Olmaliq filiali “ ”


Download 102.38 Kb.
bet5/6
Sana25.02.2023
Hajmi102.38 Kb.
#1228948
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
soha iqtisodiyoti referat

Innovatsion menejment – bu innovatsion jarayonlar, innovatsion faoliyat, bu faoliyat bilan band bo‘lgan tashkiliy tuzilmalar va ularning xodimlarini boshqarish tamoyillari, usullari va shakllarning majmuasidir.
Menejmentning har qanday boshqa sohalari uchun kabi, uning uchun ham quyidagilar xos: maqsadni qo‘yish va strategiyani tanlash va faoliyatning to‘rtta bosqichi:
1) rejalashtirish;
2) shartlarni belgilash va tashkil etish;
3) ijro etish;
4) rahbarlik.

Faoliyatning har bir bosqichida belgilangan vazifalar hal qilinadi. Birinchi bosqich – rejalashtirish bosqichida – strategiyani amalga oshirish rejasi tuziladi. Ikkinchisida shartlar belgilanib, tashkil etiladi, ya’ni innovatsion faoliyatning har xil funksiyalarini amalga oshirish uchun resurslarni belgilash, xodimlar oldiga vazifalarni qo‘yish, ishni tashkil qilish ketadi. Ijro etish bosqichida tekshirishlar va ishlab chiqishlar bajariladi, reja amalga oshiriladi. Rahbarlik bosqichi nazorat va tahlilni harakatlarga tuzatish, kiritish va tajriba to‘plashni ko‘zda tutadi.


Innovatsion menejmentda innovatsiyani tashkil qilishning turli shakllaridan foydalaniladi. Innovatsiyalar tuzilmasi shakllari mazmun jihatdan innovatsion loyihalarni olib borishda mehnat taqsimotining turli usullaridan iborat. Innovatsiyaning bunday tashkil etish shakllariga konsentratsiya, ixtisoslashganlik, kooperatsiyalanish va kombinatsiyalanishlarni kiritish mumkin.



Innovatsiya loyihasi va uni boshqarish
Innovatsiya loyihasi – bu innovatsion faoliyatni tashkil etish va amalga oshirish tarkibi va jarayonini belgilovchi hujjatdir.
Innovatsion faoliyat, ayniqsa innovatsion tadbirkorlikning maqsadi innovatsiyalarni amalga oshirish yo‘li bilan natija olishdan iboratdir. Innovatsion faoliyat sohasini belgilash uchun tashkilotning asosiy strategiyalari (maqsadlari)ni ta’riflovchi quyidagi shartli belgilashlar qabul qilingan:
S – ishlab chiqarilayotgan tovarning sifatini oshirish strategiyasi tashkilot foydasini ko‘payishiga, ammo katta xatar bilan, olib keladi.
N – tovar narxini qolgan strategiyalarni o‘zlashtirishsiz saqlab qolishda pasaytirish strategiyai. Ushbu strategiya ishlab chiqarilgan tovar va o‘zlashtirilgan texnologiyalarni bozorga mustahkam ravishda tadbiq etish, sotishga qaratilgan. Strategiya, qoidaga ko‘ra, tashkilot foydasini kamayishiga olib keladi.
T – ishlab chiqarilayotgan tovar tannarxini yangi texnologiyalar, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishning yangi usullari, menejmentni o‘zlashtirish hisobiga pasayishi. Strategiya, qoidaga ko‘ra tashkilot foydasini ko‘payishiga olib keladi.
D – ushbu bozor uchun qolgan strategiyalarning o‘zgarishsiz tovar ishlab chiqarish dasturi (sotishlar hajmi)ni ko‘payishi. Strategiya ko‘lam samarasidan foydalanish hisobiga foydani ko‘payishiga olib keladi.
B – sotishning yangi bozorini o‘zlashtirish, eski va yangi tovar servisini oshishi. Strategiya, qoidaga ko‘ra, tashkilot foydasini ko‘payishiga olib keladi.


Download 102.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling