Oliyvao rtamaxsus ta’lim vazirlich karimjon Rahimqulov


 ‘z-o ‘zini nazorat qilish uchun savollar


Download 3.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/68
Sana18.11.2023
Hajmi3.86 Mb.
#1783697
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   68
Bog'liq
Milliy harakatli o\'yinlar. Rahumqulov K

0 ‘z-o ‘zini nazorat qilish uchun savollar
1. Milliy harakatli o'ymlarni o'tkazish metodikasi nimalardan iborat?
2. Boshlang'ich sinflarda (I— 2-sinO harakatli o'yinlarni tanlash 
va o‘tkazishda qaysi tamoyillarga asoslanadi?
3. 5—8-sinflarda harakatli o'yinlarni o'tkazish uchun qaysi usullar 
zarur deb hisoblanadi?
4. 8—9 sinflarda harakatli o ‘yinlar qachon va qanday tartibda 
o'liladi?
53


5. Sinflarga o ‘yin mazmunladni tushuntirish, ko'rgazmalilik va 
nazorat ishlari qanday olib boriladi?
6. Faol va nofaol o ‘yinchilam i aniqlash, rag‘batlantirish (tanbeh) 
qanday bo‘lishi lozim?
7. Milliy harakatli o'yinlar jismoniy sifatlar va ma’naviy fazilatlami 
tarbiyalashda qachon va qanday y o ‘l bilan o ‘zlashtiriladi?
8. 0 ‘yinlami tashkil qilishda ma’lum bo'lgan usullardan tashqari, 
yana qanday shaxsiy ijodkorlik usullarini qo‘llash mumkin?
11. Harakatli o‘yinlarni tashkil qilishga va o4kazishga 
qo‘yiladigan pedagogik talablar 
0 ‘qituvchining o‘yinga tayyorianishi
0 ‘yinni tanlash.
Yaxshi tanlangan o‘yin ta’lim va tarbiya 
muvaffaqiyatining muhim shartidir. 0 ‘qituvchi o'yinni o'tkazishga 
tayyorlanishda o'yinga qatnashuvchilaming tarkibini, yosh xusu- 
siyatlarini, shuningdek, jismoniy tayyorgarliklarini hisobga olib
darsning asosiy vazifalarini belgilashi zarur. Ba’zan yaxshi о ‘yin 
tanlansa-da, lekin u yomon o‘tishi mumkin. Bunday hollar tan­
langan o‘yin ishtirokchilarining qiziqish va havaslariga mos kel- 
masligi natijasida ro‘y beradi va tarbiyaviy vazifalar amalga oshmay 
qoladi.
0 ‘qituvchi o‘yinni tanlashda mashg‘ulot qanday o‘tkazilishi 
(darstarzidao‘tkazilsa, o‘yin uning birinchi, ikkinchi yoki yakun- 
lovchi qismida, tanafFus vaqtida va h.k.larda o‘tkazilishi)ni bilishi 
kerak. Agar o‘yin qishda o‘tkaziladigan bo‘lsa, o‘quvchilami faol- 
lashtiradigan va jismoniy yuklamani bir teksda taqsimlaydigan 
serharakatroq o‘yinlar tanlanishi kerak.
54


0 ‘yinni tanlash uni o'tkazish joyi bilan bevosita bog'liq bo'ladi. 
Kichik yoki katta bo'lmagan tor zallarda chiziq bo'ylab turgan 
holda o‘yinni o'tkazish mumkin, unda o'yinda qatnashuvchilar 
navbat bilan qatnashadilar. Katta zalda yoki sport maydonchada 
o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan barcha o'yinlar, ya’ni yoyilib, katta 
va kichik to'pni uloqtirib o‘ynaladigan, sport elementlari bo'lgan 
o'yinlar o'tkaziladi. Qish vaqtida maydonchada o'ziga xos qishki 
o'yinlar o'tkaziladi.
Agarda o'yin ochiq havoda o'tkaziladigan bo'lsa, ob-havo va 
havoning haroratini (ayniqsa, qish paytida) hisobga olish zarur. 
Havo harorati past bolganda o'yinni o'tkazishda o'yin ishti- 
rokchilarining barchasi faol qatnashadi va jismoniy yuklama barcha 
qatnashchilarga bir tekisda taqsimlanadi. Yozda issiq havoda 
yaxshisi kam harakatli yoki qatnashchilar navbat bilan qatnasha- 
digan o'yinlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi.
O'yin tanlash, shuningdek, o'yin uchun zarur bo'lgan 
jihozlarga ham bog'liq bo'ladi. O'yin uchun bu jihozlaming bo'l- 
masligi uni tashkil qilishga to'sqinlik qilishi mumkin.

Download 3.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling