Oliyvao rtamaxsus ta’lim vazirlich karimjon Rahimqulov
tirish imkonini beradi. 74 I l l bo‘lim
Download 3.86 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy harakatli o\'yinlar. Rahumqulov K
tirish
imkonini beradi. 74 I l l bo‘lim . JISMONIY MADANIYAT HARAKATINING TURLI TARMOQLARIDA MILLIY HARAKATLI 0 ‘YINLARNI TASHKIL QILISH YO‘LLARI 24. Milliy harakatli o'yinlami tashkil qiluvchi mas’ul tashkilotlar Jismoniy tarbiya harakatini boshqaruvchi va ifoda etuvchi davlat idoralari va jamoatchi tashkilotlar mavjud. Ular, asosan, 0 ‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Respublika Prezidenti Devonidagi mas’ul xodimlar, Respublika Hukumati tarkibidagi mas’ul vakillar, deyarli barcha vazirliklar qoshidagi jismoniy tarbiya va sport bo‘limlari kabi davlat bosh- qaruvchilaridir. Jamoat tashkilotchilari kasaba uyushmalari, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati, Xotin-qizlar qo‘mitasi, xayriya jamg‘armalari va shu kabilardan iborat. «Dinamo», «Yoshlik», «Talaba», «Paxtakor» sport klublari, «Vatanparvar» tashkiloti, Kasaba uyushmalari sport jamiyati, Markaziy harbiy sport klubi (MHSK) va bir qator davlat idoralari qoshidagi sport klublar jismoniy madaniyat va sport ishlarini olib boruchi maxsus tashkilotlardir. Ulaming viloyatlar, shahar, tuman tannoqlari mavjud. Mazkur sport tashkilotlari va uyushmalari o‘quvchi-yoshlar («Yoshlik»), talabalar («Talaba»), mehnatkashlar (Kasaba uyush malari sport jamiyati, «Paxtakor» sport lubi), harbiylar (MHSK), ichki ishlar xodimlari («Dinamo») va shu kabi turli soha vakillami 75 o‘zlariga uyushtiradi. Bu tashkilotlaming asosiy maqsad va vazifalari asosan ommani jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullantirish, turli-tuman musobaqalarini o'tkazish, turli jamoalami tashkil qilib xalqaro sport musobaqalariga tayyorlash va qatnashtirishdan iboratdir. Shuningdek, ommaviy sog‘lomlashtirish sport tadbirlari, turli xil sport bayramlari va musobaqalari, ko'rgazmali sport tizimlarida milliy harakatli o ‘yinlardan foydalanishni amalga oshiradi. Har bir sport tashkiloti va uyushmasining quyi tarmoqlarida ta’kid- langan tadbirlami ommaviy ravishda o'tkazish asosiy o£rinni egal- laydi. Masalan, Navro‘z, Mustaqillik kuni, hosil bayramlari, kasb- hunar kunlarini nishonlashda ko‘p bosqichli va jamoalardagi turli sport musobaqalarini tashkil etadigan harakatli o£yinlaridan foyda- lanadilar. Ko£p bosqichli («Umid nihollari», «Barkamol avlod», «Universiada») sport musobaqalari, xalq milliy o£yinlari Respublika musobaqalarini tashkil qilishda barcha vazirliklar va jamoat tash- kilotlari o‘zaro hamkorlikda faoliyat ko‘rsatadilar. Bu tadbirlarning ochilish vayopilish marosimlarida turli harakatli o'yinlar namoyish etiladi. Ayniqsa, milliy kurash lari mizning elementlari, ot o‘yinlari, arqontortishish, bilak kuchini sinash kabi milliy harakatli o£yinlar ko‘rsatma-namoyish mazmunda chuqur o‘rin egallaydi. «Alpomish o'yinlari», «To‘maris o‘yinlari» kabi respublika festivallarda dastuming asosiy mazmunini harakatli o'yinlar tashkil etadi. Yana e’tiborli tomoni shundaki, «Paxtakor» sport klubining quyi tarmoqlaridagi xodimlar ishtirokida qishloqlar, qo‘rg‘onlardagi (posyolka) katta to‘ylarda xilma-xil harakatli o £yinlarni tashkil qilish an’anaga aylanmoqda. Bunda yelkadan oshirib otish, bilak 76 kuchini sinash, ko‘prik, tuya, ho‘kizlami ko‘tarish, otdun ag'darish, poyga kabi qadimiy milliy o ‘yinlar keng qollanilmoqda. Xulosa qilib aytilsa, davlat va jamiyat tashkilotlari milliy harakatli o'yinlami ommalashtirish yo‘lida mas’uliyat bilan ish olib bormoqda. Download 3.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling