qilgan kishilar bilan maxsus sog‘lomlashtirisb
guruhlari tashkil
etiladi. Guruhlaming turlariga qarab
undagi kishilar maxsus
mashqlar va harakatli o'yinlar bilan shug£ullantiriladi.
Bunday
paytlarda «kirn tez» qabilida bo‘yin, yelka, qo'l, gavda
va oyoq
bo‘g‘inlarni aylantirish, burish, bukish va h.k.
harakatlar sanoq
orqali yoki vaqtga qarab amalga oshiriladi. Shuningdek, «Bo'sh»,
«Qopdan» kabi harakatli o'yinlar shug‘ullanuvchilar uchun qiziqarli
bo'lishi mumkin.
Umumta’lim maktab o‘quvchilariiing yozgi dam olish orom-
gohlarida sayohatlar,
turli musobaqalar, oqar suvlarda cho'milish
kabi sog'lomlashtirish tadbirlari tarkibida harakatli o'yinlar muhim
o'rin egallaydi. Ayniqsa, maydon, keng o'tloq va tabiat manzara-
lariga boy bo'lgan soya-salqin joylarda harakatli o'yinlar,
esta-
fetalami o'tkazish yaxshi samara beradi. Bunday paytlarda «Yom-
g'ir», «Qopdan», «Qarmoq», «Xo'rozlar jangi», «Insiz quyon» kabi
milliy harakatli o'yinlar va turli estafetali o'yinlar maqsad va maz-
mun jihatdan muhim ahamiyatga ega bo'ladi.
O'yinlarni tushuntirish, tashkil qilish, o'tkazish va yakunlashda
tashkilotchi, ya’ni jismoniy tarbiya o'qituvchisi pedagogik tamoyil-
larning barcha usullaridan foydalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: