Oliyvao rtamaxsus ta’lim vazirlich karimjon Rahimqulov
O'quvchi yoshlar va talabalaming sog'lomlashtirish-sport
Download 3.86 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy harakatli o\'yinlar. Rahumqulov K
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mehnatkash va ziyolilarning dam olish uylari
O'quvchi yoshlar va talabalaming sog'lomlashtirish-sport
maskanlari maktab o'quvchilarining yozgi dam olish oromgohlari kabi tog'li joylar yoki daryo sohillarida tashkil etiladi. Ta’kidlash lozimki, ko'pchilik kasb-hunar kollejlari va oliy o'quvyurtlarining sog'lomlashtirish sport maskanlari ilg'ortajriba- larga egadir. Ayniqsa, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedago- gika universiteti (Xumson), O'zDJTI (Kumushkon), Samarqand DU (Urgut), Faig'ona DU (Hamzabod-Shohimardon) kabilaming sport oromgohlarida spartakiadalar, o'rtoqlik uchrashuvlari, sport 78 turlari bo‘yichabirinchiliMar, ayniqsa, b ir kunlik vu ko‘p ktinlik (2—3) piyoda yurish sayohatlari, snaryadni chamalash (mo'yallash) kabi tadbirlar bilan bir qatorda turli estafetalar, turli harakatli o‘yinlar bo‘yicha ham qiziqarli bahslar tashkil qilinadi. U larda, asosan, «Izlab top», «Arqonda tortilib chiqish», «Cho‘qqiga kim tez chiqish», «Podato‘p», «Chillik» kabi milhy va zamonaviy ha rakatli o ‘yinlar g‘oyat qiziqarli o‘tkazilib boriladi. Shu sababli, shug‘ullanuvchilar va tomoshabinlarda jismoniy sifatlar bilan bir qatorda estetik zavq olish ongi ustuvor bo‘ladi. Mehnatkash va ziyolilarning dam olish uylari tog‘li joylarda joylashib, ularda sog‘lomlashtiruvchi milliy madaniyat tadbirlari rejali ravishda tashkil qilinadi. Ulaming mazmunida harakatli o‘yin- lar ham o‘ziga xos darajada o‘rin egallaydi. Ayniqsa, guruh, jamoa bo‘lib turli о‘yinlar, estafetalar ko‘proq qo‘llaniladi. Tennis, badminton, qo‘l voleyboli, voleybol to‘ri, tennis to‘ri ustidan to‘pni tepib oshirish, bosh bilan o‘tkazish kabi o‘yinlar qiziqarli ravishda tashkil etiladi. Maydonlarda arg'amchi bilan sakrash, chambaraklar orasidan o‘tib yugurish, tayoqlar, arqonlami tortish, daraxt (tumik) va boshqa tabiiy moslamalar (narvon)da osilish, tortilish, qo‘llarda osilib o‘tish, otib tutish kabi harakatli o ‘yinlar ham qo‘llaniladi. Eng qizig‘i esa, «Uchinchisi ortiqcha», «Qarmoq», «Qopqon», «To‘pni doirada aylantirish», «Kartoshka ekish» kabi o‘yinlardan maqsadli foydalaniladi. M a’lumki, tog‘da joylashgan dam olish joylarida piyoda sayohat qilish, oqar suvda cho‘milish, suv sepib o‘ynash hamda ariq, jar, to‘siqlardan sakrab, osilib chiqish kabi harakatH o‘yinlar musobaqa shaklida o‘tkaziladi. Dam olishning yakunidan gulxan yoqish, bahslar, aytishuvlar, topishmoqlar kabi harakatli o'yinlar joy oladi. 79 Sog'lomlashtirish tadbirlaridan mamnun bo‘lgan kattayu kichik yoshdagi kishilar o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashib, harakatli o'yinlar, sayohatlami yanada mazmunli, qiziqarli ravishda tashkil etishi taklif qiladilar. Umuman olganda, mehnatkashlarni sog'lomlashtirishda va dam olishlarida jismoniy madaniyat tadbirlari, ayniqsa, harakatli o'yinlar, piyoda sayohat qilish maqsad va mazmun jihatdan ancha ustuvor turadi. Download 3.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling