Oltin Lutfullayev, Dilshoda Mahmudova, Bahora Damirova, Jahongir Ahmadov |
Mediator jamoasi
Yurak tonlari va nasos funksiyasi.
Yurakni stetoskop bilan eshitganimizda, klapanlar ochiq holatda biz tonlarni aniqlay
olmaymiz. Chunki bu normada nisbatan sekin va tovushsiz jarayon. Klapanlar yopiq
holatda bosim o`zgara boshlagach ularning devorlari titraydi(vibratsiya). Shu jarayonda
yurak tonlari hosil bo`ladi va ko`krak qafasiga hamma yo`nalishda tarqala boshlaydi.
Qorinchalar qisqarish vaqtida dastlab AV klapanlar yopilishiga bog`liq tovush hosil
bo`ladi. Bu tovush past chastotali va davomiy bo`lib yurakning birinchi toni hisoblanadi.
Sistola oxirida yarimoysimon klapanlar yopilishiga bog`liqbo`lgan yuqori chastotali,
qisqa davomli tovush ishlatiladi. Bu yurakning ikkinchi toni hisoblanadi.
Yurak nasos funksiyasi regulyatsiyasi.
Tinch holatda yurak minutiga 4-6 l qonni ishlab chiqaradi. Jismoniy faollikda esa
normaga nisbatan 4-7 marta ko`p qon haydab berishi kerak. Bu holatda yurak ishini
kuchaytirishni ta`minlaydi: 1) yurak ichi mexanizmlari-bu yurakka oqib keladigan qon
hajmiga bog`liq holda yurak ishini oshiradi. 2) markaziy regulyator mexanizmlar-
avtonom(vegetativ) nerv sistemasi orqali yurak urish chastotasi va kuchini nazorat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: