Yelkada kurash o ‘tkazilishi uchun sport zali yoki maysazor
bo‘lishi kerak. Ishtirokchilar kelishib olganlaridan so‘ng, o‘yinchilar
jamoalarga bo‘linadilar, sport zaliga m at-to‘shak solingan joyga
har qaysi komandadan 2 x 2 bo‘lib chiqishadi.
0 ‘yinning tavsifi. 0 ‘rtada turgan hakam hushtak chalishi bilan
yuqoridagi ishtirokchilar kurashni boshlaydilar. Kim birinchi bo‘lib
raqibni to ‘shakka ag‘darsa, o ‘sha yutgan hisoblanadi va koman-
dasiga ochko keltiradi. Qaysi komanda ko‘proq ochko yig‘sa, shu
komanda go‘lib bo'ladi.
О‘yin qoidalari. Yelkada kurashishda faqat yuqorida o‘tirgan
ishtirokchilar olishadilar, pastdagi ishtirokchilar
vazifasi tepa
o‘yinchining tizzalaridan quchoqlab olib, ulami mahkam ushlab
turib, kurashishlariga ko‘maklashadilar, xolos.
Pedagogik ahamiyati. O'yin kurash uchun zarur bo‘lgan mala-
kalami mustahkamlaydi va takomillashtiradi. Shuningdek, bu o‘yin
ziyraklik, epchillik,
harakat tezligi, kuchni rivojlantiradi. 0 ‘yinning
o‘ziga xos harakatlari qarshilik ko‘rsatish va kurashishdir.
«Во‘гоп»
0 ‘yinga tayyorgariik. 0 ‘yinni keng maysali maydonda, sport
zali yoki sport maydonida o‘tkazsa bo‘ladi.
Bolalar ikki jamoaga
ajratilib, maydon yoki zalning bir tomoniga saflanib turadilar.
«Во‘гоп» o‘yiniga 300—500 gramm keladigan belboqqa tugilgan,
bir uchi qo‘l bilan ushlashga qulay tuguncha kerak bo'ladi. Maydon-
ning bir chekkasiga diametri taxminan 1,5 m bo'lgan doira chiziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: