1. Nazariy ta’lim
1.1 Kirish
O‘zbekistonda rangli metallurgiyaning rivojlanishi va uning iqtisodiyotdagi o‘rni. Rangli metallurgiya texnologik jarayonining asosiy yo‘nalishlari. Ta’mirlash-mexanika xizmatining o‘rni va uning vazifalari. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish vazifalarini hal qilishda ishlab chiqarish texnik ta’limining ahamiyati. Ushbu dastur bo‘yicha o‘qitish maqsadi. Mashg‘ulotlarni o‘tkazish tartibi va dasturi bilan tanishish.
1.2 Mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi, sanoat sanitariyasi va yong‘in xavfsizligi qoidalari
Texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilishini nazorat qiluvchi organlar. Korxonaning Jamoa shartnomasida mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha kelishuvlar. O‘zbekiston Rangli metallurgiya vazirligi tizimidagi korxona va tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yagona tizim.
Ishlab chiqarishda jarohatlanishlar, shikastlanish turlari, uning oldini olish choralari. Jarohatlanishga qarshi kurashda ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya qilishning ahamiyati. Mehnatni muhofaza qilish holatini uch bosqichli nazorat qilish tizimi. Ta’mirlash ishlarida texnika xavfsizligi qoidalari. Yuklarni ilish qoidalari. Asboblarga qo‘yiladigan talablar. Ko‘chma elektr uskunalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalari. Yuqori xavflilik mavjud joylarda ta’mirlash ishlarini olib borish qoidalari. Ta’mirlash ishlarini olib borish joylarini jihozlash: to‘siqlar o‘rnatish, signalizatsiya va ogohlantiruvchi plakatlar. Sanoat sanitariyasi vazifalari. Kasbiy kasalliklar, ularning oldini olish choralari. Profilaktik chora-tadbirlar. Baxtsiz hodisalarda birinchi tibbiy yordam o‘rsatish qoidalari. Shaxsiy gigiyena. Yong‘in xavfsizligi qoidalari. Yong‘inga qarshi chora-tadbirlar. Yong‘in sodir bo‘lganda bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar.
1.3 O‘zbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish ob’yektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonuni
O‘zbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish ob’yektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonunining maqsadi. Sanoat xavfsizligi. Avariya va noxush hodisa. Xavfli ishlab chiqarish ob’yektlari. Sanoat xavfsizligi talablari. Xavfli ishlab chiqarish ob’yektidan foydalanishga oid sanoat xavfsizligi talablari. Sanoat xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik.
Do'stlaringiz bilan baham: |