Firmaning xarajati —bu tovar va xizmatlar yaratish va ularni sotish bilan bogiiq boMgan sarfidir.
Tovarlarni yaratish bilan bogiiq sarflar ishlab chiqarish xara-jatlarini tashkil etadi. Tovarlarni sotish sarflari esa muomala yoki tijorat xarajatlari boiadi.
8.3. Xarajat turlari
Firma tovar ishlab chiqaruvchi boiganidan uning uchun ishlab chiqarish xarajatlari muhim. Bu xarajatlar tarkiban ikki xil:
Doimiy xarajatlar. Bular shunday xarajatlarki, ularning miqdori ishlab chiqarishning oz yoki ko‘p boiishiga bogiiq o‘z-garmaydi, balki qanday boisa, shundayligicha qolaveradi. Masalan, tikuvchilik firmasi binoni 10 min so‘mga ijaraga oldi. Bankdan 50 min so‘m qarz koiarib yiliga 1,0 min so‘m foiz toiaydi, buxgalterni ishga olib oyiga 750 ming so‘m, yiliga esa 9000 ming so‘m ish haqi toiaydi.
Bu xarajatlar Jami 29 min so‘mni (10+10+9=29) tashkil etadi. Firma 100 ta yoki 500 ta ko'ylak tikmasin baribir shu 29 min so‘m xarajatni qilishi shart. Doimiy xarajatlarga, odatda amortizatsiya ajratmasi, doimiy ishga olinganlarning maoshi, ijara haqi, korxona mulkini sug‘urtalash puli, banka beriladigan foiz kabilar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |