Oliyvao rtamaxsus ta’lim vazirlich karimjon Rahimqulov


Sog‘lomlashtiruvchi maxsus maskanlar


Download 3.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/68
Sana18.11.2023
Hajmi3.86 Mb.
#1783697
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   68
Bog'liq
Milliy harakatli o\'yinlar. Rahumqulov K

Sog‘lomlashtiruvchi maxsus maskanlar deganda, asosan turli 
idoralar va xodimlaming salomatligini yaxshilash, jismonan chiniq- 
tirishga qaratilgan saunalar tushuniladi. Ularda bug'li hammom, 
sovuq suvli hovuzlar, uqalash (massaj) xonalari va trenajyor usku- 
nalari mavjud bo'ladi. Kishilar, eng awalo, mutaxassislaming 
tavsiyasi bo'yicha turli o'yin-mashqlami bajaradilar.
Futbol va boshqa o'yin maydonlari, sport zallarga ega bo'lgan 
yoki saunalarga yaqin bo'lgan sport inshootlarida, odatda, ko'p- 
chilik kishilar futbol (ixchamlashgan qoidali), voleybol, basketbol, 
tennis, badminton kabi sport o'yinlarining elementlari bo'yicha 
musobaqa o'tkazishadi. Boshqa birlari turli estafetalar, osilish, 
tortilish, osilib tushish, bilak kuchini sinash kabi o'yin-mashqlar 
bo'yicha bir-birlari bilan musobaqalashadilar.
Estafetalardatanaa’zolari, ayniqsa bo'g'inlar, mushaklarning 
kuchini, chidamligini oshirish bo'yicha mashqlar qilishadi. 
Oyoqlaming bo'g'in va mushaklarini mustahkamlash uchun max­
sus moslamalarda (velosiped, aylanayotgan rezina yo'l va h.k.) 
vaqtga yugurishadi va chidamlikni sinash kabilarda bahslashadilar.
Ko'p qavatli uylaming balkonlari, shuningdek, hovlilarni 
tumik, gantel, boks-kurash moslamalari, turli to'ldirilgan to'plar, 
arqoncha, gimnastika tayoqchalari kabi sport buyumlari bilan
80


jihozlab, ulardan uy sharoitida foydalanuvchilar ko'paymoqda. 
Ba’zi kishilar esa uyda trenajyorlar o‘rnatib, oilaviy ravishda ularda 
shug‘ulianishni o'zlariga odat qilib olganlar.
Xulosa qilganda, maxsus soglomlashtirish maskanlari va uy 
sharoitida harakatli o‘yinlardan foydalanish jismonan baquwat 
bo‘lishning omiliga aylanadi. Bu esa sog'lom turmush tarzini 
kechirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Davolash muassasalari deganda, faqat shifoxonalargina 
tushunilmadi, balki poliklinikalar, sanatoriyalar, shaxsiy davolash 
maskanlari ham bu yo‘lda o‘ziga xos soglomlashtiruvchi maskanlar 
bo‘lib xizmat qiladi.
Bunday maskanlar tarkibi quyidagi turlarga ajratiladi:
1.
Shifoxonalarda jismoniy mashqlar bilan davolash.
2. Poliklinikalarda jismoniy tarbiya vositalari orqali davolash.
3. Dam olish uylari va sanatoriyalarda jismoniy mashqlar, 
harakatli о‘yinlar bilan davolash.
4. Doimiy (statsionar) maxsus davolash muassasalarida (shifo- 
xona, sanatoriya va h.k.) jismoniy mashq-o£yinlarni qo‘llash.
Ta’kidlash zarurki, mazkur muassasalardagi jismoniy tarbiya 
vositalari (harakatli o‘yinlar) bilan davolash ishlari, asosan, maxsus 
jismoniy tarbiya mutaxassislari tomonidan olib boriladi.
0 £zini yaxshi his qilayotgan va ijobiy tomonga o‘zgarishlami 
sezayotganlar trenerlar ruxsati hamda tavsiyasi ostida mashq- 
o£yinlami mustaqil ravishda bajarishlari mumkin.
Shifoxonalarda jismoniy mashq-o£yinlarni qo£llash asosan 
shamollagan, uncha og‘ir dardga chalinmagan bemorlar bilan guruh 
bo£lib amalga oshiriladi. Qattiq lat yegan, singan, chiqqan suyaklar, 
mushaklarharakatiniyaxshilovchi mashq-o‘yinlar (bukish, yozish, 
aylantirish, tortish, itarish va h.k.) o£yin tarzida olib boriladi. Og£ir
,/
81


jarrohlik (operatsiya)dan keyin yaxshilanib borayotgan bemorlarga 
ham ma’lum darajadagi о‘yinlar, turli mashqlar qo‘llaniladi.
Poliklinika, dam olish uylari va sanatoriyalarda odamlaming 
jismoniy jihatdan tayyorgarligiga qarab turli o ‘yinlar o‘tkaziladi. 
Trenajyorlarda mashq-o‘yin bajarish, uqalash (massaj) qabul qilish, 
sovuq suvlar (vanna va bosim ostidagi suv) bilan davolash amalga 
oshiriladi. Jismonan tetik va sog‘lom bo‘lgan kishilarga futbol, 
voleybol, tennis, badminton kabi sport o‘yinlarining elementlari, 
gimnastika, yengil atletika (chopish, yugurish, sakrash, uloqtirish), 
suvda suzish kabi о‘yinlar bilan musobaqada shug‘ullanish tavsiya 
etiladi. Maxsus harakatli o‘yinlami (quvlatish, turtirish, «Qopqon», 
sakrash, «Qarnioq», «Ortiqcha», «Ko‘z bog‘lash» kabilar) alohida 
tashkil etilib, ommaviy ravishda ijro etilishi ko‘zda tutiladi va bunga 
erishiladi. Natijada esa dam oluvchilar, qatnashchilarning zavqla- 
nishi, mazmunli hordiq chiqarishi va, eng muhimi, jismonan 
baquwat bo‘lishlarini ta’minlashga erishiladi.
Jismoniy tarbiya sohasidagi talabalar va o‘quvchi-yoshlar o‘quv 
jarayonlaridagi maxsus fanlar va jismoniy davolash (vrachebnaya 
fizkultura) kabi fanlarni chuqurroq egallashlari lozim. 0 ‘quv 
amaliyotlari jarayonlarida tegishli ko‘nikmalar hosil qilishlari va 
zarur amaliy malakalami egallashlari lozim. Chunki o‘quv yurtlari 
va mehnatkashlarning dam olish hududlarida jismoniy tarbiya 
o‘yinlarini tashkil qilishda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va 
zarur bo‘lganda ommaviy ravishda turli xil sog‘lomlashtirish tadbir- 
larida harakatli o‘yinlami maqsadli tashkil qilishga to‘g‘ri keladi.
Xulosa qilib aytganda, davolash muasasalaridagi jismoniy mashq- 
o‘yinlardan foydalanish, eng awalo, oyoqqa turg‘azish, mehnat 
va turmushdagi qayta tiklashga xizmat qiladi.
82



Download 3.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling