Oliyvao rtamaxsus ta’lim vazirlich karimjon Rahimqulov


Download 3.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/68
Sana18.11.2023
Hajmi3.86 Mb.
#1783697
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   68
Bog'liq
Milliy harakatli o\'yinlar. Rahumqulov K

0 ‘yin qoidalari. 1. Ko‘rpa ostidagi o'yinchi yerga qarab yotadi.
2. Qo'riqchi ham, ko‘rpa ostidagi o'yinchi ham arqonni qo'yib 
yubormasliklari kerak. 3. Yerda yotgan o'yinchi u yoki bu yoqqa 
siljimaydi. 4. Qo'riqchi faqat o'zining chegarasida yurishi mumkin.
5. O'yinchilami zarb bilan urish yoki tepishga ruxsat berilmaydi.
Pedagogik ahamiyati. O'yin bolalami birday ahil bo'lib harakat 
qilishga, chaqqonlikka, tezkorlik bilan harakat qilishga o'rgatadi. 
O'yinni o'ziga xos harakatlari bo'lib aniq urish va yugurish hisob- 
lanadi.
«Bekinmachoq»
0 ‘yinga tayyorgarlik. O'yin bolalarda kuzatuvchanlik, sezgirlik 
va topqirlik sifatlarini tarbiyalaydi. Bu o'yin uchun butazor yoki 
uylar bo'lishi kerak. Marrada qoladigan o'yinchi shunday aniq- 
lanadi: bir to'da bolalar baravariga: «Bekinmachoq oshga pichoq, 
kim oyni ko'rdi?» deya qo'llarini baland ko'taradilar. Qo'llami 
ko'tarishda orqada qolgan bola marrada qoladi.
0 ‘ymning tavsifi. O'yinni boshlash navbati aniqlangandan 
keyin, qolgan bolalar yashirinishga ketadilar. Qolgan o'yinchi yerga 
yotadi yoki yuzini devorga qilib turib baqiradi:
— Bo'ldimi? Bo'ldimi? — deydi va sanay boshlaydi. «Bir, ikki, 
uch, to'rt, besh, olti, yetti ketdim. Bo'lsa ham bo'ldi» deb, bola 
ko'zini ochadi, tevarak-atorfni sinchiklab kuzatadi va bolalami 
qidira boshlaydi. Birinchi bo'lib topgan o'yincining ismini aytadi:
— Ana, ana, Umidjonni topdim.
114


Yoki berkingan bolalami topsa:
— Bekinma, qoch, yuzingni och, to'xta topdim va hokazo.
О‘yin qoidalari. 1. Yetti deb sanab bo‘lguncha o‘yinchilar 
yashirinib bo'lishlari shart. 2. Topilgan bolalar tutilgan hisoblanib 
marraga olib kelinadi. 3. Qolgan o'yinchilar bilintirmasdan marraga 
kelishlari mumkin. 4. Hamma o'yinchi yig‘ilib bo'lguncha o'yin 
davom etadi, so'ngra yangi qidiruvchi aniqlanib o'yin qaytadan 
boshlanadi.

Download 3.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling