zaxiralari AQSh, Fransiya va Rossiya kabi mamlakatlarda ko‘p bo'Iadi. Aksincha, Gonkongda oltin o‘rniga valuta zaxirasi hosil qilinadi. Bu yerda jon boshiga hisoblangan valuta zaxirasi dunyodagi eng katta zaxira hisobianadi, milliy pul qadri faqat valuta zaxirasi bilan ta’minJanadi. Iqtisodiyot uchun muhim narsa pul qadrining o‘zini yuqori yoki past bo'lishi emas, baiki uning barqarorligidir. Barqaror pulga ishonch ko‘p bo'Iadi, uni ishlab topish va jamg'arishga intilish kuchayadi. Mana shuning uchun jamiyat pul qadrini ta’minlab turishdan manfaatdor bo'Iadi.

18.3. Pul lurlari


Dunyoda nechta mamlakat bo'lsa, shuncha milliy pullar (va-lutalar) bor. Ularning nomida o'xshashlik bo‘lsa-da, ular farqlanadi. AQSh, Kanada, Avstraliya, Gonkong puUari dollar nomi bilan yuri-tiladi, lekin bular hamma jihatidan farqlanadi.

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   326




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling