Oltin Lutfullayev, Dilshoda Mahmudova, Bahora Damirova, Jahongir Ahmadov
Yurak qisqarish funksiyasiga simpatik va parasimpatik nervlar ta`siri
Download 205.94 Kb. Pdf ko'rish
|
yurak fiziologiyasi-mediators team
- Bu sahifa navigatsiya:
- Simpatik nervlar ta`siri. Simpatik nerv yuqoridagi xususiyatlarga musbat ta`sir qiladi ya`ni oshiradi.
- Katexolaminlarning ta`siri
Yurak qisqarish funksiyasiga simpatik va parasimpatik nervlar ta`siri.
1.6 rasm. Yurak nerv innervatsiyasi Nervlar ta`siridan oldin quyidagilarni aytib o`tsak. 1) Yurak qisqarish soni(xronotrop xususiyat) 2) Yurak qisqarish kuchi(inotrop xususiyat) 3) O`tkazuvchanlik(dromotrop xususiyat) 4) Qo`zg`aluvchanlik(batmotrop xususiyat) Simpatik nervlar ta`siri. Simpatik nerv yuqoridagi xususiyatlarga musbat ta`sir qiladi ya`ni oshiradi. Simpatik tizimning preganglionar tolalari yuqorigi 5 ta ko`krak(th1-th5) sohasidan chiqib yuqorigi ko`krak umurtqasi sohasida yulduzsimon tugunni hosil qiladi. Shu tugundan post ganglionar tolalar chiqadi, parasimpatik nervdan farqli ravishda yurakda deyarli bir xilda tarqalgan. Simpatik nerv ta`sirlanganda yurak qisqarish soni va kuchi oshadi. Mediatori-noradrenalin(NA). Oltin Lutfullayev, Dilshoda Mahmudova, Bahora Damirova, Jahongir Ahmadov | Mediator jamoasi Katexolaminlarning ta`siri. Yurakda joylashgan betta 1 adrenoretseptorga(AdR) NA ta`sir qilib, Gs oqsili orqali adenilatsiklaza fermenti faolligini oshiradi. Bu ferment ATF dan S-AMF hosil qiladi. S-AMF esa proteinkinaza A ni faollaydi. Bu proreinkinaza bir tomondan membaranadagi kaltsiy kanalini fosforlab ochib beradi va hujayra ichida kaltsiy miqdori oshadi, bu esa yurak qisqarish kuchini va chastotasini oshiradi(SA va kardiomiotsitlarga ta`siri orqali). Ikkinchi tomondan esa glikogen parchalanishi va glyukoza fosforlanish jarayoni ketib, kardiomiotsitlar uchun energitik manba hosil qiladi. Betta adrenoretseptorlar qorinchalarda ancha zich joylashgan bo`ladi. Betta 1 va betta 2 tiplari yurak o`tkazuvchi tizimi va kardiomiotsitlarda joylashgan bo`ladi(deyarli 80% qismi betta 1 dan iborat). Betta 2 adrenoretseptor(AdR)ni xronotropeffekti yuqoriroq, sababi o`tkazuvchi tizimda yetarlicha ko`proq joylashgan. Betta 2 AdR ni yurakdagi asosiy funksiyasi metobolizm regulyatsiyasi. Ayniqsa yurak yetishmovchilik holatida bu retseptorlar ancha muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, betta 1 AdR ga nisbatan desensitizatsiya * sekin rivojlanadi. *desensitizatsiya fenomeni-katexolaminlarga nisbatan adrenoretseptorlarning sezuvchanligini yo`qolishi. Himoya reaksiyasi bo`lib haddan ortiq katexolaminlar ta`siri tufayli kelib chiqadi. Mexanizmi asosida AdR ni fosforlanishi yotadi, qaytar jarayon bo`lib turli kinazalar ta`sirida dastlabki tuzilishini tiklaydi. Yurak ishiga alfa adrenoretseptorlar ta`sirini o`rganishda propranolol (betta adrenoblokator vosita) bilan tajriba o`tkazishgan. Bu tajribada simpatik nerv 30-60 sek davomida maksimal ta`sirlantirilgan va propronolol bilan betta AdR ni bloklashgan. Maksimal ta`sirlanishga qaramay yurak qisqarish soni va kuchi o`zgarmagan. Bundan kelib chiqadiki yurak ishida alfa AdR ahamiyati deyarli yo`q. Simpatik stimulyatsiya yosh insonda yurak qisqarish sonini 70 dan 200 tagacha hattoki 250 tagacha oshirishi mumkin. Bundan tashqari simpatik nervlar yurak qisqarish kuchini 2 marta oshirishi mumkin, bu esa zarb hajmi va sistolik bosim oshishiga olib keladi. Shunday qilib simpatik stimulyatsiya yurak ishini 2-3 marta oshirishi mumkin(qo`shimchasiga Frank-Starling mexanizmi ham qatnashadi). Boshqa tomondan, simpatik nervni tormozlasak yurakning nasos funksiyasiga ta`siri kuchsiz bo`ladi. Yurak ishi ko`pi bilan 30% pasayadi. Bu shundan dalolat beradiki yurak past chastotada bo`lsa ham doimiy simpatik innervatsiya oladi. Download 205.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling