Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov


Aylanma kapital shunday kapitaldirki, uning


Download 1.85 Mb.
bet95/326
Sana08.01.2022
Hajmi1.85 Mb.
#245671
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   326
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111

Aylanma kapital shunday kapitaldirki, uning bozor qiymati bir siklning o‘zida yaratilgan tovar va xizmatlarga toflaligicha va bir у о‘la o‘tadi.
Aylanma kapital amaliyotda aylanma vositalar, deb yuritiladi va buxgalteriyada hisob-kitob qilinadi. Aylanma kapital bu flrmaning ashyoviy resurslar va ish kuchiga sarflangan mablag'idir.
Aylanma kapital asosiydan quyidagiiar bilan ajralib turadi:
• «Aylanma kapital moddiy jihatdan qisqa vaqtda ishlatilib tu-gallanadigan vositalardan iborat. Masalan, gazlama yaratish uchun sotib olingan kalava ip u to‘qib bo'lingach tugalianadi. Uni to'qigan stanok esa o‘z xizmatida davom etaveradi.

126


    1. «Aylanma kapital o‘zining bozor qiymatini tayyorlangan mahsulotlarga to‘la ko‘chiradi. Yana gazlama misoliga qaytsak, bir o‘ram kalava 50 ming so‘m turadi, undan 10 metr gazlama to‘qilib bolgach, bu pul gazlama sotish narxiga kiradi. Agar 10 metr gaz­ lama 80 ming so‘m tursa, shundan 50 mingi kalava olishga ketgan aylanma kapital sarfi bo'ladi.




    1. Aylanma kapitalda gavdalangan xomashyo materiallar va but-lovchi qismlarning moddiy shakli mahsulotda o‘z ifodasini topadi. Masalan, avtomobilni uni nimadan qilinganligini, qanday rangga bo‘yalganligini, qanday qismlardan yig‘ilganligini bilish mumkin, lekin uni yig‘ishda qanday asbob-uskuna ishlatilganligini bilib boMmaydi.




  1. «Aylanma kapital o‘z qiymatini mahsulotlarga bir yo‘la o‘t-kazib borganidan uning aylanishi tez boradi. Asosiy kapital bir marta aylangan holda aylanma kapital ko‘p marta aylanib ulguradi. Uning aylanishi bir ishlab chiqarish siklining o‘zida yuz beradi. Masalan, korxona velosiped chiqargan bolsa, u sotilgach, unda mujassam-lashgan aylanma kapital qiymati darhol korxonaga qaytib keladi. Agar velosiped chiqarish yiliga 5 marta boMadi, deb faraz qilsak, aylanma kapital yiliga 5 marta aylanadi, 5 yilda esa 25 marta ay-lanadi. Shu davrda korxonadagi asosiy kapital faqat bir marta ay­ lanishi mumkin.




  1. Asosiy kapitaldan farqliroq aylanma kapital ishlab chiqa-rishning insoniy omili bo‘lgan ish kuchida ham ifodalanadi. U ish kuchini yollashga sarflanadi, ish kuchi esa tovar va xizmatlarni yaratadi. Bular narxiga ish kuchiga sarflangan ish haqi ham kiradi, ular sotilgach, bu pul firmaga qaytib keladi. Ish kuchiga sarflangan kapital moddiy jihatdan yaratilgan tovarda ifodalanmaydi, chunki tovarni kir yaratganligini bilib bo'lmaydi.

Asosiy va aylanma kapitalning har xil tezlikda aylanishi ularning nisbatiga ta’sir etadi. Asosiy kapital sekin aylanganidan u ishlab chiqarishda ko‘p talab qilinadi. Aksincha aylanma kapital tez ha-rakat qilganidan u kam talab qilinadi.


Biroq asosiy va aylanma kapital nisbati ishlab chiqarish xarak-teriga va resurslar narxiga ham bog‘liq. Agar ishlab chiqarishning kapital sighmi katta bo‘lsa, ya’ni u serkapital bolsa, asosiy kapital ko‘proq talab qilinadi. Masalan, konchilikda qimmatbaho mashina va uskunalar ko'plab talab qilinadi, biroq xomashyo sotib olinmaydi. Shu sababli bu yerda jami kapital tarkibida asosiy kapitalning hissasi katta bo‘ladi. Aksincha zargarlik sanoatida ko‘p ishlar qo‘lda baja-rilganidan, ishlab chiqarish serkapital emas. Bu yerda ishlab chi­ qarishning moddiy ashyoviy sighmi katta bo‘ladi, chunki g‘oyat

127


qimmat turuvchi javohir toshlar, oltin, kumush va platina kabi nodir metallar ishlatiladi. Zargarlikda yaxshi zargar kerak, ularni yollash uchun ko‘p pul kerak, chunk! ularga yaxshi maosh berish zarur. Aytilgan omillar ta’sirida zargarchilikda aylanma kapital ko‘proq kerak bo'ladi.
Asosiy va aylanma kapitalning nisbati turli resurslar narxining o‘zgarishiga ham bog‘liq. Mashina, uskunalar bozor narxi arzon-lashsa, asosiy kapital kam talab qilinadi. Ularni sotish qiyinlash-ganda lizing qo‘llaniladiki, bu mashina, uskunalarni keyin sotib olish sharti bilan ijaraga berishni bildiradi. Lizing sharoitida kam pul bilan ko‘pIab mashina va uskunalar olib ishlatish mumkin. Bu asosiy kapitalni tejaydi. Masalan, yoiovchi tashuvchi metro vagoni 160 ming dollar turadi. Uni 5 yilga lizingga olinsa, uni ishlatish uchun 52 ming dollar kifoya qiladi. Bunda asosiy kapitaldan 108 ming dollar tejaladi (160—52=108). Shubhasiz, ashyoviy resurslar narxi osh-ganda, aylanma kapitalni ko‘paytirish zarurati paydo boMadi. Masa­ lan, jahon bozorida neft narxini ortishi uni qayta ishlovchi kom-paniyalardan neft xaridi uchun ketadigan pulni ko‘paytirishni, bino-barin aylanma kapitalni ko'paytirishni talab qildi. Oltin, kumush va platina narxining oshishi ularni xomashyo sifatida ishlatuvchi korxonalarda aylanma kapitalini ortishiga olib keldi. Asosiy va ay­ lanma kapital nisbatida qanchalik o'zgarish boMmasin, baribir ularning har ikkalasi ham firma faoliyatida hal qiluvchi rol o'ynaydi.

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   326




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling