2-3 – razryadli chilangar-ta’mirlovchi bajara olishi kerak:
1. Prokat stanoklari, kuydirish va induksion pechlar, oʻrash va kesish dastgohlari, sovuq holda volsovkalash va qadoqlash dastgohlari, metallarga ishlov berish dastgohlari (tokarlik, frezalash, parmalash, charxlash va h.k.), yuk ko‘tarish mashinalari va mexanizmlarini, oʻrtacha murakkablikdagi agregat va mexanizmlarni taʼmirlash, yigʻish, montaj qilish, tekshirish va sozlash;
2. Uskunalarning gidravlik tizimlarini ta’mirlash va yig‘ish;
3. 3-4 – aniqlik sinflari bo‘yicha detallarga chilangarlik ishlov berish;
4. Ta’mirlanayotgan jihozlarni taranglik va oraliq o‘tqazish bilan yig‘ilgan qismlarini demontaj qilish;
5. O‘zaro joylashuv holati va o‘lchamlarga rioya qilgan holda qo‘zg‘aluvchan o‘tqazishli qismlarni shplint bilan mahkamlab yig‘ish;
6. Katta o‘lchamli uskunalarni yuqori malakali chilangar rahbarligida ta’mirlash va yig‘ish.
4-razryadli chilangar-ta’mirlovchi bilishi kerak:
1. Ta’mirlanayotgan uskunalarning asosiy ehtiyot qismlarini yig‘ish va qismlarga ajratishni, ularning o‘zaro ta’sirini va konstruksiyasini;
2. O‘rtacha murakkablikdagi uskunalarni ta’mirlash, yig‘ish, montaj qilish va sinovdan o‘tkazish uchun texnik shartlarni;
3. Universal va maxsus moslamalar konstruksiyasini;
4. Murakkab nazorat-o‘lchov asboblarining tuzilishi, maqsadi va ularni qo‘llash qoidalarini;
5. Joizlik va o‘tqazishlar tizimini;
6. Ishlov berishda aniqlik va tozalik sinflarini;
7. Ishlov berilayotgan materiallarning asosiy xossalarini;
8. Rejali – ogohlantiruvchi ta’mirlashning asosiy qoidalari.
4-razryadli chilangar-ta’mirlovchi bajara olishi kerak:
1. Murakkab uskunalarni kapital ta’mirlash, yig‘ish va montaj qilish;
2. Jihozlar va uning qismllarini ta’mirlashda 2-3 – aniqlik sinflari bo‘yicha murakkab, aniq va mas'uliyatli chilangarlik ishlarini bajarish;
3. Qismlarni qo‘zg‘almas o‘tqazishli qilib yigish;
4. Shaberlash yo‘li bilan koordinatalarni tiklash;
5. Ta’mirlashdan so‘ng uskunani sinab ko‘rish, sozlash va topshirish;
6. Uskunalarni yig‘ish va montaj qilish uchun moslamalar yasash;
7. Uskunadan foydalanish vaqtida uskunaning nosozliklarini bartaraf etish;
8. Ta’mirlash uchun nuqsonlar dalolatnomasini tuzish.
Do'stlaringiz bilan baham: |