1.4 Ta’mirlash xizmatini tashkil etish to‘g‘risida asosiy ma’lumotlar
Ta’mirlash-mexanika xizmatining ishlab chiqarishdagi o‘rni. Korxonaning ta’mirlash xizmatini tashkil etish, uning strukturasi va vazifalari. Profilaktik ta’mirlashlarning o‘rni. Kapital ta’mirlashlar. Rejali-ogohlantiruvchi ta’mirlashlar tizimi.
1.5 Metallar texnologiyasi bo‘yicha asosiy ma’lumotlar. Chizmalarni o‘qish
Metallarning fizik, kimyoviy va mexanik xossalari, temir-uglerod qotishmalari. Cho‘yan. Cho‘yan turlari va ularning qo‘llanilish sohalari. Po‘lat va uning xossalari. Legirlangan po‘latlar, ular xossalarining o‘ziga xos xususiyatlari. Po‘latlarning markalanishi. Po‘latlarga termik ishlov berish va uning turlari. Termik ishlov berishning po‘lat xossalariga ta’siri. Qotishmalar haqida tushunchalar. Rangli metallar va ularning qotishmalari.
Chizmachilikning texnikada tutgan o‘rni. Chizmalar turlari. Masshtablar. Chizmaga o‘lchamlarni qo‘yish qoidalari. Chizmalarning shartli belgilari. Detallarning qirqimlari, kesimlari va ularni shtrixlash. Rezbalar, tishli g‘ildiraklar, boltlar, gaykalar va boshqa detallarning shartli belgilari. Yig‘ish chizmalari, ulardan foydalanish maqsadalari. Yig‘ish chizmalarida o‘lchamlarni ko‘rsatish qoidalari va o‘rnatish joylarini belgilash. Gidravlik va kinematik sxemalar. Chizmalarni o‘qish.
1.6 Joizliklar va texnik o‘lchashlar
Joizlikni tanlash, ularning belgilanishi. Chekka o‘lchamlar, bo‘shliq (tirqish) va zichlik to‘g‘risida tushuncha. Detallarning o‘zaro almashinuvchanligi. Erkin va bir-biriga tegib turuchi detallar. Joizlik va o‘tqazishlarni chizmalarda belgilash. Aniqlik va tozalik sinflari hamda ularning belgilanishi. O‘lchov asboblari va moslamalari, ularning tuzilishi. O‘lchov aniqligi. O‘lchashdagi xatoliklar va ularni oldini olish usullari. O‘lchashdagi eng ko‘p uchraydigan xatoliklarga misollar.
1.7 Texnologik uskunalarlarning tavsifi. Rejali-ogohlantiruvchi ta’mirlash tizimi
Korxonadagi texnologik uskunlarining tavsifi. Uskunalarning turlari va tiplari. Uskunalarning texnologik tavsifi, uning tuzilishi va undan foydalanish maqsadi. Har bir turdagi uskunaning texnologik jarayonda ishtirok etishi. Detallar va qismlarning funksional va kinematik aloqasi. Alohida detallar va qismlarning o‘ziga xos xususiyatlari.
Ish rejimining shartlari. Agregatlarning ishlash qobiliyatini belgilovchi omillar. Qismlar va detallarning ishonchliligi. Mexanizmlarning ishlashini nazorat qilish, nazorat qilish davriyligi va usullari. Uskunalarning texnik hujjatlari va uning yuritilishi. Rejali-ogohlantiruvchi ta’mirlash (ROT), uskunalarning ishlashini ta’minlashning eng muhim omili sifatida. ROT tizimi, prinsipi va ishlanmalari, strukturasi. ROT tizimida ko‘zda tutilgan uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash turlari. ROT jadvallarini tuzish, ta’mirlararo xizmat ko‘rsatish, ko‘rikdan o‘tkazishlar va ta’mirlash davriyligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |