7. 0 ‘yinga rahbarlik qilishda nimalarga e’tibor berilishi lozim?
8. 0 ‘yinga yakun yasashda asosan qanday usullardan foydalanish
kerak?
23. 0 ‘yin natijalarini yakunlash
0 ‘yinni cho‘zib yuborish mumkin emasligi kabi,
uni belgi-
langanvaqtdan oldin tomomlash ham yaramaydi. O'qituvchi o'yinni
bolalar bir necha marta takrorlagach yoki o'yin boshlanganidan
ma’lum vaqt o'tgachgina to'xtatishi kerak.
O'yin natijalarini yakunlash katta tarbiyaviy ahamiyatga ega.
O'qituvchi o'yin tugagach ayrim o'quvchilarning harakatlarini va
umuman o'tkazilgan o'yinni baholab, uning natijalarini yakunlaydi.
Bunda yaxshi o'ynagan va o'yin qoidalariga rioya qilgan bolalami
alohidata’kidlab o'tishi zarur. O'yinni tahlil qilish uning qoidalarini
yaxshiroq o'zlashtirishga va o'yin jarayonidagi kclishmovchiliklami
bartaraf qilishga yordam beradi, shuningdek, o'qituvchiga bolalar
o'yinni qanday o'zlashtirganini, nimalar ma’qul bo'lganini va
kelgusidagi ishlarni aniqlash imkonini beradi.
Harakatli o'yinlar uchun kundalik ish daftarchasi tutish
foyda-
lidir. O'qituvchi bu daftarchaga o'yinlarni kuzatishda o'yinchilar
haqidagi ma’lumotlami yozib boradi va shu yozuvlar orqali ularning
xatolari hamda muvaffaqiyatlarini tahlil qiladi. Bu ish o'yinlarni
o'rgatish metodikasini yaxshilash va uni sharoitlarga qarab o'zgar-
Do'stlaringiz bilan baham: