«Arqon talashish»
0 ‘yinga tayyorgaiiik. Maydonchaning qarama-qarshi tomon-
lariga o‘zaro parallel ikki chiziq o'tkaziladi. Hamma o'yinchilar
kuch jihatidan ikki komandaga bo'linadilar va chiziqlar orqasiga
o‘tib turadilar. Ikki chiziq oralig‘iga maydochaning o'rtasiga ser-
tugun qilib o'ralgan arqon qo'yiladi. Arqonning qoq o'rtasiga rangli
latta bog'lab qo'yilgan bo'ladi.
0 ‘yinning tavsifi. O'qituvchi signal berishi bilan ikkala komanda
o‘yinchilari yugurib kelib, arqon tugunlarini yechadilar va uni
o‘z tomonlariga tortadilar. Belgilangan vaqt — 45 sekund—1 daqiqa
mobaynida arqonning ko'proq qismini o'z chizig'idan o'tkazgan
komanda g'olib hisoblanadi.
0 ‘yin qoidalari. 1. Faqat signal berilgandan keyingina chiziq-
dan o'tib, arqon tomonga yugurish mumkin. 2. Har bir komanda
arqonni talashayotgan vaqtda uning rangli lattagacha bo'lgan bir
qismidan, ya’ni arqonning yarmidan ushlashi mumkin. 3. Arqon
faqat qo'l bilan tortiladi. 4. Oyoqni tirash uchun yemi yumshatish,
chuqurchalar o'yish, qo'llar bilan yeiga tayanish, arqonni oyoqlar
orasiga qistirish, yerga o'tirish yoki yotish mumkin emas. Ushbu
qoidalami buzib, arqonni o'z tomoniga tortib o'tkazgan koman-
daning yutug'i hisobga olinmaydi.
Pedagogik ahamiyati. Bu o'yin bolalarda tez harakat qilishni,
chaqqonlikni, sabr-toqatlik bilan harakat qilishni tarbiyalaydi.
O'yin ko'proq jamoa bo'lib harakat qilish, chidamlilik malakalarini
oshirishga yordam beradi.
Metodik ko‘rsatmalar. Bu o'yinda o'quvchilaming kuch va
chaqqonligini oshirishga birdamlik bilan harakat qillishlariga erishish
lozim. Bu o'yinni o'g'il bolalar bilan ham, qiz bolalar bilan ham
(alohida-alohida) o'tkazish mumkin.
105
Nina, ip va tuguncha»
Do'stlaringiz bilan baham: |