5-6 – razryadli chilangar-ta’mirlovchi bilishi kerak:
1. Ta’mirlanayotgan uskunalar qismlarining o‘zaro ta’siri, maqsadi va konstruksiyasini;
2. Ta’mirlash, yig‘ish va sinovdan o‘tkazish uchun texnik shartlarni;
3. Avariyalar va qismlarning muddatidan oldin yeyilishi sabablarini aniqlash usullarini;
4. Sexning havo va boshqa magistrallarining sxemalarini;
5. Markazlashtirilgan moylash tizimlarini.
5-6 – razryadli chilangar-ta’mirlovchi bajara olishi kerak:
1. O‘ta murakkab asbob-uskunalarni o‘rta va kapital ta’mirlash;
2. Taranglik va jips o‘tqazish bilan yig‘ilgan qismlar va uskunalarni qismlarga ajratish, ta’mirlash va yig‘ish;
3. Detallar va qismlarga 1-2 – aniqlik sinflari bo‘yicha chilangarlik ishlov berish;
4. Ta’mirlangan uskunalarni montaj qilish, sozlash va topshirish.
O‘quv yuklamasiga qo‘yilgan asosiy talablar
Ta’lim mavzusi o‘rganilayotgan kasbga qo‘yilgan talablar va o‘rganilayotgan texnologik jarayon yoki uskunaning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda belgilanadi. O‘quv rejasiga muvofiq o‘qish uchun ajratilgan soatlarning umumiy soni quyidagicha taqsimlanadi:
№
|
O‘qitish turi
|
Jami soatlar soni
|
Nazariy ta’lim (soat)
|
Ishlab chiqarish ta’limi
(soat)
|
Mustaqil ish (soat)
|
1.
|
Malaka oshirish
(2-3 – razryad)
|
124
|
50
|
50
|
24
|
2.
|
Malaka oshirish
(4 – razryad)
|
110
|
42
|
46
|
22
|
3.
|
Malaka oshirish
(5-6 – razryad)
|
86
|
40
|
28
|
18
|
Malakaviy imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan ishchilarga tegishli kasbdagi razryad beriladi.
“Сhilangar-ta’mirlovchi” kasbi bo‘yicha malaka oshirish kursining o‘quv modullari mazmuni
Do'stlaringiz bilan baham: |