Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov


Asosiy kapital bu shunday kapitaldirki, unda mujassamlashgan hozor qiymati yaratilgan tovar va xizmatlar narxiga


Download 1.85 Mb.
bet94/326
Sana08.01.2022
Hajmi1.85 Mb.
#245671
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   326
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111

Asosiy kapital bu shunday kapitaldirki, unda mujassamlashgan hozor qiymati yaratilgan tovar va xizmatlar narxiga biryoia emas, balk! kichik qismiarga boiingan holda va uzoq vaqt davomida ko‘-chadi hamda shu davrda egasiga qaytib keladi.
Asosiy kapitalni xo‘jalik amaliyotida asosiy vositalar, deb yuri­ tiladi va buxgalteriyada hisobga olinadi. Asosiy kapital bino, in­ shoot, asbob-uskuna, turli mashinalar va jihozlarga sarflangan pul bo‘lib, ulaming resurs sifatidagi xususiyatlarini o‘zida mujassam etadi. Bu asosiy kapitalning quyidagi belgilarida o‘z aksini topadi:


  1. Asosiy kapital bir necha ishlab chiqarish siJdida® (davrida) xizmat qiladi. Masalan, korxona yiliga 2 marta tayyor mahsulot chiqaradi. Korxona joylashgan bino 40 yil xizmat qiladi. 40 yil

Ishiab chiqarish sikii - bu tovar va xizm allam i yaratish va solishni o ‘z ichiga oluvchi davr.


125


davomida 80 ta (40x2=80) ishlab chiqarish sikli yuz beradiki, binoga sarflangan asosiy kapital 80 yillik sikl davomida ishlatiladi.


    1. Asosiy kapital qiymati tayyor tovar va xizmatlar narxiga qismlarga boiinib har yili ko‘chadi. Mana shu qism amaliyotda amortizatsiya ajratmasi, deb yuritiladi. Faraz qilaylik agar stanok 5 min so‘m tursa va 5 yil xizmat qilsa, bunda amortizatsiya yiliga 1min so‘miii (5:5=1) tashkil etadi. Bordi-yii gidroinshoot 500 mlrd so‘m tursa va 100 yil xizmat qilsa, uning bir yillik amortizatsiyasi 5 mlrd so‘m bo'ladi (500:100=5).




    1. Asosiy kapitalda gavdalangan vositalar uzoq vaql xizmat qilib, o‘z qiymatini tovar va xizmatlar narxiga qisman o4kazib borga-nidan, ularning qaytadan tiklanishi eskirib boMganidan so‘iig va uzoq vaqt o‘tgach yuz beradi. Mana shundagina asosiy kapitalga aylangan pul o‘z egasiga qaytib keladi. Binobarin asosiy kapitalning qaytim davri uzun bo‘ladi. Demak, asosiy kapital sekin aylanadi (oborot qiladi), ya’ni uning pu! shaklida sarflanib, so‘ngra yana pulga aylanib, qaytib kelish davri cho'ziladi. Masalan, asosiy kapital qo'yilgan bino 50 yil xizmat qiladi, unga sarflangan pul 50 yilda qaytib keladi. Agar bu pul 1 mlrd so‘m bolsa, u har yili ega.siga 20 min so‘m miqdoridagina tegadi.




  1. Asosiy kapital gavdalangan vositalarning moddiy shakli yaratilgan tovarda aks etmaydi. Masalan, tayyor kostyumni olsak uning qanday gazlamadan tikilganligini ko‘z bilan ko'rish mumkin. lekin uning qanday mashinalar yordarnida tikilganligini biJib bolmaydi.

Aylanma kapital. Ishlab chiqarish uchun mashina, uskunalar, bino va inshootning o‘zi kifoya qilmaydi. Buning uchun xomashyo, yoqilg'i, elektroenergiya, butlovchi qismlar, ularni qayta ishlab yoki yig'ib mahsulot yaratuvchi ish kuchi ham talab qilinadi. Bularga sarflangan pul esa aylanma kapitalni hosil qiladi.



Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   326




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling