Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov


Totalitar rejali tizimdan bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘li


Download 1.85 Mb.
bet49/326
Sana08.01.2022
Hajmi1.85 Mb.
#245671
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   326
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111

Totalitar rejali tizimdan bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘li. Bu bozor iqtisodiyotiga o‘tishning eng so‘nggi yo‘li bo‘lib, bu yo'ldan sobiq sotsialistik mamlakatlar va respublikalar (bular 32 ta davlat) boradi, ular yosh mustaqil davlatlami tashkil etadi. Bu yo‘l rejali tizimdan bozor iqtisodiyotiga qaytish yoMidir, bu bilan u boshqa yoilardan farqlanadi. Bunda ilgari zo‘rlik bilan tugatilgan bozor iqtisodiyotiga qaytadan o'tiladi. Bu yo‘lda rejali tizimdan merosga qolgan moddiy bazaga va tugatilib ulgurilmagan bozor aloqalariga, boshqa mamlakatlar to‘plagan tarixiy tajribaga tayaniladi. Bozor va rejali tizim tabiatan har xil boMganidan rejali tizim bag‘rida bozor munosabatlari qisman yashirin saqlansada, ular yangidan hosil bolmaydi. Shu sababli rejali tizimni tugatish orqali bozor iqtisodiyoti shakllanadi. Bunga bozor islohotlari orqali, davlatning bevosita ishtiroki bilan erishiladi.

Bozor islohotlari xalq ishtirokida, lekin davlat tomonidan ishlab chiqilgan bozor munosabatlarini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishidir. Islohotlardan oldin bozor iqtisodiyotiga 0‘tishning konsepsiyasi, ya’ni nazariy modeli yaratiladi. Shu konsepsiyada yangi iqtisodiyotga o‘tishning umumiy jihatlari va milliy xususiyatlari nazarda tutiladi, islohotnipg asosiy yo‘nalishlari belgilanadi. Konsepsiyaga tayangan holda bozor islo-


68


hotini ta’minlovchi yuridik qonunlar majmuasi yaratilib, ular hayotga joriy etiladi. Islohotlar kompleks xarakterda boMadi, ular iqtisodiyotning hamma sohalarida o‘tkaziladi, bir soha isloh etilib, boshqasi eskichasiga qolsa, bozor munosabatlari shakllana olmaydi, binobarin, islohotlar samarali bo'lmaydi. Gap shundaki, bozor iqtisodiyotining har bir boMinmasi yoki unsuri boshqasi bilan bog'langan, bin bo‘lmasa boshqasi amal qila olmaydi. Bu tizim minglab firmalar, xo‘jalikJar, millionlab kishilar faoliyatining uzviy bog‘lanishini bildiradi. Iqtisodiyotdagi yaxlitlikning o‘zi unga taalluqli islohotlarni xalq xo‘jaligining hamma jabhalarida o‘tkazi-lishini talab qiladi. Bas shunday ekan, islohotlar chala-chulpa, yarim yo‘lda qoladigan bo‘lishi mumkin emas.
Islohotlar kundalik joriy iqtisodiy muammolarni yechish bilan cheklanib qolmay, strategik ya’ni uzoq istiqboldagi maqsadlarni mo‘ljallaydi.
Ularning pirovard maqsadi erkin demokratik iqtisodiyotni yara-tish va unga tayangan holda xalqqa yaxshi turmush sharoitini yaratib berishdir.
Bozor islohotlarining asosiy yo'naiishlarini mulkiy, agrar, narx, moliya-kredit, tashqi iqtisodiy faoliyat va nihoyat ijtimoiy (sotsial) islohotlar tashkil etadi. Ulaming birgalikda o‘tkazilishi rejali tizimdan bozor munosabatlariga o‘tishni ta’minlaydi. Bu o‘tish jarayoni eng so‘nggi boMsada, qisqa vaqt davom etadi. Bozor islohotlari yo‘liga kirgan mamlakatlarning bir qismi 10 yil deganda bozor iqtisodiyoti qaror topgan mamlakatlar status! (maqomi)ga ega bo‘ldilar. Boshqalari bunga keyinroq erishadilar. Bozor iqtiso-diyotiga o‘tishning «0‘zbek model!» mavjud bo‘lib, jahon tajribasi, 0 ‘zbekistonning iqtisodiy salohiyati va milliy xususiyatlarini hisobga oluvchi taraqqiyot yo‘lidir. Prezident I.Karimov so‘zi bilan ayt-ganda; «0‘zbek model!» respublikaning o‘ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini, an’analar, urf-odatlar va turmush tarzini har tomonlama hisobga olishga, iqtisodiyotni biryoqlama beso‘naqay ri-vojlantirishning mudhish merosiga barham berishga asoslanadi»."* Bizning model Prezident asoslab bergan 5 tamoyil qoidasiga tayanadi. Bu tamoyillar quyidagicha:


    1. Iqtisodiyotning ustuvorligini ta’minlash.

    2. Davlat bosh islohotchi boMishi.




    1. Qonunlar va ularga rioya etishning ustuvorligiga erishish.




    1. Faol ijtimoiy siyosat yurgizish.

И.Каримов. Узбскистон буюк келажак сари, Т.: Узбекистон, 1998, (01-бет.


69


  1. Bozor iqtisodiyotiga sekin-asta, ij'timoiy larzalarsiz va bos qichma-bosqich o'tish.^

Bozor islohotlari 0 ‘zbekistonda shu tamoyillarga amal qilgan holda o‘tkazildiki, bular mulkiy, infratuzilma, agrar, tarkibiy, mo-liya-kredit va narxlar islohoti bo‘ldi. Islohotlar tufayli bozor tizimiga asos solindi, iqtisodiyot bozor qonun-qoidalari asosida rivojlana bordi.
«0‘zbek modeli» hayot sinovidan o‘tgan va o‘zini oqlagan model hisoblanadi, chunk! «Bu yurtimizning deyarli barcha jab-halarida o‘z tasdig‘ini va isbotini topgan ko‘pchilik tomonidan tan olingan haqiqatdiD>.6

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   326




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling