Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov


Download 1.85 Mb.
bet45/326
Sana08.01.2022
Hajmi1.85 Mb.
#245671
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   326
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111

Totalitar-rejali tizim. Bu tizim bozor iqtisodiyoti rivojlanishini zo‘rlik bilan, ya’ni revolutsiya vositasida to'xtatib qolish va uni majburan rejalashtirish yoMiga o‘tkazish orqali yuzaga keladi.
Totalitar-rejali iqtisodiyot — bu davlatlashtirilgan, ijtimoiy muikka tayangan, bir markazdan turib rejalasbtirisbga va bosh-qarisbning ma’muriy-buyruqbozlik usullariga asoslangan iqtiso­ diyotdir.
Bu tizihiga iqtisodiyotning hamma jabhalarini, ham resurslar, ham mahsulot va xizmatlarga davlatlashtirilishi xosdir. Bu yerda barcha moddiy resurslar davlat mulkiga aylantiriladi, hatto unga kirmay qolgan boshqa muikka oid resurslar ham amalda davlat tasarrufida bo‘ladi, lekin boshqa mulklar yuzaki e’tirof etiladi. Davlat va jamoa mulkiga ijtimoiy mulk maqomi beriladi va bu xususiy muikka qarshi qo‘yiladi. Davlat mulki monopoliyasining o'rnatilishi iqtisodiyotni ham davlatlashtiradi. Nimani, qancha va kim uchun ishlab chiqarish zarurligini davlat rejalari belgilab be rad i. Totalitar tizimning belgisi rejalashtirishning o‘zini borligi emas, balki uning markazlashgan bo’lishi, nima qilinishini davlat yuqoridan belgilab berishi va shunga ko‘ra resurslar va yaratilgan mahsulotlarning taqsimlanishidir. Reja indikativ (tavsiyaviy) emas,

63


balki majburiy bo'ladi. Reja qonun, degan qoida boMib, bu davlat tasdiqlagan rejani hech kim buzishga haqli emas, degani bo‘ladi. Rejalashtirish korxonalarni bir qolipga solib qo'yadi, uning oyoq-qo‘li bogdanib, tashabbusi bo‘g‘iladi. Uni nima ish qilishi, resursni qayerdan va kimdan olishi, mahsulotini kimga yetkazib berishini oldindan davlat rejasida belgilab qo‘yiladi. Resurslar va tayyor mahsulotlar narxini ham davlat yuqoridan belgilab beradi. Narxlar qat’iy bo‘lib, ulami hech kim o‘zgartira olmaydi.

Daromadlarning taqsimlanishi ham davlat belgilagan tartibda

bo rad i. Ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdorini davlat belgilaydi,

ularni o‘zgartirish ham davlat ixtiyorida boMadi.


Rejali iqtisodiyot amalda yopiq iqtisodiyot, uning tashqi aloqalari rejalashtiriladi, ular faqat tuzumi bir xil davlatlar bilan che-garalanadi. Bozor iqtisodiyoti bor mamlakatlar bilan aloqalar onda-sonda, o‘xtin-o‘xtin yuz beradi, ular muntazam bo'lmaydi.
Rejali iqtisodiy tizimga ommaviy tovar defitsiti xos bo‘ladi. Taqchillik ham resurslarga, ham iste’mol tovarlariga xos boladi. Defitsit natijasida ommaviy chayqovchilik yuzaga keladi, chunki pulga kerakJi tovarlar topish qiyinlashadi. Rejali tizimda manfaatlar iyerarxiyasida birinchi o‘rinda davlat manfaati, ikkinchi jamoa manfaati, uchinchi inson manfaati turadi. Bu yerda bir tekis taqsimlash qoidasi amal qiladi. Oz bo'lsada, hammaga bir xil daromad berishga moyillik bo‘ladi. Shu sababli muhtojiarning tengligi qaror topadi. Boy boMish taqiqianadi, ko‘p daromad to-pishga intilish tahqirlanadi. Umuman shaxsiy daromad chegaralanib bir qolipga solib qo'yiladi. Bu iqtisodiy stimullarni zaiflashtiradi, chunki individual manfaat mensilmaydi, u orqaga suriladi. Iqtisodiy stimullar sustligidan shijoat, ma’naviy-siyosiy stimullarga ustuvorlik beriladi.
Iqtisodiyot davlatlashtiriJganligidan milliy boylikning g‘oyat katta qismi davlat ixtiyorida bo‘ladi, aholining bu boylikdagi hissasi pastligi bilan ajralib turadi. Rejali buyruqbozlik tizimi demokratiyaga va hurriyatga zid, uning siyosiy tizimiga totalitarizm va diktatura (hokimiyat zo‘ravonligi) xos boladi. Bu tizimning mafkurasi kommunistik mafkura hisoblanadi. buning muhim belgisi dahriyiik — xudosizlik bo'lib. har qanday dinni inkor etishdir. Bu mafkuraning boshqa muhim Jihatlari kommunistik g‘oyaga sodiqlik bitta partiyaga sigbnish, ijtimoiy tenglik, milliylikni tan olmay, baynalmilallikni uiugiash, o'zgacha g‘oyalarni dushman g‘oyasi. deb qarash, unga qarshi shafqatsiz kurash kabiJardir.

64


4.3. Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarning rivojianishi va o‘rin almashuvi
Insoniyat taraqqiyoti to‘xtovsiz bo‘lganidan tizimlar ham ri-vojlanadi, ukr kelib-ketib turadi. Tizimlar taraqqiyoti tabiiy-tarixiy jarayondir. Bu eng awal mavjud tizirnlarni ichki rivojlanishida, so‘ngra bir tizim oTniga boshqasining qaror topishida ko'rinadi. Tizim ichki rivojianishi yuz berganda birinchidan, uning quyi bosqichidan yuqori bosqichiga o'tiladi. Ikkinchidan, bir tizim ichida yangi tizim belgilari shaJdlanadi. Masalan, an’anaviy tizim o‘z rivojida bir necha bosqichdan ohadi, ma’lum bosqichga kelib, unda bozor tizimi belgilari yuzaga keladi. Bu tizimda pul boMmagan bosqich oTniga pul paydo bodgan va u ayirboshlashda ishtirok etadigan bosqich keladi yoki jamoat mulki ko‘p bosqichdan xususiy mulk ustuvor bosqichga oliladi. Xuddi shuningdek, bozor tizimi ham ko‘p bosqichli bo‘ladi, u qo‘l mehnatiga asoslangan yirik xo‘jalikdan mashinalashgan yirik tovar ishlab chiqarishga o'tadi, bu bosqichda pul universal iqtisodiy vosita bodib qoJadi. Bozor tizimi tarixan ikki davrni o‘z ichiga oladi:


    1. asov yoki yowoyi bozor iqtisodiyoti bosqichi (buni erkin raqobatli kapitalizm, deb atashgan);

  1. sivilizatsiyalashgan bozor iqtisodiyoti (bu — aralash iqti-sodiyot, deyiladi) bosqichi.

Rejali tizim ham ko‘p bosqichli bodgan. Dastlab rejali iqtiso-diyotga o'tish davri bodgan. So‘ngra qaror topgan rejali iqtisodiyot va nihoyat inqirozga yuz tutgan rejali tizim davrlari bodgan.
Tizimlar rivojida ularning oTin almashuvi ham yuz beradi. Bir tizimning rivojlanish imkoniyatlari tiigallangach, boshqa yangi ti-zimga 0‘tiladi. Shu tariqa an'anaviy iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga odish, rejali tizimdan bozor tizimiga qaytish yuz beradi. Tizimlarning o‘rin almashuvi iqtisodiy zarural bodgandagina yuz beradi. Bir tizim salohiyati tugallangach, boshqa, salohiyati istiqbolli tizimga odiladi. Salohiyatning tugallanishi tizim ichidagi muvozanatning buzilishidan keiib chiqadi. Tizimlar uchun iimumiy belgi ularda muvozanatning bodishidir. Muvozanat esa tizimning turli tomonlari o‘rtasidagi muvoflqlikdir. Muvozanatning statik (bir holatdagi) va dinamik (o'zgaruvchan) ko'rinishlari mavjud.

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   326




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling