Oltin Lutfullayev, Dilshoda Mahmudova, Bahora Damirova, Jahongir Ahmadov
-3 rasm. Yurak muskullarida harakat potensiali
Download 205.94 Kb. Pdf ko'rish
|
yurak fiziologiyasi-mediators team
1-3 rasm. Yurak muskullarida harakat potensiali
Harakat potensiali uzoq davom etishi va plato fazasi hosil bo`lishi mexanizmi. Shunday savol qo`yishimiz kerak: nima uchun kardiomiotsitlarda HP uzoq davom etadi va skelet muskulidan farqli ravishda plato fazasiga ega? Karidiomiotsitlarda HP uzoq davom etishi hamda plato fazasi mavjudligi asosida kardiomiotsit membranasining o`ziga xos 2 xususiyatiga bog`liq.Birinchidan, HP skelet muskullarida tez natriykanallari aktivlanishi va Na + ionlarining hujayra tashqarisidan hujayra ichiga massiv kirishiga bog`liq(bu jarayon sekundning bir necha mingdan bir bo`lagida sodir bo`ladi) va shu holatda repolyarizatsiya rivojlanib(bu jarayon ham sekundning bir necha mingdan bir bo`lagida yakunlanadi) HP yakunlanadi.HP yurak muskullarida vujudga kelishida 2 ta ion kanal qatnashadi. 1) tez natriy kanallari(skelet muskullari kabi), 2) sekin kaltsiy kanallari(shuningdek, natriy-kalsiy kanali deb ham nomlanadi). Sekin kaltsiy kanallari sekin ochiladi va shu bilan birga uzoq vaqt ochiq holatda turadi(sekundning bir necha o`ndan bir bo`lagi davomida). Plato davrida kardiomiotsitlarga kirgan Ca 2+ muskul qisqarishini ta`minlaydi. Skelet muskullarida esa qisqarish jarayoni faqat sarkoplazmatik retikulumdan chiqqan Ca 2+ hisobiga bo`ladi. Ikkinchi muhim funksional farq esa HP yuzaga kelgach tezda kardiomiotsitlar membranasi K + ionlarini o`tkazuvchanligi taxminan 5 marta kamayadi(skelet muskullarida bu holat kuzatilmaydi). Kaliy o`tkazuvchanligi kamayishi Ca 2+ ionlarining hujayraga kirishi va to`planishigabog`liq deb qaraladi. Har qanday holatda kaliyning o`tkazuvchanligi kamayishi qolgan musbat ionlar(natriy va kaltsiy)ning hujayra ichida ko`proq turib qolishini ta`minlaydi va bu jarayon plato fazasi hosil bo`lishini ta`minlaydi hamda HP tezda yakunlanishiga qarshilik qiladi.0.2-0.3 sekdan so`ng sekin kaltsiy kanallari yopiladi. Ca 2+ va Na + ionlari hujayraga ichiga kirishi yakunlanadi. K + ionlari hujayradan tashqariga massiv chiqa boshlaydi va repolyarizatsiya boshlanadi, tinchlik potensiali tiklanadi. Oltin Lutfullayev, Dilshoda Mahmudova, Bahora Damirova, Jahongir Ahmadov | Mediator jamoasi Download 205.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling